К содержанию
РецензированоRU2025

ONA TILI DARSLARIDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH

Raimjonova Umida

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article talks about the methodology of working on vocabulary at school, studying its main areas, one of the important tasks of developing speech at school, and https://scientific-jl.org/obr 1 2 6 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 improving and organizing work on vocabulary, separating and justifying its main areas, managing the process of enriching students’vocabulary. Keywords; word, vocabulary, lexicology, speech, methodology. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allal arini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. [Sh. Mirziyoyev] Lingvistika fani jamiyat taraqqiyotining, gullab-yashnashining eng muhim, eng asosiy, tengi yo‘q mezonlaridan biri til - aloqa quroli ekanligini tasdiqlash va isbotlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u ta’lim oluvchiga ona tili imkoniyatlarini ayni bir fikrni, narsa-hodisani yuzlab usullar bilan ifodalash yo‘llarini yetkazish bilan unda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ona tilida fikrlash va ona tili qurilishining o‘ziga xosligi, boshqa tillardan tubdan farq qilishi, olamni “o‘zicha” aks ettirishni singdirish bilan milliy ong, milliy dunyoqarash, milliy g‘urur va mafkurani shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi . 5-6-sinf o'quv dasturida “ona tili, o‘qish bolalarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug‘aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi. Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi, chunki so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi. Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni https://scientific-jl.org/obr 1 2 7 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda toʻgʻri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga shakldosh, zid ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosidaiborasini tushuntirishda alohida e’tibor qaratish lozim. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Avvalo o‘quvchilarda lugat bilan ishlash ko‘nikmasini shakillantirish ularni lug‘atlar bilan ishlashga o‘rgatish zarur boladi. Buning uchun o‘quvchi lug‘at turlarini farqlay olishi kerak bo‘ladi. Yig‘ilgan barcha lug‘atlar yig‘indisi lug‘atlar korpusini tashkil qiladi. Korpusga qo‘shimcha ravishda har qanday lug‘atda so‘z boshi “Lug‘atdan qanday foydalanish kerak” bo‘limi mavjud; shartli qisqartmalar ro‘yxati va boshqalar. Lug‘atlar har xil turda bo‘lishi mumkin. Avvalo ular ikki guruhga bo‘linadi; ensiklopedik va lingvistik. Ensiklopediya va ensiklopedik lug‘atlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘zlarni emas, balki malum so‘zlar bilan ifodalangan voqelikni (obyektlar va shaxslar, hodisalar va tushunchalar) tushuntiradi. Har qanday ta’lim darajasidagi har qanday o‘quvchi entsiklopediyadan qiziqqan mavzusi bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topishi mumkin. Shuningdek lug‘atlarning imlo, izohli, frazeologik, yangi so‘zlar lug‘ati kabi turlari juda ko‘p. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xima-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvofaqiyatli o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi. https://scientific-jl.org/obr 1 2 8 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Lug‘atlar bilan ishlash jarayonida quyidagi topshiriqlardan, metodlardan

Доказательный фрагмент

«This article talks about the methodology of working on vocabulary at school, studying its main areas, one of the important tasks of developing speech at school, and https://scientific-jl.org/obr 1 2 6 Выпуск журнала №…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the methodology of working on vocabulary at school, studying its main areas, one of the important tasks of developing speech at school, and https://scientific-jl.org/obr 1 2 6 Выпуск журнала №… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
word, vocabulary, lexicology, speech, methodology, maktab, so‘z, metodika., nutq, leksikologiya, lug‘at tarkibi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники