К содержанию
РецензированоUZ2025

SAVOD O’RGATISH JARAYONIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKDA ISHLASH.

HAMKORLIKDA ISHLASH. · Asadova Shoxsanam Malik qizi · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada savod o‘rgatish jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Bu jarayonda o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali shakllari, bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi ahamiyati va oiladagi ijtimoiy muhitning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilingan.Ota-onalarni savod o‘rgatish jarayoniga jalb etishdagi metodlar, amaliy tavsiyalar hamda tajribalardan misollar keltirilgan. Mazkur maqolada savod o‘rgatish sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini ochib berilgan. Kalit so’z: savod o‘rgatish,boshlang‘ich ta’lim,ota-onalar bilan hamkorlik,o‘qituvchi va ota-ona munosabati,ta’lim sifati,oila va maktab hamkorligiuy sharoitida savod mashqlari,o‘quv jarayoni,pedagogik hamkorlik,metodik yondashuv. Kirish:Savod o‘rgatish – bu o’quvchining ta'lim olamiga kirib borishidagi eng muhim bosqichlardan biridir. Bu jarayon nafaqat maktabda olib boriladi, balki oilada ham davom etadi. Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning savod tez chiqishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ota- onalarning ta'lim jarayonidagi faolligi va o‘qituvchi bilan hamkorligi bolalarda o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, o‘rganilgan bilimlarning mustahkamlanishini ta'minlaydi. https://scientific-jl.org/obr 7 6 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Shu sababli savod o‘rgatish jarayonida ota-onalar bilan yaqindan ishlash, ularni bu jarayonga jalb etish ta'lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Asosiy qism:Boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatish jarayonida o’quvchilarning o‘quv faoliyatidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchilarda yozuv va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish va o’quvchilarda tilga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsad qilinadi. Bu jarayonning samaradorligini oshirishda o‘qituvchining emas, balki ota-onalarning ham faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash – bu o’quvchi ta’lim olish jarayonida oila va maktabning hamkorlikda ish yuritishi demakdir. Ayniqsa, savod o‘rgatish bosqichida bu hamkorlik bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi va oilaviy muhitda o‘quv ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini beradi. Hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: Ota-onalar bilan suhbat va maslahatlashuvlar o‘tkazish – bola saviyasini o‘rganish va unga individual yondashuvni belgilashda foydali bo‘ladi. Uy sharoitida bolaga o’qish-yozishni o’rganishiga qanday yordam bera olishlari mumkinligini tushuntirish. Ota-onalarning farzandi haqida kuzatuvlarinini eshitish va shu kuztuvlar asosida bolaga vazifalarni taqsimlash. Uyga vazifalarni bajarishda ota-onalarning ishtirokini ta’minlash – bola darsda o‘rganilgan bilimlarni uy sharoitida mustahkamlashi uchun zarur. O’qituvchi ota-onalarga bolaga vazifa berilganligini eslatishi lozim. Vazifalarni o’z vaqida bajarishga undash, shu bilan birga bolaga yaqindan berishi kerak. Ota-onalar uchun seminar va treninglar tashkil etish – savod o‘rgatishning zamonaviy uslublarini ularga tushuntirish orqali umumiy yondashuvni shakllantirish mumkin. https://scientific-jl.org/obr 7 7 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Kitob o‘qish kechalari, oila bilan o‘qish tadbirlarini tashkil etish – bolalar va ota-onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiradi. Doimiy muloqot – o’qituvchi bilan ota-ona o’rtasida muntazam va izchil aloqa bo’lib, bola ta’lim-tarbiyasi samaradorligida muhim ro’l o’ynaydi.O‘qituvchi bolaning savod o’rgatish jarayonidagi yutuqlari va qiyinchiliklari haqida ota-onalarga doimiy xabar beradi.Ota-onalar o‘z farzandining uyda qanday o‘qiyotgani haqida o‘qituvchini xabardor qiladi. Uy sharoitida savod mashqlari – bu jarayon maktabda olgan bilimlarini qayta mustahkamlashga qaratilgan mshg’ulotdir.Ota-onalar bolaga uyda kitob o‘qib berishi, birga harf, so‘z, gap mashqlari qilishi mumkin.Bolani yozishga, so‘z topishga, ko’proq suhbatga jalb etish savod ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Kitobxonlik muhitini yaratish - ota-onalar uyda bolaga mos kitoblar, jurnallar olib berishi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Oilada kitob o‘qish odati savodga bo‘lgan munosabatni ijobiy shakllantiradi. Darslardan tashqari tadbirlarga jalb qilish - o‘qituvchilar ota-onalarni “kitob haftaligi”, “savod kuni”, “kitobxonlar uchrashuvi”, “kitobxonlar kuni”,”sevimli kitobim” kabi tadbirlar tashkil etilib o’quvchilar jalb qilinsa, bola o‘zining o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga rag‘batlanadi. Ijobiy munosabat va sabr - ota-onalar bolani tanqid qilishdan ko‘ra, har bir kichik yutug‘ini maqtashi, rag‘batlantirishi lozim.Bola topshiriqlarni to’g’ri bajarganida unga maqtov aytish,uni rag’batlantirish yanada o’qishga qiziqishini uyg’otadi. Savod o‘rganish - asta-sekin shakllanadigan jarayon, shuning uchun bu jarayonda o’qituvchi va ota-

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada savod o‘rgatish jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada savod o‘rgatish jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik hamkorlik, metodik yondashuv., o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, o‘qituvchi va ota-ona munosabati, oila va maktab hamkorligiuy sharoitida savod mashqlari, savod o‘rgatish, boshlang‘ich ta’lim, ota-onalar bilan hamkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники