Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KLIMAKS DAVRI PSIXOLOGIYASI VA GINEKOLOGIK BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BO‘LISH PSIXOLOGIYASI
Abdurazakova Umida Ravshan qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada ayollarda klimaks davrida yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar, ularning ruhiy salomatligiga ta’siri hamda ginekologik bemorlar bilan muloqot qilishda tibbiy xodimlarning psixologik yondashuvi tahlil qilinadi. Klimaks davri ayol hayotining muhim bosqichi bo‘lib, jismoniy va psixologik noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shu davrda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shifokor va bemor o‘rtasida samimiy, tushunishga asoslangan munosabatni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Maqolada shuningdek, bemorlar bilan psixologik jihatdan to‘g‘ri muloqot qilish tamoyillari ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: klimaks, ayollar salomatligi, psixologik o‘zgarishlar, ginekologik bemor, shifokor-bemor munosabatlari, psixologik yondashuv, ruhiy salomatlik. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida, shu jumladan, yurtimizda ham ayollarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi islohotlarning yaqqol namunasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rish mumkin. Mazkur qaror xotin-qizlarga nisbatan ijtimoiy yondashuvni chuqurlashtirish, ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ayollar salomatligi, ayniqsa, psixologik holatini o‘rganish va unga yetarlicha e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki turli yosh https://scientific-jl.org/obr 1 6 8 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 davrlarida ayollarda o‘ziga xos psixoemotsional holatlar yuzaga keladi. Ayol organizmi o‘z hayoti davomida muhim fiziologik bosqich — klimaks (yoki klimakteriya) davridan o‘tadi. Bu davr jinsiy faoliyatning susayishi va organizmning qarilik bosqichiga o‘tishi bilan tavsiflanadi. Klimaks nafaqat ayollarda, balki erkaklarda ham kuzatiladigan tabiiy jarayon bo‘lib, asosan jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishining kamayishi bilan bog‘liq. Mazkur davrda yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatida muayyan o‘zgarishlar yuz beradi. Ba’zi ayollarda issiq bosish, yuzning qizarishi, terlash, sovuq ter bosishi, junjikish, yurak urishining tezlashuvi, eshitishdagi shovqin, emotsional beqarorlik, xotiraning susayishi, sabrsizlik, tushkunlik kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda yurak sohasida og‘riqlar sezilishi ham mumkin. Klimaks davrining og‘ir yoki yengil kechishi ayol organizmining umumiy salomatligi, turmush tarzi, mehnat sharoiti, iqlim, irsiy omillar, shuningdek, reproduktiv davrdagi faoliyat — homiladorlik, abortlar, tug‘ruqlar va jinsiy hayot sifati bilan bevosita bog‘liq. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim ayollarda klimaks davri deyarli sezilmasdan o‘tadi, bu esa ularning jismoniy va ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq, bu davrni og‘ir o‘tkazayotgan ayollarda qalqonsimon bez faoliyatida buzilishlar, moddalar almashinuvining izdan chiqishi (masalan, keskin semirish yoki ozib ketish), psixologik tushkunlik, bezovtalik, nevroz, psixopatik holatlar kuzatiladi. Umumiy holatda klimakterik davr 45-50 yosh oralig‘ida boshlanadi, biroq bu davr ba’zan erta (40 yoshgacha) yoki kech (55 yoshdan keyin) boshlanishi ham mumkin. Noyob holat sifatida, bu davrda ham ayolda homiladorlik yuz berib, u farzand dunyoga keltirishi ehtimoli mavjud. Ayol organizmida yuz beradigan gormonal o‘zgarishlar hayotining turli bosqichlarida salomatlikka, ijtimoiy hayotga va psixologik holatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, klimaks davri (menopauza) bu borada muhim davr hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat fiziologik, balki chuqur psixologik o‘zgarishlar bilan ham kechadi. Ayollar bu davrda depressiya, xavotir, o‘z-o‘zidan norozilik kabi holatlarga ko‘proq duch keladilar. https://scientific-jl.org/obr 1 6 9 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Klimaks davrida ayollarda estrogen gormonining kamayishi natijasida yallig‘lanish holatlari, issiqlik bosishi, uyqusizlik, xotiraning zaiflashuvi, jizzakilik, tushkunlik kabi simptomlar yuzaga keladi. Bu esa ularning psixologik holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu davrda ayollarga yaqinlarining, jamiyatning ijobiy munosabati muhim bo‘ladi. Tibbiyot xodimlarining bemor bilan muloqoti esa eng asosiy ruhiy tayanchlardan biridir. Ayollar bu davrda o‘zlarini keraksiz, keksaygan, jozibasini yo‘qotgan deb hisoblashlari mumkin. Shuning uchun, ularga ishonch berish, mehr va hurmat bilan yondashish zarur. Ginekologik muammolar shaxsiy va nozik masala bo‘lgani sababli, bemor bilan muloqotda maxfiylik, samimiylik va etika tamoyillariga qat’iy rioya qilish kerak. Shifokor bemorning hissiy holatini tushunishi, uni qo‘llab-quvvatlashi va sabr-toqat bilan muomala qilishi muhimdir. Shuni ham aytish joizki, hissiy holatlar natijasida inson organizmida turli fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumki
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ayollarda klimaks davrida yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar, ularning ruhiy salomatligiga ta’siri hamda ginekologik bemorlar bilan muloqot qilishda tibbiy xodimlarning psixologik yondashuvi tahli…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ayollarda klimaks davrida yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlar, ularning ruhiy salomatligiga ta’siri hamda ginekologik bemorlar bilan muloqot qilishda tibbiy xodimlarning psixologik yondashuvi tahli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shifokor-bemor munosabatlari, psixologik o‘zgarishlar, klimaks, ayollar salomatligi, ginekologik bemor, ruhiy salomatlik., psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014