К содержанию
РецензированоEN2025

ABDURAUF FITRATNING «RAHBARI NAJOT» RISOLASIDAGI BAXTSIZ ODAMLARNING IKKI TOIFASIGA OID QARASHLARI

Mohizarbegim ERGASHEVA

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article analyzes Fitrat's treatise «The Leader of Salvation» and his views on two categories of unfortunate people. Fitrat's assessment of these categories, their role in society, and their negative impact are revealed. The ideas put forward in the work also shed light on the author's call for enlightenment and his attempts to lead the people to knowledge and development. Kalit so‘zlar: Fitrat, najot yo‘li, jadidchilik, Turkiston, ilm, ma’rifat, dunyo va oxirat. Key words: Fitrat, path to salvation, jadidism, Turkestan, science, enlightenment, this world and the hereafter. XX asr boshlarida Movarounnahrda ma’rifatparvarlik g‘oyalari kuchayib, xalqni jaholat, nodonlik va zulmatdan qutqarishga qaratilgan harakatlar avj oldi. Bu davrda jadidchilik deb atalgan islohotparvarlik oqimi shakllandi va u xalqni ilmga, taraqqiyotga chorladi. Ushbu harakatning yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdurauf Fitrat o‘zining “Rahbari Najot” (“Najot yo‘li”) nomli risolasida xalqning https://scientific-jl.org/obr 2 4 5 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 baxtsizligi sabablarini chuqur tahlil qilib, uni ikki asosiy toifaga ajratadi. Asarda Fitrat faqat muammolarni ko‘rsatibgina qolmay, balki ularni bartaraf etish yo‘llarini ham taklif qiladi. Uning bu qarashlari nafaqat o‘z davri uchun, balki bugungi kun yoshlariga ham ibrat va yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi. Abdurauf Fitrat (1886–1938) — o‘zbek adabiyoti va ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandasi, yozuvchi, olim, pedagog va siyosatchi. U jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida xalqni o‘zligini anglash, ilm-fan o‘rganish, zamonaviy tafakkur bilan yashashga undagan va ijtimoiy islohotlar zarurligini targ‘ib qilgan. Fitrat Xiva shahrida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni mahalliy maktab va madrasalarda olgan. Keyinchalik Istanbulga borib, u yerda yuqori ma’lumot olgan va turk madaniyati hamda adabiyotidan katta ta’sirlangan. 1920-yillarda O‘zbekistonga qaytib, milliy uyg‘onish, mustaqillik va ijtimoiy adolat g‘oyalarini keng targ‘ib etgan. U o‘zining publitsistik, badiiy va ilmiy asarlari orqali o‘zbek xalqini yangicha tafakkur va ma’naviy yuksalishga chorlagan. Fitratning eng mashhur asarlaridan — “Rahbari Najot”, “Oila”, “Hind Sayyohi” va “Qiyomat” kabi asarlarida milliy g‘urur, ozodlik ruhi, ma’naviyat va madaniyat masalalari chuqur ifodalangan. U zullisonayn adib sifatida bir nechta tillarni mukammal bilgan, o‘zbek adabiy tilining rivojiga katta hissa qo‘shgan. 1926-yilda Fitratga O‘zbekistonda birinchi professor unvoni berilgan. Afsuski, 1938-yilda u qatag‘on qurboni bo‘lgan va nohaq ravishda o‘lim jazosiga hukm qilingan. Uning merosi keyinchalik tiklanib, bugungi kunda milliy o‘zlikni anglash yo‘lida muhim manba sifatida qadrlanmoqda. Asarning nega bunday nomlanganligi haqida Fitrat asar muqaddimasida shunday deydi: „…Ma’lumkim, bizning ota-bobolarimiz har bobda, ayniqsa, ilm va ma’rifatda olam ahli uchun ibrat va namuna bo‘lganlar. Borib-borib zamon o‘zgardi, sa’y-u harakatlar, ilmga bo‘lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, „ijod qilmoq“ (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. https://scientific-jl.org/obr 2 4 6 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Mamlakatimizda bunday tushkunlik davr uzoq muddat davom etdi… Ushbu axloqiya majmuasini tartib berib, „Rahbari najot“ („Najot yo‘li“) deb nomladim.“1 „Rahbari najot“ asari orqali Abdurauf Fitrat jamiyatdagi ijtimoiy va ma’naviy kamchiliklarni tanqid qiladi hamda xalqni o‘zini anglashga, ilm olishga va ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Asarda, ayniqsa, Turkiston o‘lkasida mustaqil, o‘zini hurmat qiladigan va taraqqiyot sari intiluvchi jamiyat barpo etish zarurati alohida ta’kidlanadi. Fitrat bu asar orqali xalqni uyg‘onishga, jaholatdan voz kechishga va zamonaviy ilm- fan yutuqlarini egallashga chorlaydi. Fitratning fikriga ko’ra, mamlakatimizda baxtsiz odamlarning ikki toifasi bor. Ulardan birinchi guruh faqat yeyish, ichish va yotishni hayot mazmuni deb biladi. Ular bir luqma non va yotoq uchun insoniy burchlarini unutadi, foydali ish haqida o‘ylamaydi. Tunlari qorinning, kunduzlari yotoqning g‘ami bilan band bo‘ladilar. Ular hayotning chuqur ma’nosidan bexabar, faqat bu dunyo osoyishtaligini o‘ylaydigan pastkash toifadir. Fitrat ularni jamiyatga zarar keltiruvchi, insoniylik martabasidan hayvonlik darajasiga tushgan kishilar deb baholaydi. Alloh esa ularni oxirat saodatidan mahrum etgan. Ba’zi odamlar Allohdan faqat bu dunyoni so‘raydilar. Ularning oxiratda hech qanday ulushi yo‘q. Chunki Qur’oni karimda shunday oyat bor: «Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba’zilari:„Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin“, deydi va unga oxiratda nasiba yo‘qdir.»2 Ikkinchi guruh shunday bir jamoaki, ular hayotning mazmuni faqat oxirat saodati deb biladilar. Bu dunyo saodatiga erishish uchun esa

Доказательный фрагмент

«This article analyzes Fitrat's treatise «The Leader of Salvation» and his views on two categories of unfortunate people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes Fitrat's treatise «The Leader of Salvation» and his views on two categories of unfortunate people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fitrat, path to salvation, jadidism, Turkestan, science, enlightenment, dunyo va oxirat., Turkiston, jadidchilik, ma’rifat, ilm, najot yo‘li
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники