К содержанию
РецензированоEN2026

TARJIMONLIKDA UCHRAYDIGAN SINTAKTIK XATOLAR

Muhayyo Shomuradova

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

This article discusses the types of translation and syntax errors, their causes and methods of eliminating them. Translation errors are divided into two main groups: superficial errors and conceptual errors. Syntactic errors relate to sentence construction and grammatical errors. The article emphasizes the importance of a translator's complete understanding of the language and culture, as well as adherence to the rules of syntax and grammar. The need to deepen knowledge and gain practical experience is presented in order to reduce translation errors. Keywords: Translation errors, syntax errors, grammar, conceptual errors. Tarjimonlik va sintaksis xatolar matnni noto‘g‘ri tushunish va ifodalashga olib kelishi mumkin. Bu xatolar, o‘z navbatida, tarjima sifatini pasaytiradi va matnning asl ma'nosini buzadi. Tarjimonning tilni chuqur bilishi va madaniyatlararo tafovutlarni anglash, shuningdek, sintaksis va grammatikaning to‘g‘ri qo‘llanishi tarjima sifatini yaxshilaydi. Tarjimonlik va sintaktik xatolar mavzusi dolzarb va muhim bir soha bo‘lib, bu sohada yuzaga keladigan xatolar nafaqat til o‘rganuvchilari, balki tarjimonlar va matnlarni tarjima qiluvchi mutaxassislar uchun ham katta muammo yaratishi mumkin. https://scientific-jl.org/obr 7 9 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tarjimonlikda xatolar ikki asosiy guruhga bo‘linadi: yuzaki xatolar va tushuncha xatolari. Yuzaki xatolar – bu tarjimada grammatika, so‘z tanlovi yoki imlo xatolari keltirib chiqaradigan xatolardir. Masalan, noto‘g‘ri so‘z ishlatish, imlo xatolari, gap tuzilishini noto‘g‘ri tushunish kabi xatolarni o‘z ichiga oladi. Bu xatolar asosan tarjimonning tilni yaxshi bilmasligidan yoki tafsiliy kontekstni to‘liq tushunmasligidan kelib chiqadi. Tushuncha xatolari – bu xatolar tarjimaning mantiqiy yoki semantik xatolarini anglatadi. Bunday xatolar tarjimon matnning asl mazmunini to‘liq va aniq yetkazmaslikdan kelib chiqadi. Bunga til va madaniyat o‘rtasidagi tafovutlar, so‘zlarning bir nechta ma'nolarini noto‘g‘ri talqin qilish yoki kontekstga mos kelmaydigan tarjima tanlash kiradi. Tarjimonning tilni to‘liq tushunishi va madaniyatlararo farqlarni anglash muhim ahamiyatga ega. Masalan, bir tilning idiomatik ifodalari boshqa tilda to‘g‘ri tarjima qilinmaydi yoki ular noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. Sintaksis xatolar – bu gap tuzilishi yoki grammatik tartibdagi xatolardir. Har bir til o‘zining sintaktik qoidalariga ega, va bu qoidalar doirasida to‘g‘ri gap qurish talab qilinadi. Sintaksis xatolari quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: Noto‘g‘ri gap qurilishi. O‘zbek tilida yoki boshqa tillarda gap tuzilishi boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "She gave him a book" jumlasining tarjimasi "U unga kitob berdi" bo‘ladi. Ammo ba'zida bu kabi sintaksis xatolari, masalan, "U kitobni unga berdi" tarzida noto‘g‘ri tushunilishi yoki tarjima qilinishi mumkin. Predlog va qo‘shimchalarni noto‘g‘ri ishlatish: Ba'zan tarjimonlar predloglarni yoki qo‘shimchalarni noto‘g‘ri ishlatishi mumkin. O‘zbek tilida predloglar ingliz tiliga qaraganda boshqacha ishlatiladi. Masalan, "on the table" inglizcha ifodasi "stol ustida" tarzida tarjima qilinadi, lekin buni "stolga ustida" deb noto‘g‘ri aytish sintaksis xatosi bo‘lar edi. https://scientific-jl.org/obr 8 0 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan xususiyatlar: ba'zi tillarda predmetning joyi yoki fe'lning shakli o‘zgarganida gapning ma'nosi sezilarli darajada o‘zgaradi. Tarjimon bu farqlarni hisobga olmasa, xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. Tarjimonlikdagi sintaksis xatolarni bartaraf etish usullari. Yuqori darajadagi til bilimi. Tarjimonning tilni mukammal bilishi, sintaksis va grammatik qoidalarni puxta o‘rganishi xatolarni kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, tarjimon tilning ijtimoiy va madaniy kontekstini ham yaxshi tushunishi zarur. Kontekstni to‘g‘ri tushunish. Tarjimon asar yoki matnning umumiy mazmunini tushunishi va tarjimani shu asosda amalga oshirishi kerak. Kontekstga mos bo‘lmagan tarjimalar ko‘pincha xatolarga olib keladi.Avvalgi tajriba va ko‘nikmalar: Tarjimonlikda tajriba katta rol o‘ynaydi. Dastlabki ishlarni ko‘rish, turli xil matnlarni tarjima qilish va sohada ko‘proq ishlash orqali xatolarni kamaytirish mumkin.Tarjimonlik va sintaksis – bu tilshunoslik va tarjima sohalaridagi muhim mavzulardan biri bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarjimonlikning asosiy maqsadi – bir tildan boshqasiga mantiqiy, aniq va ifodali tarzda ma'lumotni yetkazishdir. Sintaksis esa tildagi so‘zlarning birikishi va tuzilishini o‘rganadi. Ushbu maqolada tarjimonlik va sintaksisning o‘zaro aloqasi, ularning tarjima jarayonidagi roli va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Tarjimonlik va uning ahamiyati. Tarjimonlik, avvalo, madaniy, iqtisodiy, ilmiy va ijtimoiy sohalarda ma'lumot almashishni ta'minlash uchun zarurdir. Tarjimon bir tildan ikkinchisiga

Доказательный фрагмент

«This article discusses the types of translation and syntax errors, their causes and methods of eliminating them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the types of translation and syntax errors, their causes and methods of eliminating them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Translation errors, syntax errors, grammar, conceptual errors, sintaksis xatolari, Tarjimonlik xatolari, grammatika, tushuncha xatolari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники