Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUHAMMAD YUSUF IJODINI MAKTABDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Marjona Nabiyeva · Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodini maktab ta’limi jarayonida o‘qitishning pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Shoirning milliy ruhda yozilgan, xalqona va yurakka yaqin she’rlari asosida o‘quvchilarda vatanparvarlik, insoniylik, ona tiliga muhabbat kabi fazilatlarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada Muhammad Yusuf ijodini dars jarayonida o‘rganishning samarali usullari – badiiy tahlil, ifodali o‘qish, munozara va ijodiy topshiriqlar asosida yondashuvlar taklif etilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbek adabiyoti, maktab ta’limi, tarbiyaviy ahamiyat, vatanparvarlik, milliy g‘urur, badiiy tahlil, ifodali o‘qish, adabiy did. Annotation.This article highlights the pedagogical and educational significance of teaching the works of Muhammad Yusuf, a beloved poet of the Uzbek people, within the school curriculum. Based on his nationally spirited, folksy, and heartfelt poems, the article explores how qualities such as patriotism, humanity, and love for the mother tongue can be instilled in students. The study proposes effective methods for exploring Muhammad Yusuf's works in the classroom, including literary analysis, expressive reading, discussions, and creative assignments. It substantiates the need to use the poet’s works to foster national pride and literary taste in schoolchildren. Keywords: Uzbek literature, school education, educational significance, patriotism, national pride, literary analysis, expressive reading, literary taste. Bugungi kunda o‘zbek adabiyotini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlar va istiqlol g‘oyalarini yoshlarga singdirish maktab ta’limining dolzarb masalalaridan biridir. Shu jihatdan Muhammad Yusuf ijodi maktab o‘quvchilari qalbida Vatanga https://scientific-jl.org/obr 7 6 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 muhabbat, istiqlol g‘ururi va insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Shoirning sermazmun, xalqona va yurakka yaqin she’riyati ta’lim-tarbiya jarayonida keng qo‘llanishi lozim. Muhammad Yusuf – milliy ruh targ‘ibotchisi. Shoir ijodining asosiy mazmunini milliy uyg‘onish, Vatanni sevish, xalqparvarlik va insoniylik g‘oyalari tashkil etadi. “Tavallo”, “Vatanim” kabi she’rlari orqali o‘quvchilarda mustaqillik, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash mumkin. Maktab darslarida bu she’rlar orqali o‘quvchilarga nafaqat badiiy tahlil, balki hayotiy saboq berish, mustaqil fikrlashga undash imkoniyati yaratiladi. Shoir tilining xalqchil va obrazlilik jihatlari. Muhammad Yusuf she’rlari oddiy xalq tili bilan yozilgan, ammo ularning ichida chuqur ma’no, obraz va ramzlar yashiringan. Bu jihat maktab o‘quvchilari uchun uning she’rlarini o‘rganishni qulaylashtiradi. Misol uchun, “Ulug‘imsan, Vatanim” she’rida ishlatilgan poetik vositalar – metafora, takror, parallelizm orqali o‘quvchilar badiiy tafakkurga o‘rgatiladi. Dars jarayonida Muhammad Yusuf ijodidan foydalanish usullari. – badiiy tahlil: she’r mazmuni, g‘oyasi, kompozitsiyasi, badiiy tasvir vositalari o‘rganiladi. – rolga kirib o‘qish: o‘quvchilarda ifodali o‘qish, obrazni his etish malakasi shakllanadi. – munozara: shoir g‘oyalari asosida Vatan, erk, insoniylik haqida bahs- munozaralar tashkil etish. – ijodiy yozuvlar: Muhammad Yusuf she’rlariga javob sifatida o‘quvchilar insho yoki she’r yozishadi. Adabiy-tarbiyaviy samaradorlik. Shoirning “Onajon”, “Onamga”, “Iqror”, “Ona tilim” kabi she’rlari orqali o‘quvchilar oilaparvarlik, ona tiliga hurmat, insoniy qadriyatlar haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lishadi. Ko‘rib o‘tganimizdek, Muhammad Yusuf ijodini maktabda o‘qitish o‘quvchilarning adabiy didini shakllantirish, milliy g‘urur va qadriyatlarni anglashda https://scientific-jl.org/obr 7 7 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 muhim omil hisoblanadi. Shoirning xalqona, yuksak ruhda yozilgan she’rlari zamonaviy o‘quvchi dunyoqarashini boyitadi, ularga ma’naviy tayanch beradi. Pedagog sifatida biz ushbu ijod namunalarini dars jarayonida har tomonlama yoritib, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Muhammad Yusuf saboqlari / to‘plovchi va hammuallif Sh. Qurbon. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2012. 2. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018. 3. To‘raqulov M. Muhammad Yusuf she’riyatining badiiy xususiyatlari. // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2014, №2, – B. 40–45. 8. Adabiyot. 11-sinf darsligi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 4. Yusuf M. Saylanma. – Toshkent: Sharq, 2005. 5. Yo‘ldoshev Q. So‘z yolqini. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi 2018. 6. https://ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/sobir-o-nar-kibrsiz-odam 7. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/muhammad-yusuf-sherlar-ikki-kitob- saylanma-uyqudagi-qiz.html https://scientific-jl.org/obr 7 8 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodini maktab ta’limi jarayonida o‘qitishning pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodini maktab ta’limi jarayonida o‘qitishning pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek literature, school education, educational significance, ifodali o‘qish, badiiy tahlil, milliy g‘urur, maktab ta’limi, tarbiyaviy ahamiyat, vatanparvarlik, O‘zbek adabiyoti, adabiy did.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014