К содержанию
РецензированоUZ2026

MINTAQADA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI · Bektoshev Anvar Xamza oʻgʻli

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqaviy darajada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Unda tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o‘sishdagi roli, zamonaviy yondashuvlar, soliq imtiyozlari, kreditlash siyosati, infratuzilmani yaxshilash va biznes muhiti erkinligini oshirish kabi omillar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida tavsiyalar berilgan. Maqola hududiy rivojlanishda kichik biznesning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, mintaqaviy rivojlanish, davlat qo‘llab-quvvatlashi, kreditlash, soliq imtiyozlari, biznes muhit. Hozirgi globallashuv va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida mamlakatimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish va ilg‘or texnologiyalar hamda boshqaruv uslublarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu sa’y- harakatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qulay iqtisodiy va huquqiy muhit yaratilmoqda, bu esa o‘z navbatida ularning barqaror rivojlanishiga, samaradorligining oshishiga va xalqaro me’yorlarga mos faoliyat yuritishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish, uni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul https://scientific-jl.org/obr 2 8 8 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda. Davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida, ushbu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda. Xususan, tadbirkorlik subyektlari uchun turli soliq yengilliklari joriy qilinib, ular iqtisodiy rag‘batlantirish vositasiga aylantirildi. Shu jumladan, yagona soliq to‘lovi amaliyoti tatbiq etilib, bu tizim orqali kichik biznes vakillari bir nechta soliq va yig‘imlar o‘rniga soddalashtirilgan shaklda yagona to‘lov amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam sifatida, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish tizimi mustahkamlandi. Jumladan, ilk bor Ombudsman instituti tashkil etilib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda samarali mexanizmga aylandi. Shuningdek, biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida soliqlar sezilarli darajada kamaytirildi, kredit olish shartlari soddalashtirildi va moliyalashtirishga keng yo‘l ochildi. Shu bilan birga, yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ularda investorlar uchun maxsus imtiyozlar yaratildi. Bularning barchasi kichik biznesni rivojlantirishga xizmat qilmoqda va mamlakatimizda raqobatbardosh tadbirkorlik muhitini shakllantirishga zamin yaratmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish nafaqat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligi va farovonligini ta’minlashda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bozor https://scientific-jl.org/obr 2 8 9 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati muhim funksiyalarni bajarishi bilan ajralib turadi. Birinchidan, tadbirkorlik jamiyatda bozor munosabatlariga moslashuvchanlikni shakllantiradi, iqtisodiyotning moslashuvchan va dinamik rivojlanishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, aholi orasida mavjud bo‘lgan moliyaviy, mehnat va xomashyo resurslarini maqsadli yo‘naltirish orqali ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Uchinchi jihat shuki, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda kichik biznesning o‘rni beqiyos bo‘lib, bu esa mahsulot va xizmatlar sifati oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlik ilmiy-texnik taraqqiyotning dolzarb yo‘nalishlarida yangiliklarni joriy etishga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mintaqaviy darajada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mintaqaviy darajada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlat qo‘llab-quvvatlashi, xususiy tadbirkorlik, kreditlash, mintaqaviy rivojlanish, soliq imtiyozlari, biznes muhit., Kichik biznes
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники