Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ANVAR OBIDJON SHE’RIYATIDA ANTONIMLARNING O‘RNI
Ozodbayeva Ruxsora
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Anvar Obidjon she’riyatida antonimlarning qo‘llanish xususiyati o‘rganilgan. Badiiy asar tilida poetik individuallikni ta’minlash uchun ijodkorlar barcha til birliklaridan unumli foydalanishadi. Xususan, antonimlar shoir maqsadini ochib berishda asosiy vosita sanalishi ushbu maqolada o‘z aksini topgan. KALIT SO‘ZLAR: antonimiya, antiteza, kontrast, konteksual antonimlar. Tilshunoslikda antonimlar nazariy jihatdan yetarlicha tadqiq qilingan. Antonimiya – so‘z juftligida muayyan leksik ma’noning o‘zaro qarama-qarshi bo‘lishidir. Ya’ni o‘zaro qarama-qarshi ma’noga ega so‘z juftligidagi antonim deyiladi”¹. Tilda antonim so‘zlarning mavjudligi, badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta’sirchanligini taminlashda qulay vositalardan biridir. Mumtoz she’riyatda ham bu ko‘p qo‘llaniladigan vositalardan biri bo‘lib, u tazod deb yuritiladi. Yevropa tilshunosligida bu san’at “antiteza’’deyiladi. Antiteza – badiiy asrda bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash, qarshilantirish san’atidir². Shoir va yozuvchilar voqelikni, narsa va hodisalarning farqli tomonlarini ko‘rsatishda, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlashda kuchli stilistik vosita - antonimlardan o‘rinli foydalanishadi. Bolalar shoiri Anvar Obidjon she’rlarida ham antonimlar ko‘p qo‘llangan bo‘lib, ular xilma-xil ma’nolarni ifodalashga xizmat qilgan. Shoir antonimlarni turli voqea-hodisa, shaxs yoki predmetlarning xarakteristikasini berishda, lirik qahramonning ichki his-tuyg‘ularini, ziddiyatlarini ifodalashda keng qo‘llagan. Shoir antonimlarni turli voqea-hodisa, shaxs yoki predmetlarning xarakteristikasini berishda, lirik qahramonning ichki his-tuyg‘ularini, ziddiyatlarini ifodalashda keng qo‘llagan. So‘z turkumlari bo‘yicha antonimlar belgi bildirgan https://scientific-jl.org/obr 1 2 7 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 so‘zlar doirasida, ayniqsa, sifat va ravishlar orasida ko‘p uchraydi: yaxshi-yomon , baland-past, tor-keng, qattiq-yumshoq, tez-sekin, oz-ko‘p kabilarni sanab o‘tadigan bo‘lsak Anvar Obidjon she’rlarida ham aynan shunga o‘xshash misollarga duch kelishimiz mumkin. Masalan, yangi-eski, rost-yolg‘on, katta-kichik, keng-tor va hokazo... U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida antonimiyaning ikki xil turi ko‘rsatilgan: 1.Lug‘aviy antonimiya – lug‘aviy birliklarning o‘zaro antonim bo‘lishi: saxiy- baxil, og‘ir-yengil kabi. 2.Grammatik antonimiya – grammatik birliklarning o‘zaro antonim bo‘lishi. Bu juda kam uchraydi: -dan,-ga (uydan-uyga) kabi. Morfemalar antonimiyasi, asosan, leksema yasovchilarga to‘g‘ri keladi: -li, -ba (-bo), -siz, -be, -no kabi. Lug‘aviy antonimlar o‘z ichida yana turlarga ajratiladi: leksik antonimiya, frazeologik antonimiya, leksik-frazeologik antonimiya kabi. Anvar Obidjon she’riyatida leksik antonimiya eng ko‘p qo‘llanilib, ijodkor tun- erta, boy-kambag‘al, tiriksiz-yo‘qsiz, jannat-do‘zax kabi antonimlardan o‘z fikr va g‘oyalarini ochishda unumli foydalana olgan: Anvar Obidjon she’riyatida juda yorqin antonimlarni qo‘llaydi, bular tinglovchi va kitobxonlarni o‘ziga jalb qilishga xizmat qiladi. Bunga misol qilib “Qodiriyni eslab” she’rida berilgan parchaga nazar soladigan bo‘lsak: Ruhingizga sig‘inganim choq, His qilaman o‘zimni ruhsiz. Do‘st qalbida tiriksiz, Biroq — G‘anim uchun olamda yo‘qsiz. Parchasidagi “tiriksiz-yo‘qsiz” so‘zlari va “do‘st- g‘anim” so‘zlari o‘zaro antonimlikni hosil qilib kelgan. “Men xudo emasman” she’rida ham aynan shu holat ko‘zga tashlanadi. Men xudo emasman, Menga baribir, https://scientific-jl.org/obr 1 2 8 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Shart emas qarshimda bermog’ing javob. O‘zim vasl jannatin tilanib axir, Ishq degan do‘zaxda chekyapman azob. Ushbu parchada “ jannat va do‘zax” so‘zlari o‘zaro antonimlikni yuzaga keltirgan. Shoir she’rlarida bunday antonimlar ko‘plab uchraydi. Masalan: “Xabar sotuvchi” she’rida: Yangi gaplar sotaman, Eski gaplar ham. Bolajonlar, keloqoling, Qoldi juda kam . Ushbu parchada “yangi va eski” so‘zlarida o‘zaro antonimlik ko‘zga tashlansa, Surishtirmang narxini, Arzondan arzon. Xo‘rozqandga-rost xabar, Pishloqqa-yolg‘on parchasida “rost va yolg‘on” so‘zlari o‘zaro antonimlikni yuzaga keltirgan. “O‘rmonda ziyofat” she’rida: Sher oshxona ochibdi O‘rmonda bugun, Yovvoyi va xonaki Hayvonlar uchun parchasida “yovvoyi va xonaki” so‘zi o‘zaro antonimiyani hosil qilgan. “G‘alamis qo‘shni” she’rida: Katta-kichik qo‘shnilar Qilardi hurmat: Qovog‘ari-eng qari , Buzoqboshi-eng yosh. Ushbu parchada “katta-kichik” va “qari va yosh” so‘zlari o‘zaro antonim bo‘lsa, “Parvarda” she’rining “Bilmasa ham yosh Bo‘ri https://scientific-jl.org/obr 1 2 9 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Dunyoning keng-torligin, Eshitgandi dunyoda- Shirinliklar borligin.” parchasida esa “keng va tor” so‘zlari o‘zaro juftlashgan holda antoniml
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Anvar Obidjon she’riyatida antonimlarning qo‘llanish xususiyati o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Anvar Obidjon she’riyatida antonimlarning qo‘llanish xususiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konteksual antonimlar., antiteza, kontrast, antonimiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025