Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA AXLOQIY-ESTETIK ZIDDIYATLAR
Ruxsatoy Ashurova · Dilnora Muxiddinova · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This thesis analyzes the ethical and aesthetic contradictions observed in modern Uzbek poetry. The main attention is paid to the poetic analysis of the poet's internal struggle between inspiration and humanity, fame and fatherhood, poetry and love during his creative process. During the analysis, the artistic means, emotional and psychological layers, and socio-aesthetic meaning embodied in the poem are revealed. The poem is interpreted as an artistic manifestation of a personal experience that has become a universal human problem. Keywords: contemporary poetry, moral dramatism, poetic analysis, aesthetic conflict, modern lyricism. Adabiyot – inson qalbi, tuyg‘ulari va ongining ifodasidir. Shoir esa – bu tuyg‘ularni so‘zga aylantira oladigan ijodkordir. Biroq ba’zan ijodning o‘zi insoniylik bilan to‘qnash keladi: ilhom – mehrni, she’r – hayotni siqib chiqaradi. Shu o‘rinda shoirning o‘zi ham, she’riyat ham sinovdan o‘tadi. https://scientific-jl.org/obr 7 2 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Muhammad Yusufning “Uzr” she’ri orqali biz zamonaviy ijodkor qalbida kechayotgan keskin iztirob bilan yuzlashamiz. Bu shunchaki bir lirik holat emas – bu ijod va insoniylik o‘rtasidagi axloqiy mojarodir. Ushbu ijod namunasi chuqur falsafiy qatlamlarga ega bo‘lib, faqat bitta insonning emas, balki butun ijodkorlar qatlamining ichki dardini ifoda etadi. "Shuhratga o‘ch bo‘lsam kerak men gumroh, Yolg‘on bo‘lsa kerak dilda nolam ham". She’r ilk satrlardanoq tan olish, iqror, vijdon azobi bilan boshlanadi. Shoir shuhrat istagida gumroh yo‘lga kirganini tan oladi. Bu satrlarda yolg‘on va rost, orzu va vijdon o‘rtasidagi dramatik ziddiyat mavjud. Shoir o‘zini tanqid qiladi, bu esa lirik qahramonni qahramonga emas, oddiy inson – otaga aylantiradi. "…To‘pori baytlarim bitar paytim goh Ko‘zimga ko‘rinmay qolar bolam ham..." "…Mushukday suykalib kelsa ham muzlab, Betidan bir o‘pmay uydan haydayman…" Bu misralar shoirning ijod jarayonida oilaviy burchlarini unutganini fosh etadi. "To‘pori baytlar" – bu shoirdagi tavozening eng yuksak ifodasi. U yozgan she’rlarini ulug‘lamaydi, aksincha, ularning evaziga yo‘qotilgan mehrini afzal ko‘radi. Mushukday suykalib kelgan bola – mehr talab qiluvchi farzand obrazi betakror dramatik kuchga ega. "Qalam ushladimmi demak - o‘yin bas, Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini". Bu satrlarda qalam ilhom emas, zo‘rma- zo‘raki mas’uliyat, hayotdan uzilish timsoliga aylanadi. Shoir yozayotganda hamma narsa jim, hatto tabassum ham yo‘q. Bolaning tabassumi, xursandligi, hatto qo‘g‘irchog‘i ham so‘ralmay qoladi: "Bundoq yurak yutib so‘rasha olmas, Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini". Bu yerda farzandning ovozi eshitilmaydi. Shoirga shoirlik berilgan, ammo otalik mehri susaygan. Bola orqaga, soyaga chekinadi – bu esa jamiyatdagi ko‘plab otalarning ruhiy portreti bo‘lishi mumkin. "Tuzsiz she'rlarim deb shirindan-shirin https://scientific-jl.org/obr 7 3 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Bolalarim yurar oyoq uchida..." Bu satrlar farzandlarning "oyoq uchida yurishi" – ya’ni ularning hadikda, sokinlikda, so‘zsiz ulg‘ayishini tasvirlaydi. Shoir bu jimlikni, bu holatni o‘zining “tuzsiz she’rlari” bilan bog‘laydi. "Ular she’r yozmasin hech menga o‘xshab Mendan nafi ko‘proq tegar elimga. Shoh asar bo‘lsa ham tupurdim o‘sha – Bolamni yig‘latib yozgan she’rimga!" Bu yakuniy band – she’rning poetik cho‘qqisi, axloqiy hukmidir. Shoir farzandining birgina ko‘z yoshini "shoh asar"dan ustun qo‘yadi. Bu jasoratdir. Bu satrlar orqali shoir adabiy mukammallikni emas, balki insoniy mukammallikni targ‘ib qiladi. U farzandining she’r yozmasligini istaydi – ya’ni uning iztirobini hech kim takrorlamasligini xohlaydi. Bu bir otaning chin yurakdan chiqqan faryodi sifatida qabul qilinadi. Mazkur she’r shunchaki badiiy asar emas, bu bir vijdon hayqirig‘i, bir yurak iqroridir. Shoir ijod yo‘lida yo‘qotgan insoniyligidan, mehrdan, farzand ko‘z yoshidan o‘zini aybdor his qiladi. U she’riyatni shubha ostiga oladi, shuhratni tahqirlaydi, “shoh asar”ni-da mensimaydi. Adabiyotdagi bu kabi samimiy she’rlar bugungi kunda alohida ahamiyatga ega. Chunki ular bizga nafaqat go‘zallik, balki javobgarlik, mehr, insoniylik, ota-onalik burchi haqida o‘ylashga majbur qiladi. Xulosa. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida axloqiy-estetik ziddiyatlar muallif qalbida kechadigan murakkab ichki kurashlar orqali o‘z ifodasini topmoqda. Muhammad Yusufning “Uzr” she’ri misolida shoirning shuhrat va insoniylik, ijod va oilaviy mas’uliya o‘rtasida kechgan og‘ir tanlovlari chuqur poetik tahlil qilindi. She’rda tasvirlangan dramatik holatlar nafaqat shoirning shaxsiy kechinmalarini, balki zamonaviy ijodkorlar va ota-onalar uchun dolzarb bo‘lgan umuminsoniy muammolarni yoritadi. Bu esa zamonaviy she’riyatning axloqiy-estetik salmog‘ini, uning tarbiyaviy va ruhiy-ta’sirchan kuchini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu jihatdan, “Uzr” she’ri zamonaviy lirikaning axloqiy-e
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the ethical and aesthetic contradictions observed in modern Uzbek poetry.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the ethical and aesthetic contradictions observed in modern Uzbek poetry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- contemporary poetry, moral dramatism, poetic analysis, aesthetic, zamonaviy she’riyat, estetik ziddiyat, axloqiy dramatizm, poetik tahlil, zamonaviy lirika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025