К содержанию
РецензированоUZ2025

ADABIYOT DARSLARIDA BADIIY SAN’ATLARNI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY METOD VA TEXNOLOGIYALARNING SAMARASI

SCIENCE SHINE · Farxodova Iroda Abdurazzoq qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar, ya’ni interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar va vizual vositalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Klaster, debat, insert metodi, konseptual xarita, aqliy hujum kabi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirish, badiiy san’atlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada amaliy misollar ham keltirilib, o‘qituvchilarga foydali tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: badiiy san’at, adabiyot darsi, interaktiv metod, zamonaviy texnologiya, klaster, konseptual xarita, insert, debat, aqliy hujum. Annotation: His article discusses the role of modern approaches in teaching literary devices in literature classes, including interactive methods, pedagogical technologies, and visual tools. It highlights the effectiveness of techniques such as clustering, debates, the INSERT method, conceptual mapping, and brainstorming in developing students’ aesthetic thinking and analytical skills related to literary devices. The article also provides practical examples and offers useful recommendations for teachers. Keywords: artistic devices, literature education, interactive teaching methods, educational technologies, clustering technique, conceptual mapping, INSERT strategy, classroom debates, brainstorming approach. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalar muhim omillarga aylangan bir davrda adabiyot fani ham yangicha talqinga muhtoj. “Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim- tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan keng ko‘lamli serqirra tushunchadir. Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan: Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig‘indisi. (V. M. Shepel). Pedagogik texnologiya – Bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi ( talaba) larga muayyan sharoit va ketma- 133 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir. (N. Saydaxmedov )18 “. Adabiyot darslari o‘quvchida badiiy-estetik dunyoqarashni shakllantirish, uning obrazli tafakkurini rivojlantirish, til va nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Bu maqsadlarga esa faqatgina an’anaviy ma’ruzaviy yondashuv bilan emas, balki interaktiv va texnologik metodlarning uyg‘unlashuvi orqali erishish mumkin. Xususan, adabiy matnlarni tahlil qilishda badiiy san’atlarni o‘rgatish alohida o‘rin tutadi. “San’at – “sun”, ya’ni “yaratmoq” soʻzidan olingan boʻlib, badiiylik yaratish demakdir. Badiiylik yaratishning yoʻllari koʻp. Badiiy sanʻatlar asarda ifodalangan gʻoyalarning hayotiyroq, taʻsirchanroq ifodalanishini, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishini, misralar, bayt va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini taʻminlovchi vositalardir19“. Zero, badiiy san’atlar adabiy asarning ifoda vositalarini boyitadi, uni chuqur va ta’sirli qiladi, estetik zavq uyg‘otadi. Lekin bu san’atlarni o‘quvchilarga quruq ta’rif bilan emas, balki faol metodlar orqali singdirish samaraliroqdir. Shu boisdan, bugungi adabiyot darslarida “klaster”, “konseptual xarita”, “insert”, “rolli o‘yinlar”, “debate” kabi metodlarning qo‘llanilishi nafaqat darsni jonlantiradi, balki o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytiradi, bilimni ongli va izchil o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar — animatsiyalar, onlayn test tizimlari, video darslar, mobil ilovalar yordamida badiiy san’atlarni ko‘rgazmali, esda qolarli tarzda tushuntirish imkoni mavjud. Interfaol yondashuvlar va texnologik imkoniyatlar uyg‘unligi asosida tashkil etilgan adabiyot darslari o‘quvchilarni faollikka undaydi, mustaqil izlanish va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Badiiy san’atlarni zamonaviy metodlar orqali o‘rgatish g‘oyasi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish, ularni badiiy-estetik tafakkur sohibi qilib tarbiyalashda muhim omil sifatida e’tirof etilishi lozim. Asosiy qism. Badiiy san’atlarni o‘rgatishda interaktiv metodlarning o‘rni. “Interaktiv so‘zi ingliz tilidagi “Interakt” so‘zidan olingan bo‘lib, “Inter”- birgalikda, o‘zaro, “akt”- harakat ma’nosini bildiradi, ya’ni o‘zaro birgalikdagi harakat, faoliyat yoki suhbat, dialog tartibida bo‘lishni (masalan, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi- o‘quvchi, o‘quvchi-kompyuter) ifodalaydi. Interaktiv ta’lim metodi, budialogik ta’lim bo‘lib, u o‘quvchi va o‘qituvchi yoki o‘quvchi va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonini ko‘zda tutadi20“. Interaktiv metodlar o‘quvchini 18 https://muhaz.org/mavzu-ona-tili-darslarida-yangi-pedagogik-texnologiyalardan-fo.ht

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar, ya’ni interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar va vizual vositalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada adabiyot darslarida badiiy san’atlarni o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar, ya’ni interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar va vizual vositalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artistic devices, literature education, interactive teaching methods
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники