К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘SMIRLIK YOSH DAVRIDA SUIDSIDIAL XULQNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

SCIENCE SHINE · PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Malikov Shukurjon Nodirjon o‘g‘li

Свет науки · 1 · 25-38 · 2025

Аннотация

This article analyzes the causes of suicidal behavior in adolescence, the social and psychological factors that influence it, as well as the importance of the social environment and psychological support in preventing this condition. Keywords: adolescence, suicide, social factors, psychological state, prevention. Kirish. O‘smirlik yoshi inson hayotida o‘ziga xos murakkabliklar bilan ajralib turadi. Bu davrda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar, shaxsiylikning shakllanishi va o‘z “Men”ini anglash jarayoni o‘ta keskin kechadi. So‘nggi yillarda o‘smirlar orasida suidsid holatlari ortib borayotgani jahon sog’liqni saqlash tashkilotlari hamda mahalliy psixologlar e’tiborini tortmoqda. O‘zbekiston sharoitida bu holatga ijtimoiy- psixologik jihatdan yondashish orqali sabab va oqibatlarni aniqlash, profilaktik choralarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Metodologiya. Ushbu tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Sotsiologik so’rovnoma – 14-18 yoshdagi 200 nafar o’smir orasida o’tkazildi. Psixologik testlar – depressiyani aniqlash testidan foydalanildi. Tahliliy usul – mavjud ilmiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlar asosida suidsidial xulq holatlari tahlil qilindi. Natijalar. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘smirlik yoshidagi suidsidial xatti- harakatlarning turli omillar ta’sirida shakllanishini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida 14- 115 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 18 yosh oralig‘idagi 200 nafar o‘smir ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma asosida aniqlanishicha, respondentlarning 27 foizi o‘z hayoti davomida kamida bir marta suidsid haqida jiddiy fikr yuritgan. Ulardan 14 foizi esa o‘z joniga qasd qilishni rejalashtirganini, ammo bu harakatni amalga oshirmaganini ta’kidlagan. Qolgan respondentlarning asosiy qismi bu fikrni begona deb bilganini bildirgan bo‘lsa-da, ular orasida ruhiy tushkunlik va ijtimoiy ajralish alomatlari kuzatilgan. Psixologik test natijalari, xususan, Bek depressiya shkalasi orqali olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori depressiv darajadagi o‘smirlar orasida suidsidial fikrlarga ega bo‘lganlar ulushi 70 foizni tashkil etgan. Bu esa depressiyaning suidsidial xatti-harakatlar bilan bevosita bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Shuningdek, Shixanovning ijtimoiy izolyatsiya testida ishtirok etgan o‘smirlarning taxminan 42 foizida o‘zini yolg‘iz, tashlandiq, yaqinlari tomonidan tushunilmagan deb his qilish holatlari aniqlangan. Intervyular asosida aniqlanishicha, o‘smirlar orasida suidsidial fikrlarning shakllanishiga asosiy sabab sifatida quyidagi omillar ilgari surilgan: oilaviy nizolar va ota-ona e’tiborining yetishmasligi (35%), maktabdagi psixologik bosim va do‘stlar orasidagi ajralishlar (23%), shaxsiy muammolar yoki o‘zini yetarlicha qadrlanmagan deb his qilish (20%), hamda turli ruhiy buzilishlar – xususan, tashvish va xavotir holatlari (22%). Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi past bo‘lgan o‘smirlar, ya’ni do‘stlari bilan yaqin munosabatda bo‘lmagan, oilada hissiy aloqa zaif bo‘lgan yoki maktab psixologlari bilan hech qachon suhbatlashmagan o‘smirlar orasida suidsidial xulq ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, ijobiy ijtimoiy muhitga ega bo‘lgan, o‘zini tinglaydigan va qadrlaydigan oila a’zolari, do‘stlar yoki o‘qituvchilarga ega bo‘lgan o‘smirlar orasida suidsidial fikrlar darajasi nisbatan past bo‘lgan. Tadqiqot davomida, shuningdek, shaxslararo munosabatlar sifati, o‘smirlarning o‘ziga baho berish darajasi, maktabdagi muvaffaqiyatsizlik holatlari va internetdagi salbiy kontent bilan o‘zaro aloqadorlik ham kuzatildi. Internetdagi zo‘ravonlik, tarmoqda do‘stlar tomonidan chetlanish va negativ videokontentlar ayrim o‘smirlar psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Yuqoridagi natijalar asosida xulosa qilish mumkinki, o‘smirlik davrida yuzaga keladigan suidsidial xatti-harakatlar ko‘p omilli muammo bo‘lib, uni bartaraf etishda faqat psixologik yondashuv emas, balki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi, oilaviy tarbiya, maktabdagi emotsional muhit va keng ommaviy axborot vositalarining roli ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Munozara. O‘smirlik davrida yuzaga keladigan suidsidial xulq, ko‘pincha tashqi muhit ta’siri va ichki hissiy zo‘riqishlar natijasidir. Oilaviy nizolar, ijtimoiy 116 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi va maktab muhitidagi salbiy ta’sirlar bu xatti- harakatlarning kuchayishiga olib keladi. O‘zini rad etilgan yoki e’tibordan chetda qolgan deb his qilgan o‘smirlar ko‘pincha bu dunyoda o‘z o‘rnini topa olmaydi va bunga javob sifatida suidsidial fikrlarga beriladi. Shu boisdan, maktab psixologlari va ota-onalar o‘smirlar bilan ochiq muloqot o‘rnatib, ularning ruhiy holatini nazorat qilib borishlari muhimdir. Shu bilan birga, ijtimoiy psixologik yordam markazlarini rivojlantirish va keng jamoatchilikda ruhiy salomatlik madaniyatini shakllantirish lozim. X

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the causes of suicidal behavior in adolescence, the social and psychological factors that influence it, as well as the importance of the social environment and psychological support in preventing…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the causes of suicidal behavior in adolescence, the social and psychological factors that influence it, as well as the importance of the social environment and psychological support in preventing… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adolescence, suicide, social factors, psychological state, prevention
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники