Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRANZ KAFKANING “EVRILISH” ASARIDA METAMORFOZA MOTIVI VA UNING ANTIK DAVR TAFAKKURI BILAN QIYOSI
Sabrina Nasimova · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
This thesis compares the motif of metamorphosis, embodied in one of the most important works of Franz Kafka's work - the story "Metamorphosis" - with the concept of change (metamorphosis) in the literature of antiquity. The aim is to analyze how the existentialist spirit, the ideas of the breakdown of human relationships and alienation in Kafka's work differ semantically and aesthetically from the metamorphoses in ancient Greco-Roman mythology. Keywords: Metamorphosis, ancient literature, mythology, modernism. Metamorfoza (lotincha metamorphosis) – shakl va mohiyatning o‘zgarishini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, bu adabiyotda inson yoki mavjudotning boshqa jismga aylanishi tarzida ko‘rsatiladi. Antik davrda bu motiv asosan afsonaviy va diniy mazmunda, kosmik uyg‘unlikni aks ettirish uchun ishlatilgan bo‘lsa, Franz Kafka bu tushunchani zamona kishisining ichki iztiroblari va jamiyatdagi begonalashuvini ko‘rsatish uchun yangicha uslubda qayta talqin qiladi. Rim shoiri Ovidiyning “Metamorfozalar” (Metamorphoses) dostoni antik dunyo evrilish konsepsiyasining eng mukammal namunasidir. Bu asarda 250 dan ortiq mifologik hikoya jamlangan bo‘lib, unda insonlar, xudolar, hayvonlar yoki o‘simliklar o‘z holatidan boshqa holatga https://scientific-jl.org/obr 1 0 6 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 o‘tadi. Masalan: Dafnaning daraxtga aylanishi (Apollonning ta'qibidan qochish uchun); Nargizning o‘z obraziga oshiq bo‘lib, gulga aylanishi. Bu o‘zgarishlar jazolash, mukofotlash yoki taqdirni qabul qilish shaklida, ko‘pincha, kosmik adolatni ifodalaydi. Antik tafakkurda evrilish masalasi tabiat qonuni sifatida qabul qilinadi. Heraklitning “har narsa o‘zgaradi” degan g‘oyasi bu tushunchaga zamin yaratgan. Ovidiyda bu o‘zgarishlar go‘zallik, ilohiy iroda yoki muvozanatni tiklashga qaratilgan. Kafka yozgan metamorfoza ichki o‘zgarishlarning tashqi ko‘rinishdagi ifodasidir. Antik davrda metamorfoza ajoyiblik va ilohiylik ramzi bo‘lsa, Kafka qahramonining o‘zgarishi fojiali va dramatikdir. Kafka metamorfozasi tashqi sababga emas, balki ichki bo‘shliq, jamiyatning “sovuq mexanizm”lariga nisbatan qarshiliksiz taslim bo‘lish holatiga asoslanadi. Gregorning hasharotga aylanishi bu insonning jamiyatda obro‘sizlanishi, ruhiy va jismoniy begonalashuvi timsolidir. Bu holat ekzistensializm nazariyasining asosiy tushunchalarini eslatadi: yolg‘izlik, ma’nosizlik, jamiyat bilan zidlik. Franz Kafka yozgan “Evrilish” hikoyasidagi metamorfoza bilan antik davr adabiyotidagi, xususan, Ovidiyning “Metamorfozalar” dostonida ko‘rsatilgan o‘zgarish motivlari o‘rtasida tub farqlar mavjud. Bu farqlar har ikki davrning dunyoqarashi, inson haqidagi tasavvuri va adabiyotga bo‘lgan yondashuvida namoyon bo‘ladi. Birinchidan, Ovidiyda metamorfoza bu muayyan sababga ko‘ra sodir bo‘ladigan hodisa bo‘lib, ko‘pincha xudolarning aralashuvi natijasi sifatida talqin qilinadi. Masalan, Dafna daraxtga aylangani – Apollonning qiynog‘idan qutulish uchun bo‘lgan iltijosi natijasida yuz beradi. Bu o‘zgarishlar gohida jazolash, ba’zida esa himoya maqsadida amalga oshadi va yakunda kosmik yoki axloqiy uyg‘unlikni ta’minlaydi. Kafka ijodida esa bu uyg‘unlik yo‘q. Gregor Zamzaning hasharotga aylanishi hech qanday aniq sabab yoki ilohiy kuch bilan izohlanmaydi. Bu o‘zgarish – hayotdagi mantiqsizlik va inson hayotining o‘zgaruvchanligiga bo‘lgan noaniq yondashuv ifodasidir. https://scientific-jl.org/obr 1 0 7 Выпуск журнала №-69 Часть–6_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ikkinchidan, antik metamorfozalarda o‘zgarishlar ko‘pincha estetik jihatdan go‘zal, hayratomuz hodisa sifatida talqin qilinadi. Arachna o‘rgimchakka aylansa-da, uning san’atga bo‘lgan e’tirofi saqlanib qoladi. Kafka esa metamorfozani nafaqat g‘amgin, balki jirkanch, tazyiqli holat sifatida tasvirlaydi. Gregorning hasharotga aylanishi o‘quvchida hayrat emas, balki iztirob va tashvish uyg‘otadi. Bu hol Kafka estetikasi – absurd va ekzistensial dahshatga asoslangan estetik qarashining natijasidir. Uchinchidan, Ovidiyda metamorfoza motivi bilan insonning ruhiy o‘sishi yoki u bilan yuzaga keladigan dars, saboq aks ettiriladi. Bu jarayonda ko‘pincha o‘zgaruvchining holati ma’naviy ma’noga ega bo‘ladi. Kafka qahramoni esa metamorfoza orqali rivojlanmaydi, aksincha asta-sekinlik bilan ijtimoiy aloqalardan uziladi, oilasi uchun og‘irlikka aylanadi va nihoyat unutiladi. Bu o‘zgarish – inqiroz, ijtimoiy va oilaviy yakkalanishning chuqurlashuvi, inson qadrining yo‘qolishi ramzidir. To‘rtinchidan, Kafka yozgan metamorfozaning sababi antik mifologiyalardagi kabi tushunarli emas. Bu o‘zgarish muallif tomonidan tushuntirilmaydi va aynan shu noaniqlik Kafka uslubining markaziy jihatidir. Antik adabiyotda esa har qanday o‘zgarish sababli va ma’noli bo‘lgan: xudo yoki taqdir buni belgilagan. Kafka esa inson boshiga tushgan o‘zgarishlarni taqdir emas, jamiyatning sovuqligi, insoniy munosabatlarning yemirilishi bilan bog‘laydi. Beshinchidan,
Доказательный фрагмент
«This thesis compares the motif of metamorphosis, embodied in one of the most important works of Franz Kafka's work - the story "Metamorphosis" - with the concept of change (metamorphosis) in the literature of antiquity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis compares the motif of metamorphosis, embodied in one of the most important works of Franz Kafka's work - the story "Metamorphosis" - with the concept of change (metamorphosis) in the literature of antiquity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Metamorphosis, ancient literature, mythology, modernism, Metamorfoza, modernizm., antik adabiyot, mifologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024