Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING BOLALAR SALOMATLIGIGA EPIGENETIK VA TOKSIKOLOGIK TA’SIRI
Ilmiy rahbar: Aliyeva Rano (Andijon davlat chet tillar instituti) · Talaba: Abdurahmonova Sevinch Po`latjon qizi (Andijon davlat chet tillar instituti) · Часть–_ Мая – (Andijon davlat chet tillar instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются эпигенетические и токсикологические воздействия загрязняющих веществ окружающей среды на здоровье детей. Повышенная чувствительность детского организма, а также генетические и физиологические изменения, происходящие в процессе развития, делают детей более уязвимыми к вредным внешним факторам. Загрязняющие вещества могут вызывать долгосрочные проблемы со здоровьем через эпигенетические механизмы регуляции экспрессии генов. В статье рассматриваются биологические механизмы этих воздействий, их влияние на здоровье и возможные профилактические меры. Ключевые слова: эпигенетика, токсикология, здоровье детей, метилирование ДНК, загрязнение окружающей среды, тяжёлые металлы, пестициды, пренатальное воздействие. So‘nggi o‘n yilliklarda urbanizatsiya, sanoatlashuv va transport vositalarining ortib borishi natijasida ekologik muammolar keskin kuchaymoqda. Atmosfera, suv va tuproqning ifloslanishi inson salomatligiga, ayniqsa bolalar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Bolalar immunitet tizimi, nafas olish yo‘llari va asab tizimining to‘liq shakllanmaganligi ularni tashqi muhitdagi zararli omillarga nisbatan ancha sezgir holatga keltiradi. Shu sababli, erta yoshda atrof-muhitdagi ifloslantiruvchi moddalar bilan to‘qnash kelgan bolalarda turli surunkali kasalliklar, rivojlanishdagi kechikishlar va immunitet muammolari yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu ta’sirlar nafaqat organizm darajasida, balki molekulyar, xususan epigenetik darajada ham sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi.Ushbu xavfli ta’sirlarni chuqurroq anglash, ularning tabiati va organizmga ta’sir mexanizmlarini tushunish uchun toksikologiya fanining yondashuvlariga murojaat qilish lozim. Toksikologiya organizmga zarar yetkazuvchi moddalarni — ya’ni toksinlarni — o‘rganadi hamda ularning qisqa va uzoq muddatli salbiy oqibatlarini tahlil qiladi. Bolalar organizmi, ayniqsa hayotining dastlabki 1000 kuni eng zaif davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda kimyoviy toksinlarga duchor bo‘lish bolaning butun umri davomida sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu https://scientific-jl.org/obr 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ta’sirlar ayrim hollarda voyaga yetganda yurak-qon tomir kasalliklari, asab buzilishlar yoki hatto onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.Ushbu davrda uchraydigan eng keng tarqalgan va xavfli toksik moddalardan biri — og‘ir metallardir. Og‘ir metallar inson organizmida parchalanmaydi va to‘planib boradi. Ulardan biri bo‘lgan qoʻrgʻoshin (Pb)— kuchli neyrotoksik modda bo‘lib, bolalar miyasining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, qo‘rg‘oshinga erta yoshda duch kelgan bolalarda IQ darajasining pasayishi, e’tibor yetishmovchiligi, nutq kechikishi va xulq- atvor muammolari kuzatilgan. Yana bir xavfli og‘ir metal — simob hisoblanadi. Simob ham asab tizimi va buyraklarga jiddiy zarar yetkazadi. Eng achinarlisi, simob homilador ayollar organizmi orqali homilaga o‘tib, bola asab tizimining rivojlanishida nuqsonlar, tug‘ma kasalliklar va psixonevrologik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham homiladorlik davrida atrof-muhitdagi kimyoviy ifloslantiruvchilardan maksimal darajada ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Bunday og‘ir metallar bilan bir qatorda, atrof-muhitda keng tarqalgan boshqa kimyoviy moddalar ham bolalar sog‘lig‘i uchun jiddiy tahdid soladi. Masalan, organofosfadlar— bu qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan pestitsidlar bo‘lib, bolalarda asab tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Ilmiy izlanishlar ushbu moddalarning autizm spektr buzilishlari, diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi kabi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.Bundan tashqari, kundalik hayotda keng tarqalgan yana bir sun’iy modda — bu BPA hisoblanadi. BPA plastmassa idishlar, o‘ramlar va bolalar o‘yinchoqlari kabi mahsulotlarda uchraydi. Bu modda endokrin tizimga ta’sir ko‘rsatib, erkaklik va ayollik gormonlarining muvozanatini buzishi, reproduktiv tizimda nosozliklar va erta balog‘atga yetish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.Ushbu ifloslantiruvchilarning organizmga ta’siri faqat bevosita zaharlanish orqali emas, balki epigenetik mexanizmlar orqali ham yuzaga chiqadi. Epigenetika — bu genetik kodni o‘zgartirmasdan, genlarning faolligini boshqaradigan jarayonlar yig‘indisidir. Ya’ni, inson DNKsi o‘zgarmagan holda qoladi, biroq ba’zi https://scientific-jl.org/obr 8 5 Выпуск журнала №-69 Часть–4_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 genlar "o‘chib qoladi" yoki "faollashadi". Ayniqsa, homiladorlik davridagi (prenatal) atrof-muhit ta’siri bola genlarining epigenetik darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va bu o‘zgarishlar ba’zida keyingi avlodlarga ham meros bo‘lib o‘tishi mumkin.Epigenetik mexanizmlar orasida eng ko‘p o‘rganilganlaridan biri — DNK metilatsiyasi hisoblanadi. Bu jarayonda DNK molekulasiga metil guruhlari birikadi va bu, o‘z navbatida, genlarning ifodalanishini susaytiradi
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются эпигенетические и токсикологические воздействия загрязняющих веществ окружающей среды на здоровье детей.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются эпигенетические и токсикологические воздействия загрязняющих веществ окружающей среды на здоровье детей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epigenetics, toxicology, child health, DNA methylation, epicenetika, bolalar salomatligi, ogʻir metallar, toksikologiya, pestitsidlar, atrof-muhit ifloslanishi, DNK metilatsiyasi, prenatal ta'sir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025