К содержанию
РецензированоUZ2025

AVTOMOBILSOZLIKDA NUQSONLI EHTIYOT QISMLARNI ULTRATOVUSH USULI YORDAMIDA ANIQLASHNING ILMIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI.

Kokilov Husniddin Hasan o’g’li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

The modern automotive industry strives to ensure the production of products that meet the requirements of high reliability and safety. An important role in this is the identification of defective parts that can be detected in the production process (defectoscopy). Ultrasound testing (UT) is one of the most widely used techniques in this field, and its scientific foundations and practical applications are analyzed in this article. Kalit so‘zlar: Iqtisodiy yoʻqotishlar, vizual tekshiruv, ultratovush tekshiruvi, rentgen tekshiruvi, toʻlqin tezligi, toʻlqin uzunligi, matematik model, signal, nuqson, amplitude. Keywords: Economic losses, visual inspection, ultrasound, X-ray scan, wave velocity, wavelength, mathematical model, signal, defect, amplitude. Ishlab chiqarish jarayonida aniqlangan nuqsonli qismlar va agregatlar ishlab chiqarishga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatadi. https://scientific-jl.org/obr 3 7 1 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 -Iqtisodiy yoʻqotishlar (Financial Losses)- bular Qayta ishlash va tuzatish xarajatlari. Nuqsonli qismlarni qayta ishlash, taʼmirlash yoki almashtirish uchun qoʻshimcha resurslar (vaqt, material, mehnat) sarflanadi. -Chiqindilar koʻpayishi- baʼzi nuqsonli qismlar (masalan, shaffof boʻlmagan shisha yoki payvand qoʻshinmalari) butunlay chiqindi sifatida tashlanadi. -Ishlab chiqarishning sekinlashishi- jarayonlarni toʻxtatib, nuqsonlarni bartaraf qilish ishlab chiqarish tezligini pasaytiradi. -Ishlab chiqarish rejalarining buzilishi ham shu kabi salbiy ta’sirlardan hisoblanadi, nuqsonlar tufayli kechikishlar xodimlarning ishga boʻlgan ishonchini susaytiradi. Ishlab chiqarish jarayonida aniqlangan nuqsonli ehtiyot qismlar va agregatlarni aniqlash (defektoskopiya) sanoatda sifat nazoratining muhim qismidir. Nuqsonlarni aniqlash usullari: vizual tekshiruv (VT)- Eng oddiy usul, ko'z yoki lupa yordamida amalga oshiriladi; ultratovush tekshiruvi (UT)- yuqori chastotali tovush to'lqinlari yordamida materialdagi yoriqlar aniqlanadi; rentgen tekshiruvi (RT)- rentgen nurlari yordamida ichki nuqsonlar ko'rish mumkin; magnitli zarrachalar tekshiruvi (MT)- faqat magnitli materiallar uchun ishlatiladi; penetrant tekshiruv (PT)- maxsus suyuqlik yordamida sirtdagi yoriqlar aniqlanadi; vortex-tok tekshiruvi (ET)- elektr toki yordamida metall buyumlardagi nuqsonlar topiladi. Quyida ultratovush tekshiruvining fizik asoslarini ko’rib chiqamiz. Ultratovush tekshiruvi materiallardagi yashirin nuqsonlarni aniqlash uchun 1–15 MHz chastotali mexanik toʻlqinlardan foydalanadi. Asosiy tamoyillar: Toʻlqinlarning tarqalishi: Material ichida tarqalgan toʻlqinlar sirt va ichki nuqsonlardan aks etadi. https://scientific-jl.org/obr 3 7 2 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Piezoelektrik effekt: Transduser (datchik) elektromagnit energiyani mexanik tebranishlarga aylantiradi. Aks ettirish va sinish qonunlari: Toʻlqinlar materiallar chegarasida Snell qonuni boʻyicha yoʻnalishini oʻzgartiradi. Toʻlqin parametrlarini hisoblash: Toʻlqin tezligi; E 𝑥 = √ :(Longitudinal toʻlqinlar uchun) 𝑝 Bu yerda E – Young moduli (Pa), ρ – material zichligi (kg/m³). Misol: Poʻlat uchun v≈5920 m/sv≈5920m/s. Toʻlqin uzunligi: 𝑣 λ = f Bu yerda f – chastota (Hz). Quyida nuqsonlarni aniqlashning matematik modelini ko’rib chiqamiz. Nuqson joyini aniqlash; Signallar orasidagi vaqt (Δt) yordamida nuqson chuqurligi (d) hisoblanadi: v∗Δt d = . 2 Nuqson oʻlchami va amplituda bogʻliqligi: Amplituda (A) nuqson diametri (D) va masofa (x) ga bogʻliq: π𝐷2 𝐴 ∝ 4𝜆𝑥 Ultratovush usulining avtomobilsozlikdagi amaliy foydalanishi. https://scientific-jl.org/obr 3 7 3 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Dvigatel komponentlarini tekshirishda, asosan dvigatel blokni tekshirishda yoriqlar va porlarni aniqlashda (masalan, GM Uzbekistan zavodida) keng qo’llaniladi. Transmissiya tizimi tekshirishda tishli gʻildiraklar va valflardagi yeyilish izlarini aniqlashda ham keng qo’llaniladi, shu bilan birga, karosseriya payvand qoʻshinmalarini tekshirishda ichki yoriqlarni rentgenografiyaga nisbatan tejamkor usulda aniqlaydi. Iqtisodiy va Xavfsizlik Jihatlaridan ultratovush tekshiruvining tahlili. Iqtisodiy samaradorlik: Xarajatlar kamayishi: Ultratovush usuli (har bir tekshiruv uchun ~50)rentgenografiyaga(200–500) nisbatan arzon. Ishlab chiqarishni toʻxtatishni minimallashtirish: Haqiqiy vaqt rejimida aniqlash (GM zavodida ishlab chiqarish samaradorligi 15% oshgan). Ushbu usulda nuqsonlarni aniqlash xavfsizlikni oshirishda ham sezilarli tasir darajasiga ega. Halokatlarning oldini olishda bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. 2021-yilda Toyota kompaniyasi transmissiyadagi nuqsonlar tufayli 1,2 million avtomobilni chaqirib oldi. UT usuli yordamida bunday risklar 40% kamaytirildi. Xulosa: Nuqsonli qismlar ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va kompaniyaning obroʻsiga

Доказательный фрагмент

«The modern automotive industry strives to ensure the production of products that meet the requirements of high reliability and safety.»

Образец извлечения

Демо-превью

The modern automotive industry strives to ensure the production of products that meet the requirements of high reliability and safety. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Economic losses, visual inspection, ultrasound, X-ray scan, wave, rentgen tekshiruvi, ultratovush tekshiruvi, vizual tekshiruv, amplitude., toʻlqin tezligi, toʻlqin uzunligi, matematik model, Iqtisodiy yoʻqotishlar, nuqson, signal
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники