К содержанию
РецензированоRU2025

Tanani davolash va ruhni parvarishlash: Tibbiyot va falsafa o‘zaro aloqasi

Umarova Farida · Ph.D. Dots. · Hayitmurodova Fayoza Anvar qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В данной статье рассматривается вопрос здоровья человека с точки зрения медицины и философии. Человек представлен не только как биологическое существо, но и как сложное существо, обладающее духовными, социальными и нравственными аспектами. Анализируется, что в восточной философии важное место занимает единство тела и духа, тогда как в западной традиции они часто рассматриваются отдельно. В современной медицине усиливаются психосоматические подходы, и становится актуальным, чтобы врач подходил к пациенту не только физически, но и с точки зрения душевного состояния. В статье освещается тесная связь между медициной и философией и обосновывается необходимость комплексного подхода к здоровью человека. https://scientific-jl.org/obr 4 1 5 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ключевые слова: медицина, философия, тело, дух, здоровье, восточная философия, западная философия, психосоматика, эмпатия, врач. Annotation: This article explores the issue of human health from both medical and philosophical perspectives. A human being is viewed not only as a biological entity but also as a complex being with spiritual, social, and moral dimensions. It analyzes how Eastern philosophy emphasizes the unity of body and soul, whereas Western traditions often treat them separately. In modern medicine, psychosomatic approaches are gaining ground, and it is becoming increasingly important for doctors to address not only the physical but also the psychological state of patients. The article highlights the intrinsic link between medicine and philosophy and substantiates the necessity of a holistic approach to human health. Keywords: medicine, philosophy, body, soul, health, Eastern philosophy, Western philosophy, psychosomatic, empathy, doctor. Inson salomatligi — bu faqat jismoniy sog‘lik bilangina cheklanmaydigan, balki ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlarni ham o‘z ichiga olgan murakkab tushunchadir. Tarix davomida inson tanasi va ruhi o‘rtasidagi bog‘liqlik turli fanlar, xususan tibbiyot va falsafa tomonidan turlicha talqin qilingan. Sharqona qarashlarda tan va ruh uyg‘unligi muhim o‘rin egallagan bo‘lsa, G‘arb falsafasida ular ko‘pincha alohida-alohida ko‘rilgan. Bugungi kunda esa zamonaviy tibbiyotda psixosomatik yondashuvlar orqali bu ikki sohaning tutash nuqtalari yana bir bor qayta ochilmoqda. Sharq falsafasida tan va ruh birligi. Sharq falsafasida inson — bu nafaqat moddiy (ya'ni jismoniy), balki ma’naviy va ruhiy jihatlarga ega mavjudot sifatida tasvirlanadi. Bu yondashuvda tan va ruh bir butun sifatida qaraladi. Inson tanasining sog‘lom bo‘lishi uchun avvalo uning qalbi pok, ruhiyati osoyishta bo‘lishi kerak, degan tamoyil qadimdan mavjud. Masalan, qadimgi Xitoy tibbiyotida “Qi” deb ataluvchi hayotiy energiya tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Qi tananing har bir qismida muvozanatli va erkin oqib turishi kerak. Agar bu energiyaning harakati buzilsa, odam nafaqat jismonan, https://scientific-jl.org/obr 4 1 6 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 balki ruhiy jihatdan ham aziyat chekadi. Shu bois akupunktura, meditatsiya va nafas mashqlari ruhiy holatni me’yorga keltirish uchun qo‘llaniladi. Hind falsafasida esa "tanani davolash — bu ruhni ham davolash" degan qarash ustuvor hisoblanadi. Ayurveda — Hindistonning qadimiy tibbiyoti — insonni "dosha"lar muvozanati asosida baholaydi (Vata, Pitta, Kapha). Ruhiy muvozanatning buzilishi ham bu doshalarning notekisligiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ayurvedik tabobatda sog‘lom ovqatlanish, meditatsiya, yoga va to‘g‘ri fikrlash birgalikda qo‘llaniladi. Islom falsafasida esa salomatlik masalasi yanada chuqurroq tushuniladi. Qur’onda va hadislarda inson qalbining pokligi, halol turmush tarzining ahamiyati, g‘azab va hasad kabi ruhiy illatlardan saqlanish kerakligi haqida ko‘p marotaba qayd etiladi. Ibn Sino o‘zining mashhur “Tib qonunlari” asarida ruhiy holatni kasalliklarning sabablaridan biri sifatida ko‘rsatgan. U bemorning xotirjamligini ta'minlash, unga mehr bilan munosabatda bo‘lish, ruhini ko‘tarish — davolashda asosiy omil bo‘lishi kerakligini urg‘ulagan. Sharq falsafasidagi bu yondashuvdan ko‘rinadiki, inson tanasi — bu ruh uchun “uy”dir. Agar uy notinch bo‘lsa, ichidagi odam ham bezovta bo‘ladi. Shu bois, tanani davolashdan avval, yoki uni davolash bilan birga, ruhni ham poklash, ma’naviy barqarorlikka erishish kerakligi ta’kidlanadi. Bu yondashuv bugungi zamonaviy psixosomatik tibbiyot asoslariga hamohang keladi. G‘arb falsafasida tan va ruhning ajratilishi. G‘arb falsafasida insonning jismoniy va ruhiy tomonlari ko‘pincha alohida tushunchalar sifatida qaralgan. Ayniqsa, XVII asrda yashagan fransuz faylasufi Rene Dekart tan va ong (ruh)ni ikkita mustaqil substansiya sifatida talqin qilgan. U “Cogito, ergo sum” (“O‘ylayman, demak mavjudman”) degan mashhur iborasi orqali ongni, ya’ni ruhiy hayotni asosiy mavjudlik shakli deb bilgan. Biroq aynan u tan va ongni

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается вопрос здоровья человека с точки зрения медицины и философии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается вопрос здоровья человека с точки зрения медицины и философии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
medicine, philosophy, body, soul, health, Eastern philosophy, G‘arb falsafasi, Sharq falsafasi, empatiya, ruh, salomatlik, falsafa, psixosomatik, tibbiyot, tana, shifokor.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники