Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGIDA MOLIYA VA KREDIT HUQUQI
SCIENCE SHINE · Umurzakova Nargiza Muxtarovna · Usmonov Bunyodbek Baxromovich · Umirov Behruz Bahodirovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Через эту статью вы сможете узнать о финансовых вопросах в сельском хозяйстве, порядке предоставления кредитов отрасли и другой связанной информации. В статье рассматриваются реформы, проводимые правительством в сфере сельского хозяйства, выделяемые финансовые средства и создаваемые возможности. Ключевые слова: Кредит, субсидия, финансы, сельское хозяйство, реформа, международные отношения, решение, право, контракт, предприятие, земля, сельскохозяйственная продукция, приусадебный участок, капельное орошение. 197 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. So’nggi yillarda respublikamizda qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy ahvoli yomonlashib, xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalar, tayyorlov korxonalaridan katta yig’indidagi qarzlari paydo bo’ldi. Hukumat tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib, qishloq xo’jaligi korxonalariga davlat tomonidan moddiy yordam berish choralari ko’rilmoqda. 2001 yil 3 dekabrda «Suv tanqisligi natijasida zarar ko’rgan qishloq xo’jalik korxonalarini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa tashkilotlar va korxonalar oldidagi 277, 7 mlrd so’m miqdordagi qarzlari hisobdan chiqarildi. Natijada qishloq xo’jalik korxonalarining 2002 xo’jalik yilida moliyaviy barqaror faoliyat ko’rsatishiga zamin yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi farmoniga asosan Moliya Vazirligi huzurida «Davlat ehtiyojlari uchun harid qilingan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamgarmasi» tashkil qilingan bo’lib, mazkur jamg’armaning moliyaviy agentlari «Paxtabank» va «G’allabank» orqali qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi va g’alla uchun yakuniy hisob kitoblar amalga oshirilmoqda. Bu banklar tomonidan tomonidan 2001 yildagi paxta, g’alla va sholi uchun 357 mlrd so’m to’lovlar amalga oshirilgan. Qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashda byudjet mablag’lari ham ishtirok etadi. Bu o’z navbatida paxta, g’alla va sholi kabi qishloq xo’jalik mahsulotlariga davlat buyurtmasining mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat buyurtmasining mavjudligi qishloq xo’jalik korxonalarining bozordan iste’molchini topish va marketingni minimal darajada bo’lishini ta’minlaydi hamda sotilgan qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi kafolatlanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyalash mexanizmini asosiy yo’nalishi moliyaviy mablag’larni diversifikasiyalashtirish tomonga qaratilganligi bilan belgilash kerak. Mamlakat miqyosida davlat moliyasi tushunchasi bo’lib, davlat moliyasining tarkibiy qismi va turli xil mulk shaklidagi korxonalar, birlashmalar, jamoa xo’jaliklari va hakozolardan iborat qishloq xo’jalig tarmog’i moliyasidir. Tarmoqlar moliyasini to’g’ri tashkillashtirish mablag’larning uzluksiz aylanishini, qiymat formalarining 198 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 silliq o’zgarishini, pul daromadlarining o’z vaqtida tushumini, pul daromadlari to’g’ri taqsimlanishini va foydalanilishini, davlat buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Tarmoq moliyasi iqtisodiy munosabatlarning pul formasida namoyon bo’lib, asosiy vositalar va aylanma mablag’larning aylanishida, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda, pul daromadlarining tashkil etilishi va samarali foydalanilishida o’z aksini topadi. Qishloq xo'jaligi sohasi bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq aholisini qo'llab-quvvatlash bo'yicha maxsus institutlarning faoliyat yuritishning o'ziga xos mexanizmlarini mustaqil ravishda ta'minlashi zarur. Har bir mamlakat o'ziga xos qo'llab-quvvatlovchi institutlar tizimini yaratadi, ularning asosiy xususiyatlari, ayniqsa, ular shakllanishining dastlabki bosqichlarida davlat ishtirokining yuqori darajada ekanligi bilan izohlaydi. Iqtisodiyotning agrar tarmog'i rivojlanishi ko'p jihatdan qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolining barqarorligiga bog'liq. Biroq, aksariyat agrar xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda nafaqat kengaytirilgan, balki oddiy takror ishlab chiqarishning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari mavjud emasligi qishloq xo'jaligini kreditlash tizimini davlat tomonidan tartibga solishga bo'lgan ehtiyojni va rolini oshiradi. Qi
Доказательный фрагмент
«Через эту статью вы сможете узнать о финансовых вопросах в сельском хозяйстве, порядке предоставления кредитов отрасли и другой связанной информации.»
Образец извлечения
Демо-превьюЧерез эту статью вы сможете узнать о финансовых вопросах в сельском хозяйстве, порядке предоставления кредитов отрасли и другой связанной информации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Credit, subsidy, finance, agriculture, reform, international relations
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025