Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA MOVAROUNNAHR
SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich · Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand · Kesh (Shahrisabz) ilm-fan
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Movarounnahrning ilmiy markazga aylanishi, Ulug‘bekning Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabiga asos solishi, Ulug‘bekning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz) ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417-yil Buxoro, 1420-yili Samarqand, 1433-yili G‘ijduvonda madrasalar barpo etdi. Go‘ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualari qurilishini oxiriga yetkazadi. Shohizinda majmuasida masjid, peshtoq, chortoq qurildi. Mirzo Ulug‘bek davrida Registon maydoni shakllana boshladi. Unda Ulug‘bek madrasasidan tashqari xonaqoh, karvonsaroy, o‘ymakor yog‘ochlar bilan bezalgan Muqatta masjidi bino etildi. Ko‘kaldosh jome masjidi ham qurib bitkazildi. Samarqandda barpo etilgan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, Chilustun (qirq ustun) va Chinnixona saroylari o‘z me’moriy kompozitsiyalari bilan ajralib turgan. Mirzo Ulug‘bek boshqa shaharlarda me’moriy obidalar qurish masalasiga ham e’tibor bilan qaragan. Ular orasida Shahrisabzdagi Ko‘k gumbaz masjidi o‘zining hashamatliligi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi Gumbazi Sayidon yodgorligi qayta tiklandi. Bu davrda Samarqandda Ulug‘bek qurdirgan madrasadan tashqari, Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek Mirabduvali va Qutbuddin Sadr nomlari bilan atalgan madrasalar ham qad ko‘targan. Buxorodagi madrasa peshtoqiga “Ilm olmakka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarz” degan ibora shior sifatida o‘yib yozdirib qo‘yilgan. Uning sa’y-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan oshiq olimlari Samarqandga yig‘ildilar. Ular orasida “Zamonasining Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Muhammad Havofiy va boshqa olimlar ham bo‘lgan. Samarqandda bunyod etilgan Ulug‘bek rasadxonasida maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan. Rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‘lib, shuning uchun xalq ichida “Naqshi jahon” degan nom bilan shuhrat topgan edi. Samoni kuzatish va o‘rganish uchun G‘iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o‘lchov asbobi – ulkan sekstant o‘rnatildi. Bu sekstant Sharqdagi eng katta astronomik o‘lchov asbob hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, 72 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 Abu Mahmud Xo‘jandiy, usta Ibrohim) qo‘li bilan ko‘plab zaruriy astronomik o‘lchov asboblari ham yasaldi va o‘rnatildi. Rasadxona qoshida 15 000 jilddan iborat kitob saqlanadigan boy kutubxona ham bo‘lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug‘bek Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug‘bek bilan bir qatorda o‘z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi, “O‘z davrining Ptolemeyi” nomini olgan Ali Qushchi (Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalaridagi 683 ta geografik punktning joylashuvi Samarqand kenglik koordinatalari bilan belgilab chiqildi. Matematika fani sohasida Ulug‘bek maktabida o‘nlik darajali algebraik tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan. Ushbu me’moriy binolardan faqat Ulug‘bek madrasalari asrlar silkinishlariga dosh berib, majmuadan yagona yodgorlik bo‘lib qoldi. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshni Ulug‘bek Mo‘g‘uliston yurishidan olib kelgan. Toshda Amir Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakor yozuvlarda bitilgan. Keyinchalik Ulug‘bekning o‘zi ham shu yerga dafn etilgan. Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb ham ataladi. Olim 1437- yilda 1018 yulduz to‘plamini “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarida tartiblab chiqqan, bu asar yulduzlar bilimi sohasida hozir ham dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. “Zij”dan tashqari Ulug‘bek qalamiga mansub matematikaga oid “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asarlari ham bor. Ulug‘bek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan. Jumladan, Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Ulug‘bekning she’rlaridan namunalar keltirib o‘tadi. Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng Samarqanddagi olimlar asta-sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketdi. Olimlar o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlari va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazdilar. Xususan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, rasadxona qurdi. Natijada Ulug‘bekning ushbu yirik asari Turkiyada tarqaldi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib bordi. 1638-yili Istanbulga ingliz olimi va 73 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 sharqshunosi, Oksford universitetining profes
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Movarounnahrning ilmiy markazga aylanishi, Ulug‘bekning Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabiga asos solishi, Ulug‘bekning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Movarounnahrning ilmiy markazga aylanishi, Ulug‘bekning Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabiga asos solishi, Ulug‘bekning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ulug bek, ulug bekning, mirzo ulug, astronomik lchov, samarqandda ziga, ziga xos, xos astronomiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026