К содержанию
РецензированоUZ2025

O'QUVCHILARNI TARBIYALASHDA MAKTAB VA OILANING HAMKORLIGI

Ashurova Yulduz Zoirovna · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. Kalit so’zlar: oila, bola, mahalla, vatanparvarlik, maktab, hamkorlik, ota-ona, mardlik, mehr-muhabbat Mamlakatimizda bolalar va onalarga bo‘lgan e’tibor tobora ortib, bu yo‘nalishdagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. “Jamiki ezgulik – bolalar uchun” degan g‘oya jamiyatda yanada keng jarang topmoqda. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qaror va farmonlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Ma’lumki, bola maktabga qadam qo‘yishidan avval, shuningdek, o‘quv davrida ham, asosan oilaviy muhitda tarbiyalanadi. Oila esa davlatning ijtimoiy negizi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulq-atvori va estetik qarashlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, oila a’zolari o‘rtasidagi ma’naviy uyg‘unlik yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning boshlang‘ich va asosiy omillaridan biri sanaladi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish jarayoni, avvalo, maktab bilan oilaning uzviy hamkorligiga bog‘liq. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun ta’lim muassasalari ota-onalar bilan mustahkam https://scientific-jl.org/obr 1 8 3 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 aloqada bo‘lishi lozim. Shu bois, ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini kengaytirish, ularni maktabning faol hamkoriga aylantirish, bolalarning darsdan tashqari faoliyatini mazmunli tashkil etishda ularning ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy jamiyatning tezkor rivojlanishi va kasb-hunar faoliyatining tobora murakkablashuvi natijasida shaxs ongiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar kuchaymoqda. Shunday sharoitda insonning faqat bilim va malakasi emas, balki uning axloqiy, estetik, emotsional va intellektual madaniyati ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi fazilatlarning shakllanishi, eng avvalo, oilaviy tarbiya orqali boshlanadi. Garchi ijtimoiy muhit va ta’lim tizimi bu jarayonda muhim rol o‘ynasa-da, inson kamolotining poydevori aynan oilada qo‘yiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy tarbiya pedagogika fanining murakkab va ko‘p qirrali muammolaridan biri hisoblanadi. Har bir oila o‘ziga xos ijtimoiy guruh bo‘lib, undagi tarbiyaviy faoliyat bu guruhning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Shu sababli, maktab va oilaning tarbiyaviy hamkorligi har bir bola shaxsining to‘laqonli shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Buyuk mutafakkir bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek “Oilada, ayniqsa, o‘qimishli ota-onalar farzandlarining chinakam inson bo‘lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari zarur” deb ta’kidlaganlar. Ushbu fikr zamirida tarbiyaning boshlang‘ich manbai va poydevori sifatida oilaning hal qiluvchi roli mujassam. Har bir ota-ona farzandining odob-axloq, insoniylik, ma’naviy va axloqiy kamolotiga mas’ul bo‘lib, bu jarayonda ularga shaxsiy vaqt ajratishi, yuksak qadriyatlar asosida yo‘l ko‘rsata olishi lozim. Ajdodlarimiz tomonidan yaratib qoldirilgan tarbiyaviy meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Insonparvarlik, vatanparvarlik, oqibatlilik, mehr-muhabbat, yuksak axloqiy fazilatlar xalqimizning uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida shakllangan bebaho boyliklaridandir. Bugungi kunda bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, ularning kasb-hunar egallab, jahon miqyosidagi raqobatbardosh shaxs sifatida kamol topishlariga asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Har bir inson dunyoga https://scientific-jl.org/obr 1 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 kelganidan so‘ng, uning xulq-atvori, axloqiy qarashlari va insoniy fazilatlari avvalo oilaviy muhitda shakllanadi. Shu bois, ota-onalar tarbiya jarayonining asosiy tamoyillarini, pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilib, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishlari talab etiladi. Chunki oilaviy tarbiya – bu faqatgina ma’lum qoidalarga asoslangan emas, balki shaxsiy mas’uliyat, madaniy daraja va tarbiyaviy mahoratni talab qiluvchi murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Bola atrofidagi ijtimoiy muhit — ya’ni odamlar, voqealar va kundalik hayot hodisalari — uning ongida, dunyoqarashida va xulq-atvorida iz qoldirib, shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiyasining samaradorligi esa, ota-onaning bilimdonligi, madaniyati, farzandiga bo‘lgan e’tibori, uning kelajagini chuqur anglab yetishi, shuningdek, milliy urf-odat va an’analardan samarali foydalanishga bog‘liq. Tarbiyada talabchanlik, oiladagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, tinchlik va halol mehnat muhiti muhim pedagogik omillar sirasiga

Доказательный фрагмент

«Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, ota-ona, oila, mardlik, vatanparvarlik, mahalla, hamkorlik, mehr-muhabbat, bola
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники