Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"FORS TILIDA TASHQI TANA AʼZOLARI BILAN BOGʻLIQ MAQOLLAR TAHLILI"
Sobirova Shahrizoda · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada fors tilidagi tashqi tana a’zolari bilan bog‘liq maqollar tahlil etiladi. Maqolalarning tarkibida tana a’zolarining tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan qanday semantik yuklama va obrazlarga ega ekani ochib beriladi. Tahlil davomida 50 ga yaqin maqol namunasi tanlab olinib, ularning tarjimasi, ichki ma’nosi hamda madaniy konnotatsiyasi yoritilgan. Shuningdek, maqolalar orqali fors xalqining estetik qarashlari, ijtimoiy qadriyatlari va til manzarasi aks ettiriladi. Ishda faqat fors tilidagi ilmiy va og‘zaki manbalar asosida izlanish olib borilgan. Kalit so‘zlar : fors tili, maqol, tana a’zolari, paremiologiya, madaniy semantika, til manzarasi, xalq og‘zaki ijodi. Tillar inson tafakkuri, ijtimoiy ong va madaniy tajribaning eng muhim aks ettiruvchisi sifatida har bir xalqning dunyoqarashi va qadriyatlar tizimini o‘zida mujassam etadi. Shu ma’noda, maqollar milliy tafakkur, xalq hayoti va urf-odatlarining ramziy ifodasi bo‘lib, har bir tilning ichki kuchini, madaniy boyligini ochib beruvchi noyob manbalardan biridir. Fors tili ham bu borada istisno emas: unda jamlangan maqollar xalqning asrlar davomida shakllangan bilimi, tajribasi va estetik qarashlarini ifodalaydi. Tilshunoslikda maqollarni o‘rganish paremiologiya deb ataladi va bu yo‘nalishda so‘z birliklarining shakli, mazmuni, semantikasi hamda madaniy konnotatsiyalari muhim o‘rin tutadi. Xususan, inson tanasining tashqi a’zolari bilan bog‘liq maqollar tilda juda faol va ramziy yuklamaga ega bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Bunday maqollar orqali nafaqat tilning poetik jihatlari, balki xalqning inson tanasiga bo‘lgan munosabati, estetik talqini va ijtimoiy stereotiplari ham https://scientific-jl.org/obr 1 4 2 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada fors tilida qo‘llaniladigan va inson tanasining tashqi a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan maqollar tanlab olinib, ularning lingvistik, semantik va madaniy tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — fors tilidagi tanaviy maqollar orqali bu tilda ifodalangan xalqona tafakkur, til manzarasi va madaniy semantikaning xususiyatlarini aniqlashdir. Shu bilan birga, maqolalarning tarjimasi, kontekstual talqini hamda ularning boshqa tillardagi ekvivalentlariga oid mulohazalar ham keltiriladi. Mazkur tahlil faqatgina fors tilidagi yozma va og‘zaki manbalar asosida olib borilgan bo‘lib, tadqiqotda tanlangan maqollar soni ellikka yaqinni tashkil etadi. Ularning har biri ayrim tana a’zosi bilan bog‘liq bo‘lib, bu a’zolar orqali shakllangan tasvirlar xalqning madaniy-estetik qarashlarini aks ettiradi. Tadqiqot natijalari nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va paremiologiya sohalariga ham qo‘shimcha ilmiy yondashuvlarni taklif etadi. Nazariy asoslar va metodologik yondashuv. Maqollarni lingvistik jihatdan o‘rganish paremiologiya fanining markaziy yo‘nalishlaridan biridir. Paremiologiya (yunoncha paroimia – maqol) xalq og‘zaki ijodining barqaror, qisqa, obrazli va aforizm xususiyatiga ega birliklarini o‘rganadi. Ushbu maqolada tana a’zolari ishtirok etgan maqollar tilning semantik darajasida qanday ishlashini, ularning madaniy konnotatsiyasi va ramziy yuklamalarini tahlil qilish asosiy vazifa sifatida belgilanadi. Fors tilshunosligida maqollarni o‘rganish o‘ziga xos an’anaga ega. Jumladan, zabardast olimlar — Dr. Muḥammad Ja‘far Yaḥaqqī, Dr. Ḥamīd Riżā Shakūrzādah, Dr. Manūchihr Āzmāyish kabi tadqiqotchilar xalq og‘zaki ijodining ramziy tabiatini, ijtimoiy kontekstini va mantiqiy asoslarini chuqur o‘rganganlar. Ularning ishlari asosida tanlangan maqollar lingvistik, semantik va madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Metodologik jihatdan mazkur tadqiqotda quyidagi yondashuvlar qo‘llaniladi: https://scientific-jl.org/obr 1 4 3 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Lingvistik tahlil: maqollarda ishlatilgan tana a’zosi nomlari (ko‘z, og‘iz, qo‘l, oyoq, burun, bosh va h.k.) qanday semantik rol o‘ynashi, qanday so‘z birikmalari va metaforalarda qo‘llanishi o‘rganiladi. Madaniy-semantik yondashuv: har bir maqolda tanlangan tana a’zosi qanday ramziy ma’no kasb etgani, u orqali qanday axloqiy, estetik yoki ijtimoiy tushunchalar ifodalangani ko‘rib chiqiladi. Tarjimashunoslik nuqtai nazari: maqollar tarjima qilinib, ularning o‘zbek tilidagi yaqin ekvivalentlari bilan solishtiriladi; bu orqali milliy tafakkurdagi umumiylik va farqlar ochib beriladi. Tadqiqotda foydalanilgan materiallar to‘liq ravishda fors tilidagi yozma va og‘zaki manbalar asosida tanlab olingan bo‘lib, ular orasida maqollar to‘plamlari, paremiologik lug‘atlar, xalq ertaklari va zamonaviy fors adabiyoti namunalaridan foydalanilgan. 1. م شچ گنت ایند هدیدن ار، زا کی هاگن رپ ی مدوش Tarjimasi: Dunyoni ko‘rmagan tor ko‘z bir qarash bilan to‘ladi. Tahlil: Bu maqolda مشچ (ko‘z) elementi odamning ko‘rish darajasi, dunyoqarashi, tajribasi bilan bog‘lanadi. “Tor ko‘z” metafora
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada fors tilidagi tashqi tana a’zolari bilan bog‘liq maqollar tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada fors tilidagi tashqi tana a’zolari bilan bog‘liq maqollar tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tana a’zolari, maqol, xalq og‘zaki ijodi., paremiologiya, madaniy semantika, fors tili, til manzarasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026