К содержанию
РецензированоUZ2025

ONKOGENEZ

Sapayeva Mahbuba Ulug’bekovna · Sobirova Munisa Ismoiljon qizi · Atoyev Azizbek Barno o’g’li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada onkogenez jarayoni, uning bosqichlari va biokimyoviy asoslari yoritilgan. Genetik va epigenetik o‘zgarishlarning hujayra proliferatsiyasiga ta’siri, onkogenlar va tumor suppressor genlarning roli tahlil qilingan. Shuningdek, onkologik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar – kimyoterapiya, molekulyar nishonli terapiya, immunoterapiya va gen terapiyasi haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot natijalari saraton kasalligining oldini olish va uni samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Annotation This article explores the process of oncogenesis, its stages, and biochemical foundations. The effects of genetic and epigenetic changes on cell proliferation, the roles of oncogenes and tumor suppressor genes are analyzed. Additionally, modern https://scientific-jl.org/obr 1 8 3 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 approaches to cancer treatment—including chemotherapy, targeted molecular therapy, immunotherapy, and gene therapy—are discussed. The findings of this research are crucial in developing effective strategies for cancer prevention and treatment. Kalit so’zlar: onkogenez, saraton rivojlanishi, genetik mutatsiyalar, o‘sma supressor genlari, onkogenlar, kimyoviy karsinogenlar, radiatsiya, immunoterapiya, kimyoterapiya, gen terapiyasi, metastaz, molekulyar nishonli terapiya. Konserogenez: Saraton rivojlanish jarayoni Konserogenez – bu saraton kasalliklarining shakllanish va rivojlanish jarayoni bo‘lib, organizmda hujayralarning mutatsiyaga uchrashi, anormal o‘sishi va metastaz berishi bilan tavsiflanadi. Bu jarayon ko‘plab bosqichlardan iborat bo‘lib, genetik o‘zgarishlar va atrof-muhit omillari ta’sirida yuzaga keladi. 1. Konserogenezning umumiy tavsifi Konserogenez – bu organizmning normal hujayralari saraton hujayralariga aylanish jarayoni bo‘lib, u genetik mutatsiyalar, kimyoviy moddalar, radiatsiya va boshqa omillar ta’sirida boshlanadi. Bu jarayon uzoq yillar davom etishi va dastlabki bosqichlarda hech qanday klinik alomatlarsiz kechishi mumkin. Saraton hujayralari avtonom o‘sish xususiyatiga ega bo‘lib, ular organizmning nazorat mexanizmlaridan mustaqil ravishda bo‘linadi. Saraton rivojlanishiga olib keluvchi jarayonlar ko‘pincha onkogenlar va o‘sma supressorlari o‘rtasidagi disbalans bilan bog‘liq. 2. Konserogenez bosqichlari Konserogenez uch asosiy bosqichdan iborat: 1. Initsiatsiya (boshlanish bosqichi) Bu bosqichda hujayra DNKsida mutatsiyalar sodir bo‘ladi. https://scientific-jl.org/obr 1 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 DNK shikastlanishi natijasida onkogenlar aktivlashadi yoki o‘sma supressorlari (masalan, p53 geni) ishdan chiqadi. Ushbu bosqichda o‘zgarishlar hali klinik jihatdan namoyon bo‘lmaydi. 2. Promosiya (rivojlanish bosqichi) O‘zgarishlarga uchragan hujayralarning soni ortadi, ular nazoratsiz ravishda bo‘linishni boshlaydi. Tashqi omillar (masalan, kimyoviy moddalarga ta’sir, radiatsiya) hujayralarni rag‘batlantirishi mumkin. Hujayralar avtonom ravishda ko‘payadi, ammo hali metastaz berishga qodir emas. 3. Progressiya (saraton shakllanishi bosqichi) Saraton to‘qimalari o‘sishi kuchayadi va organizm ustidan to‘liq nazoratni yo‘qotadi. Hujayralar invaziv xususiyatga ega bo‘lib, boshqa to‘qimalarga o‘tadi. Metastaz boshlanadi – bu jarayonda saraton hujayralari qon yoki limfa orqali boshqa organlarga tarqaladi. 3. Konserogenezga ta’sir qiluvchi omillar Saraton rivojlanishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar quyidagilarga bo‘linadi: 1. Genetik omillar Nasliy moyillik: Ayrim oilaviy holatlarda saraton kasalliklari avloddan-avlodga o‘tishi kuzatiladi. DNK mutatsiyalari: O‘sma supressor genlarning ishdan chiqishi yoki onkogenlarning faollashishi. https://scientific-jl.org/obr 1 8 5 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2. Kimyoviy omillar (karsinogen moddalar) Tamaki tutuni, benzopiren, asbest, formaldegid kabi moddalar. Konservantlar, zararli oziq-ovqat qo‘shimchalari va kimyoviy bo‘yoqlar. 3. Fizik omillar Ultrabinafsha nurlar (teri saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin). Radiatsiya (ionlovchi nurlar DNK strukturasiga zarar yetkazadi). 4. Biologik omillar Viruslar: Masalan, papillomavirus (HPV) bachadon bo‘yni saratoniga olib kelishi mumkin. Bakteriyalar: Helicobacter pylori oshqozon saratonini rivojlantirishi mumkin. 5. Hayot tarzi bilan bog‘liq omillar Noto‘g‘ri ovqatlanish (trans yog‘lar, ortiqcha shakar, yog‘li ovqatlar). Alkogol va chekish. Stress va immunitetning pasayishi. Jismoniy faollikning yetishmovchiligi. 4. Konserogenezda ishtirok etuvchi genlar Saraton rivojlanishida ikki turdagi genlar ishtirok etadi: 1. Onkogenlar Bu genlar normal holatda hujayra o‘sishini rag‘batlantiradi. Mutatsiya natijasida haddan tashqari aktivlashadi va hujayralarning cheksiz o‘sishiga sabab bo‘ladi. https://scientific-jl.org/obr 1 8 6 Выпуск журнала №-69 Часть–3

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onkogenez jarayoni, uning bosqichlari va biokimyoviy asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onkogenez jarayoni, uning bosqichlari va biokimyoviy asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the roles of oncogenes and tumor suppressor genes are analyzed, and biochemical foundations. The effects of genetic and epigenetic changes on cell proliferation, its stages, This article explores the process of oncogenesis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники