Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUDUDIY URBANISTIK TARKIBINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING IQTISODIY GEOGRAFIK TAHLILI
Barotova Gulmira Bahri qizi
Современная наука и исследования · 542 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi urbanistik tarkibning shakllanishi, uning hududiy xususiyatlari, iqtisodiy-geografik omillari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shaharlarning rivojlanishida geografik joylashuv, tabiiy resurslar, transport infratuzilmasi, iqtisodiy salohiyat kabi omillari berilgan. Kalit so‘zlar. Urbanistik tarkib, hududiy xususiyat, iqtisodiy-geografik omil, geografik joylashuv, shaharlashuv jarayoni. Kirish. Urbanizatsiya zamonaviy jamiyat taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Shaharlarning mamlakat yoki muayyan hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, rivojlanish istiqbollari ko‘p jihatdan ularning funksiyalariga bog‘liq bo‘lganligi bois, geourbanistik tadqiqotlarda shahar manzilgohlarining funksional tipologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi. Ixtisoslashuvi hamda boshqa aholi punktlari uchun bajaradigan vazifasi orqali ro‘yobga chiqadigan shahar funksiyalari aholi manzilgohining kattaligi, geografik o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy qudrati va ma’muriy maqomiga bog‘liq holda ma’lum hudud uchun ahamiyati bilan ifodalanadi. Shahar funksiyasini sanoat korxonalari, bank-moliya, turizm, transport xizmati va boshqa xizmat ko‘rsatish muassasalari, ma’muriy boshqaruv idoralari kabi obyektlar belgilaydi. Asosiy qism. O‘zbekiston Respublikasida ham bu jarayon o‘ziga xos tarixiy, iqtisodiy va geografik omillar bilan shakllangan bo‘lib, bugungi kunda mamlakat hududlarida turlicha darajada namoyon bo‘lmoqda [1]. Xorij geografiyasida shaharlar funksional tipologiyasini Ch.D.Xarris, G.Nelson, O.A.Konstantinov, Yu.G.Saushkin, G.M.Lappo, B.S.Xorev, Ye.N.Persik va boshqa olimlarning ishlarida uchratish mumkin. Masalan, amerikalik geograf, shaharshunos Chonsi Xarris shaharlarni funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqarish, transport, ta’lim, turizm shaharlari va boshqa sohalarga ixtisoslashgan to‘qqizta asosiy toifaga ajratgan bo‘lsa, rus olimi B.S. Xorev ko‘p funksiyali shaharlar – respublika va viloyat markazlari, yirik sanoat shaharlari, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan transport markazlari, sog‘liqni saqlash sohalari ustunlik qiladigan shaharlar kabi sakkizta funksional tipga bo‘lgan [2]. N.I.Baranskiy shaharlar tipologiyasini yuqori baholaydi, ammo shaharlarning kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusida esa ularning funksional va monofunksional tipologiyasini ko‘rsatmaydi, deydi. Shahar funksiyalari ortib borishi bilan shaharlar yirik tiplarga bo‘linadi. Shahar funksiyalari asosida shahar tashkil etuvchi tarmoqlar guruhlari ajralib turadi. Umuman shaharlar funksiyasi 2 turga bo‘linadi: shahar hosil qiluvchi va shahar xizmat qiluvchi funksiyalardir. Ularning orasidagi chegaralar shartli bo‘lib, asosan sanoat, transport, rekreatsiya, fan, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga asos bo‘luvchi tarmoq hisoblanadi. Agar faqat shahar aholisi uchun xizmat qiluvchi tarmoq bo‘lsa, u xizmat qiluvchi hisoblanadi. Agar u tarmoq shahar tashqarisidan kelganlar hisobidan rivojlanib borib, xizmat ko‘rsatuvchi shahar hosil qiluvchi tarmoqqa aylanishi mumkin. Bunday tarmoqlar orqali shaharning tipologiyasi 65 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL shakllanadi. Ular ko‘p funksiyali siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar, ko‘p funksiyali shaharlar – viloyat markazlari, ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari, asosan bir yoki ikki sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar, transport markazlari, agroindustrial shaharlar, tuman markazlari, rekreatsiya shaharlar, ilm-fan markazlari, universitet shaharlar va h.k shular jumlasidandir. Shaharlar katta-kichikligiga, ularning tutgan o‘rniga qarab ham tiplarga bo‘linadi, bu holda shaharlarning funksional klassifikatsiyasi mavjud bo‘ladi [4]. O‘zbekistonda geourbanistika sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda shahar manzilgohlarining funksional tipologiyasi O.B.Ata-Mirzayev, A.S.Soliyev, M.M.Egamberdiyeva va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan [2]. Jumladan, O.B. Ata-Mirzayev tomonidan ishlab chiqilgan tasnif asosida O‘zbekiston shaharlari asosan ko‘p funksiyali shaharlar va sanoat markazlari kabi yirik toifalarga ajratilgan bo‘lib, bu guruhlar o‘z navbatida bir nechta kichik funksional guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, har xil darajadagi ma’muriy vazifalarni bajaruvchi shaharlar ham alohida toifalar sifatida ajratib ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, rivojlanishi va madaniy-manaviy taraqqiyotni o‘zida aks etiruvchi bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan bo‘lib, ularda shaharlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyot jarayonlari kabi masalalar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. N.U.Tulyaganovaning tadqiqotida O‘zbekiston shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, shaharlarda sanoat korxonalarning tashkil topishi uning urbanizatsiya holati, shaharlarning iqtisodiy hamkorligi hamda Sobiq Ittifoqda mavjud bo‘lgan 180 ta shaharning o‘zaro iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida to‘liq ilmiy tahlillar berilgan. Shuningdek, ushbu ishda O‘zbekiston s
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi urbanistik tarkibning shakllanishi, uning hududiy xususiyatlari, iqtisodiy-geografik omillari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi urbanistik tarkibning shakllanishi, uning hududiy xususiyatlari, iqtisodiy-geografik omillari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaharlashuv jarayoni., iqtisodiy-geografik omil, Urbanistik tarkib, hududiy xususiyat, geografik joylashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026