Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK KONSTRUKTIVIZM – O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISH OMILI
FIKRLASHGA O‘RGATISH OMILI · Abduraxmonova Nilufar Husniddin qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Bugungi axborot asrida mustaqil fikrlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda konstruktivizm pedagogikasidan foydalanishning ahamiyati xususida fikr yuritildi, pedagogik konstruktivizmning asosiy tamoyillari, uning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga ta’siri va amaliyotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Konstruktivizm – bu o‘quvchilarning bilimlarni o‘z tajribasi va faoliyati orqali shakllantirishiga asoslangan pedagogik yondashuvdir. Ushbu nazariya kognitiv psixologiya va ta’lim metodikasiga tayanib, bilimlarning tayyor shaklda berilishidan ko‘ra, ularni o‘zlashtirish jarayonining o‘zini muhim deb hisoblaydi. Kalit so‘zlar: o‘qitish nazariyalari, konstruktivizm, mustaqil fikrlash, modellashtirish bosqichi, dialog bosqichi, amaliyot bosqichi, tasdiqlash bosqichi, feedback, muammoli ta’lim, jamoaviy ta’lim. Annotation: In today's information age, independent thinking is more important than ever. This article discusses the importance of using constructivist pedagogy in teaching students to think independently, analyzes the main principles of pedagogical constructivism, its impact on students' independent thinking, and its application in practice. Constructivism is a pedagogical approach based on students' formation of knowledge through their own experience and activities. This theory, based on cognitive psychology and educational methodology, considers the process of acquiring knowledge to be more important than the provision of ready-made knowledge. https://scientific-jl.org/obr 2 6 0 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Key words: teaching theories, constructivism, independent thinking, modeling stage, dialogue stage, practice stage, validation stage, feedback, problem-based learning, team learning. Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish muhim vazifalardan biridir. Pedagogik konstruktivizm ushbu maqsadga erishishda samarali yondashuv hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat qozonish uchun iqtidorning o‘zi yetarli bo‘lmay qoldi. Ya’ni bugungi davr mutaxassisdan qobiliyat va mehnatdan tashqari mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlashni, masalaning mohiyatini chuqur va teran anglashni, vaziyatni xolisona baholash kabi bir qancha zaruriy ko‘nikmalarni talab etmoqda. Shu boisdan ham uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarning erkin va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish hamda shu orqali ularni mustaqil fikrlovchi irodali insonlar, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi etib tarbiyalash pedagog kadrlar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Bu vazifani bajarishda o‘zbek tili va adabiyot darslarining ham o‘rni beqiyos. Ma’lumki, o‘zbek tili va adabiyot darslarida mustaqil va ijodiy fikrlash, mulohaza yuritish uchun imkoniyat kengroq bo‘ladi. O‘quvchilar badiiy asar tahlili jarayonida mustaqil, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirib boradilar. XX asrning birinchi yarmida Amerikada paydo bo‘lgan hamda hozirda Yevropa o‘qitish tizimida keng qo‘llanayotgan konstruktivizm pedagogikasi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda muhim nazariyalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstruktivizm pedagogik falsafadir, uning asosiy g'oyasi shundaki, bilimlarni o'quvchiga tayyor shaklda yetkazish mumkin emas, har bir o‘quvchi bilimlarni o‘zi yaratadi. Konstruktiv o'qituvchining pedagogik faoliyati ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. U nafaqat o'qituvchi, balki maslahatchi, tashkilotchi va o'qituvchilarning muammoli, ilmiy-tadqiqot va kognitiv faoliyatining koordinatori bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoit yaratadi va ularning tashabbuslarini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Darsga tayyorgarlik ko‘rish va darsni rejalashtirish jarayonida konstruktivist o‘qituvchi o‘quvchilarning real https://scientific-jl.org/obr 2 6 1 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 hayotidan misollarni qo'llashni afzal ko'radi, amaliy vaziyatlardan, asosiy manbalardan va original materiallardan ma'lumotlarni oladi. Konstruktivizm sun’iy materiallar bilan emas, balki original material bilan ishlashni maqsad qilib qo‘yadi, shu bilan o'quvchilarni mustaqil o‘rganishga, farazlarni shakllantirishga va qonunlarni kashf qilishga undaydi. O‘quvchilar bir-birlariga murojaat qilishlari, boshqalarning fikrlarini va savollarini eshitishlari, o‘z nuqtayi nazarlarini himoya qilishlari, sinfdoshlarning fikrlarini tinglashlari mumkin – boshqacha qilib aytganda, o‘quvchi yangi bilimlarni o‘qituvchining og‘zidan tayyor holda olishi emas, uni ishlab chiqishda o’zi to‘liq ishtirok etishi va bilimlarni o’zi kashf qilishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarga nimani o‘rganish kerakligini tushunishlariga yordam beradi. O‘quvchilar yangi materialni tushunishda o‘z tajribasiga tayanishi, o‘rganilayotgan hodisani mavjud bilimlari bilan taqqoslashi, yangi materialning mazmuniga qarab, o‘qituvchi ma’lumot b
Доказательный фрагмент
«Bugungi axborot asrida mustaqil fikrlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi axborot asrida mustaqil fikrlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- teaching theories, constructivism, independent thinking, modeling, modellashtirish bosqichi, o‘qitish nazariyalari, tasdiqlash bosqichi, amaliyot bosqichi, mustaqil fikrlash, muammoli ta’lim, dialog bosqichi, konstruktivizm, jamoaviy ta’lim., feedback
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025