Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“O‘TKAN KUNLAR” ROMANINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sadullayeva Sevara Ortiqboy qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1922
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilidagi morfologik xususiyatlar atroflicha tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: kelishiklar tizimi, yasama so‘z, sifatdosh, ravishdosh qo‘shimchalari. Bugungi kunda Abdulla Qodiriy hayoti va uning boy ilmiy merosini o‘rganib, uni tahlil qilayotgan ilm ahllari juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, M.Qo‘shjonov “Qodiriy - erksizlik qurboni”, U.Normatov “Qodiriy bog‘i”, S.Mirvaliyev “Abdulla Qodiriy” kabi maqolalari bugungi kunimiz uchun juda qimmatli manba hisoblanadi. Undan tashqari, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid ayrim maqolalarda, Qodiriyshunos olimlar yozgan maxsus risola va monografiyalarda birinchi marta “O‘tkan kunlar” romanidan parchalar 1922- yil “Inqilob” jurnalida bosilgani qayd etiladi. Shu o‘rinda tarixiy roman yonidagi bitta so‘z uch xilda akslangani aytilgan: “O‘zbeklar hayotidan tarixiy ro‘mon”, “O‘zbeklar tirikchiligidan tarixiy ro‘mon”, “O‘zbeklar turmushidan tarixiy ro‘mon”. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilshunoslikda ham ma’lum darajada o‘rganilgan. Biz mazkur maqolada roman tilidagi morfologik vositalarni tadqiq qilishga harakat qilamiz. “O‘tkan kunlar” romanida kelishik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va boshqa grammatik qo‘shimchalarning qisqarishi yoki boshqacha ko‘rinishda ifodalanishlari mavjud. Misol tariqasida asarning boshlanishidagi “Otabek Yusufbek Hoji O‘g‘li” bobida 1264-yil hijriy dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botkan, tevarakdan shom azoni eshitiladir. Boshlanmasida ham botkan so‘zida -gan https://scientific-jl.org/obr 1 2 3 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 sifatdoshining -kan shakilda ifodalangani, eshtiladir so‘zida -di zamon qo‘shimchasini -dir shaklida uchratamiz.Yana ayrim so‘zlarda sifatdoshning -g‘an shaklini ifodalanishini ko‘ramiz. Roman matnida kelishik shakllarining qo‘llanishida muallif idiostiliga xos jihatlar ko‘zga tashlanadi. Jumladan, adib ko‘p hollarda tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘llaganligi kuzatiladi. Masalan: Toshkand aholisi kimdan ko‘mak so‘rashg‘a ham bilmaydir. Shuningdek, romanlar matnida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llangan holatlar kuzatiladi. Adib ba’zan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini egalik qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llaydi: Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la... yigit. Shuningdek, roman matnida jo‘nalish, tushum kelishiklarining belgisiz qo‘llangan holatlari uchraydi: – Men sizning Marg‘ilon kelganingizni bu kun otamdan eshitdim. Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? A.Qodiriy romanlari matnida qaratqich kelishigining -im shaklida qo‘llanishi ham adib uslubining o‘ziga xosligini ko‘rsatib turadi: Agarda xon ko‘tarish manim qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim. Manim bo‘lsa bir tiyin pulim yo‘q. A.Qodiriy o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini jo‘nalish kelishigi o‘rnida qo‘llashi orqali ham o‘ziga xos uslub yarata olganligi kuzatiladi: So‘zingizning to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, – dedi, – ammo shuni ham qo‘shmoq kerakki, oladirg‘on xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xoting‘a muvofiquttab bo‘lsin. Bundan tashqari, asarda -ga jo‘nalish kelishigi -g‘a, -qa shakllarida ham qo‘llanilgan. Misollar tahlilidan anglashiladiki, yozuvchi badiiy matn yaratishda o‘zbek tili kelishiklaridan foydalanar ekan, o‘ziga xos uslubni yarata olgan. O‘rganilayotgan roman matnidan so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shmchalardagi o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq misolarni ham ko‘plab keltirish mumkin. Masalan: Kunduzgiga qaraganda saroy jonliq. Misoldagi jonliq sozida esa - li so‘z yasovchi qo‘shimchaning eskicha ko‘rinishi -liq qo‘llanilgan. Bundan tashqari, roman qahramonlarining portretini tasvirlayotgan paytda yozuvchi -li qo‘shimchasini yuqoridagi holatda ifodalaydi. Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, https://scientific-jl.org/obr 1 2 4 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi kabi. Romanning ayrim o‘rinlarida –gan sifatdosh qoshimchasining –kan, - g‘an shakllarida fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanishini kuzatamiz: Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol- murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq o‘g‘lidir, ikkinchisi: uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni qo‘s
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilidagi morfologik xususiyatlar atroflicha tahlilga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk vakili Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tilidagi morfologik xususiyatlar atroflicha tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ravishdosh qo‘shimchalari., kelishiklar tizimi, sifatdosh, yasama so‘z
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025