Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUBYEKTIV BAHO IFODALOVCHI QO‘SHIMCHALAR USLUBIYATI
SCIENCE SHINE · Umarov Abroroxuja Vaxobovich · Умаров Аброрхужа Вахобович
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются лексические, морфологические и методологические значения наречий, выражающих субъективную оценку в узбекском языкознании. Ключевые слова: субъективная оценка, умаление-ласкание, отрицательная стилистическая окраска, положительная стилистическая окраска, формообразующее дополнение, субтрактивно-краевая нагрузка. METHOD OF SUBJECTIVE ASSESSMENT EXPRESSIVE ADDITIONS Umarov Abrorkhuja Vakhobovich Uzbek language and literature teacher at academic lyceum of NamECI in Namangan city in Namangan region Annotation: This article discusses the lexical, morphological and methodological meanings of adverbs expressing subjective assessment in Uzbek linguistics. Key words: subjective assessment, diminution-caressing, negative stylistic coloring, positive stylistic coloring, formative addition, subtractive-boundary loading 94 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 Tilimizda -cha, -choq, -chak, -gina, -loq, -kay, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ularni ona tili grammatikamizda kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu, odatda, qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi. Bunday ijobiy va salbiy bo’yoqni ifodalashda –cha qo’shimchasiga oid misollarni ko’p uchratishimiz mumkin. Ayol gapirishi, ko’rinishi, qaddi-qomati o’g’lini eslatib yuborgan bu yigitchaga uzoq termulib qoldi. Bu gapda –cha qo’shimchasi ijobiy bo’yoqqa ega bo’lmoqda. So’zingizning ustidan chiqa olmabsizku, yigitcha! Bu gapimizda esa –cha qo’shimchasi salbiy bo’yoq ifadalab, kinoya, kesatiq, piching ma’nolarida kelmoqda. Shuningdek –cha qo’shimchasi shakldosh qo’shimcha hisoblanib, ba’zan ravish, ba’zan sifat so’z turkumiga oid so’z yasovchi qo’shimcha sifatida ham uchraydi. Halima erkakcha yurib, uning harakatlarini o’xshatib hammmani kuldirardi. Ushbu gapda erkakcha yurib – qay holda yurib so’rog’iga javob bo’ladi va ravish so’z turkumini ifodalaydi. Shu shakldagi so’z otga bog’lansa sifat so’z turkumini ifodalashi mumkin. Halima erkakcha harakatlar bilan hammani kuldirardi. Bunda –cha qo’shimchasini olgan so’z qanday harakatlar so’rog’iga javob bo’ladi va sifat so’z turkumiga ishora qiladi. -gina qo’shimchasi ko’proq ijobiy ma’noga ega bo’ladi. Ko’p o’tmay ular shinamgina hovliga ko’chib o’tishdi. –gina qo’shimchasi ham shakldosh qo’shimchalar sirasiga kiradi. Xuddi shu shaklda ayiruv-chegaralov yuklamasi bo’lib ham kelishi mumkin. Bunday qiyin ishni Sherzodgina uddalay oladi. Yuklama vazifasida kelganda egalik shakllari yuklamadan oldin keladi, kichraytirish- erkalash shakli bo’lganda esa egalik shakllari –gina qo’shimchasidan so’ng keladi. Abdurazzoq ota dadam edi-yu, Onaginam edi Sharifaniso. -xon qo’shimchasini salbiy ma’noda ham, ijobiy ma’noda ham ko’rishimiz mumkin. Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, butun qishloq ahli ularni hurmat qilardi. Bu misolimizda xon qo’shimchasi ijobiy ma’no kasb etyapti. Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. Bu misolda esa salbiy ma’no ifoda etilmoqda. -toy qo’shimchasida ham shu holatni kuzatishimiz mumkin. Sen shunaqa mo‘mintoyliging bilan hammani yengib kelgansan. Bu qiliq menga o‘tmaydi, bilib 95 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 qo‘y. Bu gapda salbiy bo’yoq sezilib turgan bo’lsa, quyidagi gapda ijobiy bo’yoq aks etadi. Yo‘q, unday demang. Bir aqlli, bir mo‘mintoy bola bo‘libdi Yodgormurodingiz. Ba’zan kichraytirish-erkalash qo’shimchalari salbiy ma’no ifodalovchi so’zga qo’shilsa-da, ijobiy ma’noda erkalash xususiyatini ko’rsatishi mumkin. Masalan quyidagi misolimizda –voy qo’shimchasida shu holat kuzatiladi. Laylak dedim-ku, jinnivoy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi. -choq qo’shimchasida omonimlik hodisasini kuzatishimiz mumkin. Toychoqlar hanuz o‘ynoqlashini qo‘ymas, goh to‘xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. Bu yerda kishraytirish-erkalash shaklini ifodalaydi. Uning bunday erinchoq odamligidan Ahmadning jahli chiqa boshladi. Bu gapda -choq qo’shimchasi sifat so’z turkumini hosil qiluvchi qo’shimcha sifatida keladi. Shuningdek bu qo’shimcha ot so’z turkumini ham hosil qiladi. Mansur jiyanlariga o’yinchoqlar oldi. Bundan tashqari ismlarga qo’shiluvchi –jon, -xon, -oy, -niso, -poshsha, -begim, - boy, -bek, -toy, -bibi, -bonu, xo’ja kabi qo’shimchalarni ham subyektiv ma’no ifodalovchi qo’shimchalar qatoriga kiritishimiz mumkin. Xulosa. Tilimizdagi ushbu qo’shimchalarni nutqiy vaziyatga va nutq uslublariga mos tarzda qo’llash, leksik, morfologik va uslubiy jihatl
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются лексические, морфологические и методологические значения наречий, выражающих субъективную оценку в узбекском языкознании.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются лексические, морфологические и методологические значения наречий, выражающих субъективную оценку в узбекском языкознании. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- subjective assessment, diminution-caressing, negative stylistic
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024