К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH SINFLAR MATEMATIKA DARSLARIGA INNOVATSION YONDASHUV (1-2-SINFLAR MISOLIDA)

Rahimova Zulayho Usmonovna · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini noodatiy tarzda o‘qitishning ahamiyati va ayrim usullari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni qiziqtirishning muhim jihatlari aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar. Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, ko‘rgazmali o‘qitish, matematika darslari. Boshlang‘ich sinflarda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va kelajakdagi akademik muvaffaqiyatlari uchun asos yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish ushbu fan bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini beradi. O‘quvchilarni fanga qiziqishini oshirishda yangicha usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Jon Dyuining “Biz bolalarning kelajagini qoʻldan boy beramiz, agar biz ularni bugun kechagi kuni oʻqitgan usulda oʻrgatishda davom etsak” – degan fikrlari ham o‘z ahamiyatiga ega. Boshlang‘ich maktab yoshida o‘quvchilarning doimiy qiziqishlari va qobiliyatlari shakllanadi, shuning uchun bu davrda matematikaning jozibador tomonlarini ochib berish kerak. Zamonaviy o‘qituvchi o‘ziga savol berishi kerak: "Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qanday qo‘llash mumkin?" O‘qituvchining maqsadi – yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o‘quvchilarga ta’lim berishdir[1]. “Innovatsiyalar - bu faqat yangilik emas, balki https://scientific-jl.org/obr 1 9 8 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 tizimni yangilaydigan asosiy elementlarni kiritish orqali mutlaqo yangi sifatlarga erishishdir” (P.S. Lerner). Tahlillariga ko‘ra, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlar 2 hafta o‘tgach, mustaqil o‘qish orqali 10 foiz; tinglash orqali 20 foiz; o‘zi namoyish etsa yoki so‘zlab bersa, 50 foiz; bahs-munozara, suhbat orqali 80 foiz; o‘zi amaliy bajarganda esa 90 foizi eslab qolinar ekan. Shularni hisobga olsak, o‘quvchilarga dars berishda ko‘proq bahs-munozara, suhbat va amaliy ishlarni dars davomida o‘z kuzatuvimiz va nazoratimiz ostida olib borishimiz kerak ekan[1,2]. Ma'lumki, bolalar tezda bir xil narsalarni bajarishdan zerikadi, bunda ularning ishi samarasiz bo'ladi va rivojlanish jarayoni sekinlashadi. Boshlang’ich sinflarga dars mashg’ulotlarini o‘tayotgan paytda multimedia vositalaridan deyarli hamma darsda unumli foydalanishimiz mumkin. Bugungi kunda quyidagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari yoki ularning elementlaridan foydalanish samarali hisoblanadi[3]: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. AKTlarning asosiy ustunligi ko‘rgazmaliligi bo‘lib, axborotni ko‘rish orqali eslab qolish juda muhimdir. Axborot texnologiyalari o‘quv jarayonini ijodiy va o‘quvchiga yo‘naltirilgan qilib o‘zgartiradi. Matematika darslarida AKTdan foydalanish o’qituvchilarga quyidagilarni imkon beradi: - o‘qitish jarayonini qiziqarli, yorqin, jonli qilib ko‘rsatish; - ko‘rgazmali o‘qitish muammosini samarali hal qilish; - ta'lim materialini o‘quvchilar uchun yanada tushunarli va qulay qilib vizualizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish. Darajali differensial va individual ta'lim texnologiyalari. Differensial o‘qitish bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga va mustaqil ijodiy fikrlashga yordam beradi. Turli darajadagi topshiriqlar o‘quvchilarning individual qobiliyatlariga mos ravishda ta'lim jarayonini tashkil etishni osonlashtiradi. O‘yin texnologiyalari. Darsda o‘yin elementlarini qo‘shish ta'lim jarayonini qiziqarli qiladi, bu esa o‘quvchilarda yaxshi kayfiyat yaratadi va o‘quvdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari. O‘quvchi markazida bo‘lgan ta'lim yondashuvi butun dunyoda o‘z ahamiyatini oshirib bormoqda. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olib, ularni shaxsiy rivojlanishlariga yo‘naltiradi. https://scientific-jl.org/obr 1 9 9 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Test texnologiyalari. Test topshiriqlari darsning turli bosqichlarida ishlatilishi mumkin bo‘lib, bilimlarni aniqlash va nazorat qilishda samarali vosita hisoblanadi. Salomatlikni saqlash texnologiyalari. Ushbu texnologiyalar ta'lim jarayonida o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlashga qaratilgan. Darsda turli topshiriqlarni muqobil ravishda berish, mustaqil ishlash vaqtlarini belgilash va yengil tanaffuslar uyushtirish orqali o‘quvchilarning qobiliyatlarini saqlash va rivojlantirish mumkin. Kichik sinf o'quvchilari guruh bo'lib ishlashni ham yaxshi ko'rishadi, bu esa innovatsion ta'limning xususiyatlarini o'z ichiga oladi: izlanish faoliyati natijasida bilimlarni mustaqil ravishda olish, o'quv materialini tushunishning chuqurligi oshadi, o'quvchilarning bilish faolligi va ijodiy mustaqilligi ortadi; ular o'z imkoniyatlarini aniqroq baholaydilar, o'zlarini yaxshiroq nazorat qilishadi; o'quvchilar jamiyatda yashash uchun

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini noodatiy tarzda o‘qitishning ahamiyati va ayrim usullari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini noodatiy tarzda o‘qitishning ahamiyati va ayrim usullari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, ko‘rgazmali o‘qitish, Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, matematika darslari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники