Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB DARSLIKLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI TUSHUNTIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR TAHLILI
Xotamova Mohinur · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article has a special place in linguistics exercises and tasks related to teaching phraseological unis in secondary schools are explained through methodology. Key words: Expression, speech phraseology, education, folk creativity. Barchamizga ma’lumki, til kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan avlodga ma’daniy-manaviy shu bilan birga tarixiy an’analarni yetkazuvchi, asosiy fikr almashinish quroli hisoblanadi. https://scientific-jl.org/obr 1 3 3 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Nutq jarayonida fikrimizni faqat so‘zlar yordamida emas balki, ikki yoki undan ortiq so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan, nutqqa tayyor holda kirib keladigan birliklardan ham foydalanamiz. Bu birliklar nutqimizni tasvirlabgina qolmasdan balki uning ma’noli va mazmunli, lo‘nda, bo‘yoqdor tarzda tasvirlaydi. Umum ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bunday til birliklarini tushunarli va soda tarzda o‘qitish, nutqiga olib kirish, o‘z nutqida ko‘p foydalanadigan iboralarning ma’no –mohiyatini tushuntirishga qaratilgan. Til va jamiyat taʼsirlashuvi haqida soʻz borar ekan, tilning jamiyatga qanday taʼsir etishini ham tushuntirmoq lozim. Mutaxassislar toʻgʻri taʼkidlaganidek, tilning jamiyatga taʼsiri jamiyatning tilga taʼsiriga nisbatan kam oʻrganilgan, hatto bunday taʼsirlashuvga shubha bilan qarash ham bor. Bizningcha, tafakkur quroli boʻlgan vositaning jamiyatga taʼsir koʻrsatmasligining oʻzi shubhali, chunki til jamiyatni muntazam harakatlantirib turadi va bu tarz taʼsirlashuvning eng ibtidoiy aksi uning axborotni shakllantirish va uzatish vazifasida koʻrinadi. Jamiyatning tilga taʼsiri naqd lisoniy natijalarda koʻrinadi, shu sababli, bu tarz taʼsirlashuv shubha uygʻotmaydi, bir qarashdayoq taʼsirlashuv natijalarini ilgʻash mumkin boʻladi. Tilning jamiyatga taʼsiri natijalari tilshunos qayd qila biladigan til materiallarida ifoda topmaydi, balki ijtimoiy hayotning oʻzida boʻy koʻrsatadi. Aniq lisoniy material orqali dalillay olinmagani tilning jamiyatga taʼsiri mexanizmlarining ochilmay qolishiga olib kelgan. Masalan, adabiy tilning jamiyatga taʼsiri, avvalo, milliy birlikni taʼminlashida, qolaversa, https://scientific-jl.org/obr 1 3 4 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ommaviy savodxonlikni shakllantirish va yaxshilashda, ilm-fanni rivojlantirish va madaniyatni yuksaltirishida, taʼlim-tarbiyada koʻrinadi. Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Umuman, jamiyatda axborot uzatilar ekan, unda tilning ishtirok qilmasligi, taʼsiri boʻlmasligi mumkin emas. Frazeologiya tilning mustaqil birligi sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab maxsus o ‘rganilib kelinmoqda. Frazeologiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining takomiliga o‘zbek frazeologlaridan SH. Rahmatullayev, M. Umarxo‘jayev, M. Sodiqova, I. Royzenzon, Y. Avaliani, E. Begmatov, A. Mamatov va B. Yo‘ldoshevlar o‘z hissalarini qo‘shgan [3;3]. Hech bir so‘z, hech bir ibora bekor aytilmaydi. Og‘izdan og‘izga o‘tib, so‘zlar almashadi, tushib qoladi. Harflar o‘zgaradi va tanib bo‘lmas holga keladi. Agar biz ko‘proq izlasak, so‘zning so‘ziga qalb qulog‘imizni tutsak, tilimizda majhul ibora qolmas. Og‘ayni chalish ham besabab aytilmagan. Maqol aslida; og‘a-ini – bir juft kalish bo‘lishi kerak. Kalishning ikki poyi bir-birisiz butun emas. Og‘a-ini ham shundoq. Og‘a-ini, aslida, ikkita so‘z. Aka-uka degani. Bora-bora bu ikki so‘z qisqarib, bir so‘zga aylandi. O‘rtoq, oshna ma’nosini bildiruvchi og ‘ayni holiga keldi. Og‘ayni bir kishini bildirgach, juft so‘zga hojat qolmadi. Endi “Og‘ayni chalish-bir poy kalish” deyiladigan bo ldi. Hozirda bir poy kalish ham iste’moldan chiqdi, hisob. Og‘ayni chalishning o‘zi qoldi va iboraga aylandi. [ E. Vohidov] Ushbu matn asosida berilgan topshiriqlar asosida biz o‘quvchilarda iboraning asl ma’no jihatlarini tushunish uni nutqi davomida qo‘llay olish, shuningdek iboralarning odiy so‘zga nisbatan ta’sir doirasi kuchliligini o‘rgatish maqsad qilingan. O‘zbek xalqining nutqi juda boy bo‘lib, nutqimiz orasida beixtiyor turg‘in birikmalardan (ibora, maqol, hikmatli so‘zlar, iboralar) foydalanamiz. https://scientific-jl.org/obr 1 3 5 Выпуск журнала №-69 Часть–5_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Inson o‘z ongli hayoti ibtidosidan nboslab mehnatm bilan shug‘ullanib kelmoqda. Mehnat jarayonida esa ular xilma xil ishlarni baharib kelgan. Uning mehnat faoliyatida bajarilgan u yoki bu xatti-harakatlar lisiniy assosatsiatsiyalarni paydo qiladi. Shu tufayli biror fikirni obrazli ifodalashga ehtiyoj seziladi. Ayni shu holat kishilarning milliy xarakter va turmush tarziga aloqador bo‘lgan iboralarning shakillaniahuga sababchi bo‘lgan . Milliy xarakter bilan bog‘liq iboralar xalqning tabiy yashash sharoitlari, turmush tarzi va diniy an’analari bilan uzviy bog‘liqdir. Hamma xalqlarda ham vatan tuyg‘usi, uni sevish, ardoqlash his-tuyg‘usi bor
Доказательный фрагмент
«This article has a special place in linguistics exercises and tasks related to teaching phraseological unis in secondary schools are explained through methodology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article has a special place in linguistics exercises and tasks related to teaching phraseological unis in secondary schools are explained through methodology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Expression, speech phraseology, education, folk creativity, Фраза, Фразеологии, Образование, pечь, Народное творчествою
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025