К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY-INNOVATSION FAOLLIGINI OSHIRISH MASALALARI

SCIENCE SHINE · TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY-INNOVATSION FAOLLIGINI · OSHIRISH MASALALARI · Abdunabiyev Zunnunbek Dilmurodjon o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so‘z boradi. Maqola mazkur yo‘nalishda bugungi kunda mavjud bo‘lgan muammolar va mustaqil ta’lim olishni tashkil etishning yangi usullarini yaratish borasida qator taklif va shu maqsadda amalga oshirilgan qator uslubiy tajribalarni misol tariqasida yoritib beradi. SHuningdek oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda mustaqil ishlar mavzularini qanday mezonlar asosida belgilash maqsadli bo‘lishi hamda ta’lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta’lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuviga bo‘lgan bugungi kun talabini ham ochishga xarakat qilinadi. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy, intellektual, ilm-fan, renessans, kreativ, fuqarolik jamiyati, texnologiya, motivatsiya, plagiat, muammoli ta’lim uslubi, ijodiy muhit, kazus, tatqiqot natijasi, iste’molchi, mezonlar. Annotation: This article discusses independent learning as one of the best ways to improve the creative potential of students in higher education institutions. The article highlights the current problems in this area and a number of proposals for creating new methods of organizing independent learning, as well as a number of methodological experiments carried out for this purpose. In addition, it attempts to reveal the criteria on which it is appropriate to determine the topics of independent work in the development of a subject program in higher education, as well as the creation of innovative teaching methods, as well as the current demand for both thematic and methodological approaches to independent learning. Keywords: Social, intellectual, science, renaissance, creative, civil society, technology, motivation, plagiarism, problem-based learning, creative environment, case study, research result, consumer, criteria. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni beqiyosdir. Mustaqil ta’lim – bu talabaning o‘quv dasturi doirasida, 160 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 professor-o‘qituvchilarning maslahati va yo‘nalishi asosida, shaxsiy reja va jadvalga muvofiq bilim olishga qaratilgan faoliyatidir. Bu jarayonda talaba o‘zining qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘rganadi, tahlil qiladi va amaliyotda qo‘llaydi. Mustaqil ta’lim talabalarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: Talaba o‘z o‘qishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bilim olish jarayonida faol ishtirok etadi. Talaba o‘quv materiallarini tahlil qilish, baholash va xulosalar chiqarish orqali mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Talaba mustaqil ravishda ilmiy izlanishlar olib borish, loyihalar yaratish va amaliyotda qo‘llash orqali o‘zining ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqaradi. Talaba o‘zining o‘quv rejasini tuzish, vazifalarni belgilash va ularni bajarish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash orqali vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini o‘rganadi. Talaba turli xil axborot manbalaridan (kitoblar, maqolalar, internet resurslari) kerakli ma’lumotlarni topish, saralash va ulardan foydalanish malakalarini rivojlantiradi. Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni samarali tashkil etish muhim. Oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limning roli tobora ortib bormoqda. Kelajakda mustaqil ta’limning bir qancha yo‘nalishlari rivojlanishi kutilmoqda. Misol uchun, Har bir talaba uchun uning qiziqishlari va qobiliyatlariga mos bo‘lgan individual o‘quv rejasini tuzish. Talabalarga istalgan vaqtda va istalgan joyda bilim olish imkoniyatini beruvchi onlayn kurslar va resurslarni yaratish; Talabalarni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish va ularning ish beruvchilar talablariga mos keladigan mutaxassislar bo‘lib yetishishiga yordam berish hamda Talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ularning ilmiy maqolalar yozish va konferensiyalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarini ko‘rsata olamiz. Birinchi navbatda ijtimoiy faolik deganda kishi qaysi kasbning egasi bolishidan qanday lavozimda ishlashidan qat"iy nazar uning jamiyat rivojiga hissa qoshishiga zamondan ortda qolmaslika bo‘lgan harakatini tushunish mumkin. Ijtimoiy faolik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Zamonaviy pedagogikaning vazifasi sifatida talabalar intellektual faoligini oshirishda talim jarayonida innovatsiyalarni qo‘llanilishini tahlil qilish muhim ro‘l o‘ynaydi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara bermoqda. Ta’lim jarayonini inovatsiyalar orqali yuksak saviyada tashkil etish talabalarning intellectual faoligini oshirishga xizmat qiladi Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Talim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar taiyorlash milliy dast

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Social, intellectual, science, renaissance, creative, civil society
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники