Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IX–XII ASRLAR DAVOMIDA MOVAROUNNAHR BUTUN MUSULMON OLAMIDA ILMIY-MADANIY JIHATDAN ENG RIVOJ TOPGAN O‘LKA
TOPGAN O‘LKA · Axadbek MAMATOV (State University, Doctorate in Arabic Language, Egypt.) · МУСУЛЬМАНСКОМ МИРЕ (State University, Doctorate in Arabic Language, Egypt.)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2005
Аннотация
В период IX–XII веков регион Мавераннахр стал центром науки, культуры и просвещения исламского мира. В такие города, как Бухара, Самарканд и Мерв, были сосредоточены научные школы, библиотеки и медресе, где трудились выдающиеся учёные. Их труды оказали влияние не только на https://scientific-jl.org/obr 5 7 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 исламскую цивилизацию, но и на развитие мировой науки. В статье рассматривается научно-культурный расцвет Мавераннахра в указанный период. Ключевые слова: Мавераннахр, IX–XII века, наука, культура, исламская цивилизация, учёные, библиотека, медресе. DURING THE 9TH–12TH CENTURIES, MOVAROUNNAHR WAS THE MOST SCIENTIFICALLY-CULTURALLY DEVELOPED COUNTRY IN THE ENTIRE MUSLIM WORLD Annotation: During the 9th to 12th centuries, the region of Mawarannahr emerged as a leading center of science, culture, and enlightenment in the Islamic world. Cities such as Bukhara, Samarkand, and Merv became hubs of intellectual activity, with flourishing schools, libraries, and madrasahs. Many prominent scholars produced works that significantly influenced not only the Muslim world but also global scientific development. This article explores the intellectual and cultural flourishing of Mawarannahr during this golden era. Key words: Mawarannahr, 9th–12th centuries, science, culture, Islamic civilization, scholars, library, madrasah. Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elatlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi. Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o'lkaning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo'liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi. https://scientific-jl.org/obr 5 8 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to'xtovsiz kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga har tomondan olimudonishmandlar, sayyohutijoratchilar, me'moru- hunarmandlar oqib kela boshlagan. Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag'bat berishlari orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar. IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi. Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad alFarg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az- Zamahshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari to'la ma'noda dunyoviy ahamiyatga molikdir. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al- Jabr va alMuqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. Allomaning «alXorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko'plab georafik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan https://scientific-jl.org/obr 5 9 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАН
Доказательный фрагмент
«В период IX–XII веков регион Мавераннахр стал центром науки, культуры и просвещения исламского мира.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ период IX–XII веков регион Мавераннахр стал центром науки, культуры и просвещения исламского мира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mawarannahr, 9th–12th centuries, science, culture, Islamic, kutubxona, allomalar, madrasalar., islom tsivilizatsiyasi, ilm-fan, IX–XII asrlar, Movarounnahr, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025