К содержанию
РецензированоUZ2026

MUHAMMAD YUSUFNING “NEGA YIG‘LAMAYSAN, AHLI ANDIJON?” SHE’RI – MILLIY IZTIROB VA RUHIY UYG‘ONISH DA’VATI

Shoxijaxon Islomov · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

This thesis presents a poetic analysis of Muhammad Yusuf's poem "Why Don't You Weep, People of Andijan?". The problems of national suffering, historical memory, moral awakening, and spiritual emptiness expressed in the work are revealed on the basis of the author's sincere sympathy for his people. The poet, through his folk language, figurative means of expression, historical and literary symbols, calls on the people to awaken, to restore national pride and values. The poem describes nature and history, national pain and honor in one whole, and it is interpreted as a strong call to respond to modern socio-political processes. Keywords: Modern poetry, national awakening, poetic analysis, spiritual suffering, historical memory, national values, folk lyrics, call for awakening. O‘zbek adabiyotida Muhammad Yusuf alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlari xalq qalbidan o‘rin olgan, chunki u xalq dardini, orzusini va alamini bevosita, samimiy va ta’sirli ifoda eta olgan shoir edi. Muhammad Yusuf adabiyotimizga xalq tilida https://scientific-jl.org/obr 8 7 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 so‘zlaydigan, xalq qalbini larzaga soladigan she’riy nafas olib kirgan ijodkorlardan biri bo‘lib qoldi. “Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?” she’ri – Muhammad Yusufning xalq bilan hamdardligi va milliy uyg‘onishga da’vatining yorqin namunasidir. Bu she’r nafaqat muallifning shaxsiy iztirobini, balki milliy qadriyatlar, milliyatning yo‘qotilishi tufayli butun bir elning qalbini ezuvchi alamlarni ham tasvirlaydi. Muhammad Yusufning she’rlari milliy ruh, soddalik va xalqona ta’sir bilan ajralib turadi. Muhammad Yusuf ijodi 1990-yillardan boshlab milliy uyg‘onish va istiqlol ruhini aks ettirdi. “Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?” she’ri ham shu ma’naviy silsiladan o‘rin olgan bo‘lib, uning ijodidagi qayg‘u va umid, nadomat va orzu kabi asosiy tuyg‘ularning birlashgan yuqori nuqtasidir. She’rdagi asosiy g‘oya – milliy o‘zligini yo‘qotgan, o‘z qadriyatlarini unutgan, mehnatining qadrini bilmay qolayotgan xalqqa nido va ogohlantirishdir. She’r davomida turli tabiiy va madaniy timsollar orqali xalq taqdiri tasvirlanadi: Bog‘ishamol, qirg‘ovullar, soylar – tabiiy muhitning yo‘qolishi; Ming yillik chinorlar va tutunli osmon – milliy qadriyatlarning zaiflashishi; Paxta – qishloq xo‘jaligining xalqni quldek mehnatga majbur etishi; Bobur, Cho‘lpon kabi tarixiy va adabiy siymolar — yo‘qotilgan milliy g‘urur timsoli. Shoir ana shu obrazlar orqali axloqiy va ma’naviy tanazzul jarayonini fosh qiladi va har bir bandda qayta-qayta so‘raydi: “Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?” Bu savol jonli alam bilan berilgan bo‘lib, unda nafaqat o‘tmishga, balki bugungi kunga ham qattiq tanqid bor. Muhammad Yusuf she’riy mahorati bilan bu asarni qalblarga ta’sirli qilib bergan: Takrorlar. “Nega yig‘lamaysan?” degan savol orqali dramatik kuch paydo qilgan. Metafora. Tabiatning vayron bo‘lishi inson qalbining vayron bo‘lishi bilan tenglashtirilgan. https://scientific-jl.org/obr 8 8 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Hissiy kuch va soddalik. She’r xalq tilida yozilgan, shunday bo‘lsa-da, har bir satrda yuksak his-tuyg‘ular va falsafiy ohang bor. Tarixiy va adabiy ishoralar. Bobur va Cho‘lpon simolari orqali milliy xotiraga murojaat qilingan. She’rning bu xususiyatlari uni nafaqat badiiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega asar sifatida qabul qilishga sabab bo‘ladi. Muhammad Yusuf bu she’rni O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi tanazzul jarayonlarini his etgan bir davrda yozgan. She’r ostidagi falsafa shundan iboratki, milliy qadriyatlar va tabiiy boyliklar yo‘qotilgan, tarixiy meros unutilgan, xalq hayotida ruhiy bo‘shliq, qadrsizlik va ota-bobolar o‘gitiga beparvolik kuchaygan edi. Shoir ushbu jarayonlarga qarshi yurakdan da’vat qiladi – u xalqni uyg‘onishga, o‘z milliy hamiyatini saqlashga chorlaydi. Andijon – O‘zbekistonning tarixiy va madaniy markazlaridan biri. Bobur kabi buyuk shaxslar tug‘ilgan, taraqqiyot va ulug‘ madaniyat beshigi bo‘lgan bu zaminning dardi, tabiiyki, Muhammad Yusuf uchun ham milliy alam timsoliga aylangan. Shu jihatdan “ahli Andijon” degan murojaat – xalqning o‘ziga, uning vakili sifatida butun o‘zbek xalqiga yo‘llangan nido sifatida anglanadi. Xulosa. “Nega yig‘lamaysan, ahli Andijon?” – bu nafaqat she’riy asar, balki bir da’vat, bir murojaatdir. Muhammad Yusuf xalqni o‘tmishini eslashga, qadriyatlarini asrashga va istiqlol uchun mas’uliyat his qilishga chorlaydi. Bu she’r hali ham dolzarbdir: u bizga xalqning orzularini unutmaslik, tarixiy merosga e’tibor qaratish va milliy g‘ururni asrash kerakligini eslatadi. Muhammad Yusuf o‘zining samimiy va xalqona ovozi orqali, har bir yurt farzandining qalbida milliy uyg‘onish olovini yoqmoqchi bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Muhammad Yusuf. Ko‘nglimda bir yurak bor. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 1995. 2. Muhammad Yusuf. Vatanim. – Toshkent: Sharq, 1998

Доказательный фрагмент

«This thesis presents a poetic analysis of Muhammad Yusuf's poem "Why Don't You Weep, People of Andijan?".»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis presents a poetic analysis of Muhammad Yusuf's poem "Why Don't You Weep, People of Andijan?". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Modern poetry, national awakening, poetic analysis, spiritual, tarixiy xotira, uyg‘onish da’vati., xalqona lirika, milliy uyg‘onish, milliy qadriyatlar, Zamonaviy she’riyat, poetik tahlil, ruhiy iztirob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники