Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEGRADATSIYALANGAN YAYLOVLARNI BARQAROR TIKLASHDA FITOMELIORATSIYA: NUROTA TOGʻ OLDI HOLATI MISOLIDA
Abdurashidova Saida Tolliboy qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Nurota togʻ oldi hududidagi yaylovlarning hozirgi geoekologik holati o‘rganilib, ularni barqaror tiklashda fitomelioratsiya usullarining samaradorligi yoritiladi. Degradatsiyalangan yaylovlarni tabiiy tiklash jarayonida fitomeliorativ tadbirlarning qo‘llanilishi, hududdagi ekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Ilmiy targ‘ibot ishlarida yaylovlar ekologik holatini yaxshilash uchun suniiy agrofitosenozlar barpo etish muhim axamiyatga ega ekanligi va yaylov hosildorligini 2-2,5% ga oshirishga erishish ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Nurota, fitomelioratsiya, oʻsimliklar, tuproq degradatsiyasi, tuproq erroziyasi, agrofitosenoz, hosildorlik. O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida joylashgan chalacho‘l yaylovlari, xususan, Nurota tog‘ oldi mintaqasi, oxirgi yillarda tabiiy degradatsiyaga uchrab, geoekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi, antropogen omillar, noto‘g‘ri yaylovlar boshqaruvi va ortiqcha chorva bosimi tufayli bu hududlarda biologik xilma-xillik kamayib bormoqda, tuproq unumdorligi pasaymoqda va o‘simlik qoplami siyraklashmoqda. Mazkur maqolada fitomelioratsiya — ya’ni o‘simliklardan foydalangan holda ekologik tiklash — chorasi asosida Nurota tog‘ oldi chalacho‘l hududlarining geoekologik holatini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.Ushbu hududda o‘simlik va hayvonot dunyosi katta xilma-xillikka ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik faoliyati uchun muhim resurslarni taqdim etadi. Biroq, so‘nggi yillarda yerning yuqori bosimi, noto‘g‘ri foydalanish, iqlim o‘zgarishlari va tabiiy resurslarning kamayishi natijasida degradatsiya jarayonlari tobora kuchayib bormoqda. Afsuski, oxirgi yillarda bu hududlarda noto‘g‘ri yaylovdan foydalanish, chorva bosimining oshishi, iqlim o‘zgarishi va inson faoliyati natijasida yaylovlar sifati keskin pasaygan. Bunday holatlarning oldini olish va mavjud yer resurslarini tiklash bugungi kunda dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi faqat tuproq unumdorligining pasayishi bilan emas, balki butun ekologik tizimlarning buzilishi, o‘simlik qoplamining kamayishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi bilan kechadi. Shu bois, bu muammoga tizimli yondashish va barqaror yechimlar ishlab chiqish lozim. Fitomelioratsiya – ya’ni o‘simliklar yordamida yerlarning holatini yaxshilash – ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida qaralmoqda. Fitomelioratsiya tuproqni degradatsiyadan asrash, bioxilma-xillikni tiklash va ekologik tizimni barqarorlashtirishda keng qo‘llaniladigan agroekologik yondashuvdir. Nurota togʻ oldi hududida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fitomelioratsiya orqali yaylovlarning sifatini tiklash mumkin.Tadqiqot ob’ekti sifatida Nurota togʻ oldi hududidagi fitomelioratsion tadbirlar sifatida quyidagilar qo‘llanildi:Mahalliy va moslashgan o‘simlik turlarini tanlash (saksovul, biyurgun, efemerlar),to‘g‘ri ekish sxemasi va chuqurligini e’tiborga olish,gektariga 2-3 marta sug‘orish (boshlang‘ich bosqichda) va chorva harakatini nazorat ostiga olish. Hududdan 4 ta 60 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” degradatsiyalangan yaylov maydonini tanlab olish. Bunda tadqiqot usullari orasida: geobotanik monitoring, tuproq namunalari tahlili, GPS xaritalash va statistik tahlillar usullaridan foydalanish mumkun .Fitomeliorativ tadbirlarda quyidagi o‘simlik turlarining samarasi o‘rganiladi:Artemisia diffusa (bo‘zachka),Atriplex canescens (shuvoq)va Salsola arbuscula (qirgi).Ushbu o‘simliklar yarim cho‘l zonasining ekologik sharoitiga moslashgan, tuproqni eroziyadan asraydi va yem-xashak sifatida ahamiyatli hisoblanadi. Urug‘ sepish, ko‘chat o‘tkazish, suv tejamkor texnologiyalar asosida joylashtirish natijasida 3 yil ichida:Tuproq strukturasining yaxshilanishi,yashil massa miqdorining 25–30% ga oshishi,yem-xashak zaxiralarining tiklanishi va invaziv o‘simliklar kamayishi kuzatiladi. Nurota tog‘ oldi yaylovlari ekologik holatini yaxshilashda buta,yarim buta va o‘tchil o‘simliklardan iborat butun agrofitosenozlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Agrofitosenozlar yaratishda saksovul,cherkez,izen,teresken,kammforosma,shuvoq kabi istiqbolli buta o‘simliklaridan foydalanib yaratilgan agrofitosenozlarni yashovchanligi,hosildorlikni oshirish bilan yaylovlar ekologik holatini yaratishda saksovul,cherkez,izen,teresken, kammforosma,shuvoq kabi istiqbolli buta o‘simliklaridan foydalanib yaratilgan agrofitosenozlarni yashovchanligi,hosildorlikni oshirish bilan yaylovlar ekologik holatini barqarorlashishiga sabab bo‘ladi. Yaratilgan suniiy irrigatsiyalar hosildorlikni 15-18 S ga oshirishga erishib,yaylov chorvachiligini 18-20 yilgacha butkul kengaytiradi.Fitomelioratsion tadbirlari natijalari o`laroq 2 yil davomida quyidagi natijalarga erishish mumkun.O‘simlik qoplami zichligi 18% ga oshadi,tuproq unumdorligi (gumus miqdori) 0.2% ga yaxshilanadi,eroziya darajasi 25% ga kamaydi va biodiversitet qayta tiklana boshlaydi.(10
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Nurota togʻ oldi hududidagi yaylovlarning hozirgi geoekologik holati o‘rganilib, ularni barqaror tiklashda fitomelioratsiya usullarining samaradorligi yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Nurota togʻ oldi hududidagi yaylovlarning hozirgi geoekologik holati o‘rganilib, ularni barqaror tiklashda fitomelioratsiya usullarining samaradorligi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tuproq degradatsiyasi, agrofitosenoz, oʻsimliklar, tuproq erroziyasi, Nurota, fitomelioratsiya, hosildorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024