Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY ASARLARINING INGLIZ TILIGA TARJIMASIDA MADANIY KONTEKST VA UNI YETKAZISH MUAMMOLARI
Mohizarbegim ERGASHEVA
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This scientific article analyzes the collection of translations of Alisher Navoi's poems and ghazals into English and German by Yuldash Parda. The expression of poetic meaning and cultural context in Yuldash Parda's translations of Navoi's ghazals and proverbs is compared. Keywords: Alisher Navoi, Yuldash Parda, translation, cultural context, translation problems, English language, conveying meaning, literary language, patience, Paradise, Layla, Majnun, lover, oriental expressions, religious concepts. Аннотация: В данной научной статье анализируется сборник переводов поэм и газелей Алишера Навои на английский и немецкий языки Юлдаша Парды. Сравнивается выражение поэтического смысла и культурного контекста в переводах Юлдаша Парды газелей и пословиц Навои. https://scientific-jl.org/obr 2 5 5 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ключевые слова: Алишер Навои, Юлдаш Парда, перевод, культурный контекст, проблемы перевода, английский язык, передача смысла, литературный язык, терпение, Рай, Лейла, Меджнун, возлюбленный, восточные выражения, религиозные концепции. Alisher Navoiy turkiy adabiyotning zabardast namoyandasi sifatida jahon adabiyoti tarixida alohida o‘rin egallaydi. Uning boy badiiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun insoniyat uchun bebaho madaniy boylik hisoblanadi. Navoiy asarlarida ifodalangan gumanistik g‘oyalar, axloqiy mezonlar va go‘zallik haqidagi qarashlar bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Globalizatsiya sharoitida Alisher Navoiy merosini xorijiy auditoriyaga yetkazish dolzarb masalalardan biridir. Xususan, uning asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish, nafaqat jahon o‘quvchilarini buyuk mutafakkir bilan tanishtirish, balki turkiy adabiyotning yuksak taraqqiyotini namoyish etish uchun ham muhimdir. Biroq tarjima jarayonida madaniy kontekstni to‘laqonli ifoda etish, milliy obraz va tushunchalarni to‘g‘ri yetkazish kabi muammolar yuzaga chiqadi. Ushbu maqola ana shu jarayonni tahlil qilishga, tarjimalardagi asosiy qiyinchiliklarni ochib berishga va madaniy kontekstni yetkazishdagi yondashuvlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Alisher Navoiy asarlari nafaqat o‘zbek, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti va madaniy merosida beqiyos o‘rin tutadi. Shu bois, uning asarlari qadimdan turli xalqlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilgan va tarjima qilingan. Tarjimalar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Navoiy asarlari dastlab fors-tojik muhitida qiziqish uyg‘otgan. Ayniqsa, uning “Xamsa”siga kirgan dostonlari fors tiliga tarjima qilinib, Eron, Afg‘oniston va Tojikistonda keng tarqalgan. Yevropa ilmiy muhitida esa Navoiy ijodiga ilk qadamlar 19-asrda qo‘yila boshlandi. Nemis, fransuz va rus sharqshunoslari uning asarlarini o‘rganishga kirishdilar. 20-asr boshlaridan boshlab esa Navoiy asarlari rus tiliga muntazam tarjima qilina boshladi. Xususan, “Lison ut-tayr”, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin” kabi https://scientific-jl.org/obr 2 5 6 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 asarlar rus tilidagi tarjimalari orqali keng jamoatchilikka yetib bordi. Sovet davrida Navoiy asarlari o‘zbek tilining zamonaviy adabiy shakliga moslab nashr qilindi va boshqa ittifoq xalqlari tillariga ham tarjima qilina boshlandi. Bugungi kunga kelib, Navoiy ijodi ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, eron, xitoy va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilinib, dunyo adabiy jamoatchiligida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Ushbu tarjimalar nafaqat Navoiy asarlarining badiiy saviyasini, balki u orqali o‘zbek xalqining madaniy tafakkuri, ma’naviy olami va estetik didini ham namoyon etadi. Tarjimalarning sifati, talqini va uslubidagi farqlar esa Navoiy merosini chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Ana shunday tarjima asarlardan biri Yo‘ldosh Parda tomonidan tuzilgan „Ummondan durlar“ („Pearls from the ocean“) asaridir. Kitob uch qismga bo‘lingan va birinchi qism o‘zbek tilida, ikkinchi qism nemis tilida, uchinchisi esa ingliz tilida keltirilgan. To‘plam Navoiyning „Qizil, sorig‘, yashil…“ radifli g‘azali bilan boshlanadi. Ingliz tilida „Red, yellow and green…“ deb berilgan. Bu yerda odatiy tarjima kuzatiladi. Ammo g‘azal mazmuniga nazar tashlansa, undagi so‘z o‘yinlari, turli qochirimlar, badiiy san’atlar asl tilida qanchalar mahorat bilan ishlatilgan-u, tarjimada o‘zgarishga yuz tutganligi seziladi: Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘, yashil, Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil. Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin, Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig‘, yashil. Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin, Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig‘, yashil. Oraz-u xoling bila xatting xayolidin erur, Ko‘zlarimning ollida davron qizil, sorig‘, yashil. https://scientific-jl.org/obr 2 5 7 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada, Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sorig‘,
Доказательный фрагмент
«This scientific article analyzes the collection of translations of Alisher Navoi's poems and ghazals into English and German by Yuldash Parda.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific article analyzes the collection of translations of Alisher Navoi's poems and ghazals into English and German by Yuldash Parda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, Yuldash Parda, translation, cultural context, Alisher Navoiy, Yo‘ldosh Parda, madaniy kontekst, ma’shuq, sharqona iboralar, adabiy til, Jannat, ma’no yetkazish, Layli, Majnun, tarjima muammolari, diniy tushunchalar., tarjima, ingliz tili, sabr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025