Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ VA G‘ARB FALSAFASI RIVOJLANISHGA TA’SIRI UNING ZAMONAVIY O‘ZIGA XOSLIGI
SCIENCE SHINE · ZAMONAVIY O‘ZIGA XOSLIGI · Hayitova Hulkar
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada muallif Sharq va G‘arb falsafasining inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilishga harakat qilgan. Sharq falsafasining axloqiy, ma'naviy qadriyatlari hamda G‘arb falsafasining ilmiy- texnikaviy yondashuvlari zamonaviy tafakkur rivojiga qanday o‘zaro uyg‘unlikda shakllanishiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, ikki mintaqa falsafiy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning zamonaviy davrda qanday yangicha talqin qilinayotgani va global muammolar yechimida tutgan o‘rni yoritiladi. Maqolada zamonaviy tafakkur Sharq va G‘arb yondashuvlarining sintezi qanday o‘z ifodasini topayotganligini ko‘rsatadi. Tayanch so'zlar: zamonaviy tafakkur, ilmiy texnikaviy yondashuv, falsafiy meros, jamiyat taraqqiyoti. Annotation: This work analyzes the influence of eastern and Western philosophy on human thought and the development of society. The focus is on how the moral, spiritual values of Eastern philosophy and the scientific and technical approaches of Western philosophy are formed in harmony in the development of modern thinking. It also highlights the peculiarities of the philosophical heritage of the two regions, how they are being interpreted in a new way in modern times and their role in solving global problems. The work shows how the synthesis of Eastern and Western approaches is embodied in modern thought. Base words: modern thinking, scientific technical approach, philosophical heritage, development of societyАннотация. В данной статье анализируется влияние Восточной и западной философии на развитие человеческой мысли и общества. Акцентируется внимание на том, как моральные, духовные ценности восточной философии, а также научно- технические подходы западной философии формируются в гармонии между собой в развитии современной мысли. Также будут освещены особенности философского наследия двух регионов, то, как они интерпретируются по- новому в современную эпоху, и роль, которую они играют в решении 139 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 глобальных проблем. Работа показывает, как в современном мышлении находит свое выражение синтез восточного и западного подходов. Ключевые слова: современное мышление, научно-технический подход, философское наследие, прогресс общества Biz yashayotgan davr tom mazmuni bilan o’ziga xos tarix bilan qondirilgan davrdir. Tarixda hamisha bo’lib turgan kuchli ijtimoiy ziddiyatlardan tashqari bugungi kunda fundamental xarakterga ega bo’lgan jarayon – tafakkur hamda dunyoqarash tarkibining ildizlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Sharq va G’arb falsafasi, ular o’rtasidagi uyg’unlik hamda ularning har birining o’ziga xosligi, ularning har birining kichik yoki katta siyosatga ta’siri, kishilik taqdirini oldindan ko’ra bilishga bo’lgan ko’magi hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasi haqida gap ketganda Sharq va G’arb falsafasi ular o’rtasidagi tub farqlar haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Hatto Qadimgi Grek madaniyati shakllana boshlagan davrlarda ham ular o’rtasidagi farqni ko’rish mumkin bo’lmagan. Rim madaniyatining vujudga kelishi ma’lum darajada G’arbni Sharqdan ajratish va ularning o’ziga xos farqlarini ko’rsatish imkonini berdi. Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa qilgan yurishi, Markaziy Osiyoda Grek- Baqtriya davlatining shakllanishi, grek va hind yozuvlari o’rtasida uyg’unlikning vujudga kelishi ayni vaqtda G’arb va Sharq madaniyatining birligini ko’rsatadi. Bu birlikda biz o’ziga xos Sharq madaniyatining sintezi hisoblangan grek madaniyatining, san’atining, fanining, Sharq mamlakatlariga kirib kelishini ko’rsak, ikkinchi tomondan Makedonskiy yurishlari orqali qadimgi boy Sharq madaniyati, sivilizatsiyasining G’arbga keng miqyosda singib borishini ham ko’ramiz. Sharq ma’naviyatining biri bo’lgan iudaizmning xristianlikka ko’rsatgan ta’siri natijasida Sharq madaniyatining Evropa xalqlari turmush tarziga kirib borishi va ular hayotida muhim qadriyat rolini o’ynashi ham alohida ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. O’sha davrlardagi iqtisodiy va madaniy munosabatlarning chuqurlashuvi Buyuk Ipak yo’liga o’xshash savdo yo’llarini qaror toptirdi. Bu yo’llar ayni vaqtda Sharq va G’arb davlatlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ta’sir islom dinining shakllanishi va rivojlanishi bilan o’ziga xos bir davrni yaratdi. Islom dini haqida so’z ketganda so’zsiz bu madaniyat o’zigacha bo’lgan ko’plab madaniyatlarning sintezi ekanligini yodimizdan chiqarmaymiz. O’rta asrlar Sharqi va G’arbi ma’naviy uyg’unligi o’ziga xos zaruriyat sifatida shunday shaxslarni ham yaratdiki, ular bir yo’la bir necha qit’alarni birlashtira oldi. 140 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 Masalan, buyuk arab faylasufi Ibn Rushd nafaqat buyuk faylasuf, balki u Afrika va Evropani, Osiyo va Evropani, xristianlik va islomni bir-biriga bog’lagan ko’prikdir. Arablarning O’rta Osiyoni bosib olishi, O’rta Osiyoda islom dinining yoyilishi, Sharq xalqlari madaniya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muallif Sharq va G‘arb falsafasining inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilishga harakat qilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muallif Sharq va G‘arb falsafasining inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilishga harakat qilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- современное мышление, научно-технический подход
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014