Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Alisher Navoiy nomidagi · Xoliqova Hilola
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article discusses the possibilities of applying the modern innovative STEAM approach in native language education. It highlights opportunities to develop students' critical thinking and creativity through interdisciplinary integration in language lessons. Keywords: native language, STEAM, integration, creative thinking, interactive method, lesson effectiveness. https://scientific-jl.org/obr 1 5 8 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Bugungi globallashuv va raqamli rivojlanish davrida ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda. O‘quvchilar faqat bilim egallovchi emas, balki o‘rganilgan bilimni hayotda qo‘llay oluvchi, izlanishga moyil, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanishi talab etilmoqda. Shu sababli an’anaviy ta’limdan kompetensiyaga asoslangan, integratsiyalashgan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim shakliga o‘tish zarurati tug‘ilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bu borada muhim islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Prezident farmon va qarorlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kreativ va tanqidiy fikrlashga asoslangan yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish vazifasi belgilab berilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fanining ahamiyati katta. Chunki bu fandan olgan bilimlar o‘quvchilarning barcha sohalarda fikr yuritishi, muloqotda bo‘lishi va yozma hamda og‘zaki nutq ko‘nikmasi shakllanishining asosidir.Shu nuqtai nazardan qaraganda, STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ona tili darslariga yangi nafas olib kiradi. Bu model orqali o‘quvchi nafaqat matnni o‘qiydi yoki yodlaydi, balki uni tushunadi, tasavvur qiladi, u bilan ishlaydi, loyihalashtiradi va boshqa fanlar bilan bog‘lab tahlil qiladi. STEAM yondashuvi o‘quvchini ijodiy, analitik, kompleks yondashuvga undaydi. Ayniqsa, bugungi kunda ta’limda muhim bo‘lgan “4C” kommunikatsiya, kooperatsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta imkon yaratadi. Ushbu maqolada aynan ona tili fanida STEAM yondashuvini qanday joriy etish mumkinligi, u orqali o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalar shakllanishi va bu yondashuvning afzalliklari haqida so‘z yuritiladi. Misollar va tahlillar orqali mavzu yoritiladi. STEAM yondashuvi va uning mohiyati haqida gapiradigan bo ‘lsak, STEAM ingliz tilidagi qisqartma bo‘lib, quyidagi fanlarni anglatadi: -S–Science(fan) -T–Technology(texnologiya) -E–Engineering(muhandislik) -A–Art(san’at) https://scientific-jl.org/obr 1 5 9 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 -M–Mathematics(matematika) Bu model an’anaviy ta’lim uslublaridan farqli ravishda o‘quvchini darsning faol ishtirokchisiga aylantiradi. Ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq fanlar asosida, muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan boyitiladi. Ona tili darslarida STEAM yondashuvini qo‘llash imkoniyatlari STEAM yondashuvi yordamida ona tili darslarini quyidagi shakllarda boyitishmumkin 1.Fanlararo bog ‘liqlikni aniqlash 2. Texnologiyadan foydalanish 3.Muhandislik elementlari 4.Ijodkorlikni rivojlantirish 5. Tadqiqot topshiriqlari Masalan 1-misol: “Bahor” mavzusi o‘tilayotganda, o‘quvchilar she’rni o‘qib, tabiatdagi o‘zgarishlarni rasmga chizadilar (Art), so‘ngra grafik ob-havo jadvali tuzadilar (Matematika), bahorgi o‘zgarishlar haqida qisqa og‘zaki bayon qilishadi (Ona tili). 2-misol: 5-sinfda ertak matni o‘qilib, personajlar xatti-harakatlarini muhandislik uslubida sahna maketi tarzida ifodalanadi. Muhokama.Ona tili darslarida STEAM yondashuvini joriy etishda qator muammolar mavjud. Avvalo, ko‘plab o‘qituvchilarda bu yondashuv haqida to‘liq tushuncha yo‘q yoki amaliy tajriba yetarli emas. Shuningdek, metodik qo‘llanmalarning yetishmasligi, darsliklarda STEAM asosidagi topshiriqlarning kamligi muammoning bir qismini tashkil qiladi. Aksariyat maktablarda texnik vositalar yetarli emas, sinfxonalarda zamonaviy sharoit yo‘qligi ham bu yondashuvni samarali qo‘llashga to‘sqinlik qiladi. Yana bir muammo — fanlararo hamkorlikda dars rejalari ishlab chiqilmasligi va o‘qituvchilarning an’anaviy yondashuvdan voz kechishni https://scientific-jl.org/obr 1 6 0 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 istamasligidir. O‘quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlovchi shaxsga aylantirish uchun ta’lim jarayoni har tomonlama yangilanishi zarur. Natijalar.Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlar taklif etiladi. - O‘qituvchilar uchun STEAM yondashuvi bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish - Ona tili faniga moslashtirilgan metodik qo‘llanma va dars ishlanmalari yaratish - Maktablarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, ayniqsa texnologik vositalar bilan ta’minlash - O‘quvchilarga loyiha asosida o‘rganish topshiriqlari berish va baholash mezonlarini yangilash - STEAM yondashuviga oid milliy tajribalarni jamlab, amaliyotga joriy qilish. Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida STEAM yondashuvini qo‘llash dars samaradorl
Доказательный фрагмент
«This article discusses the possibilities of applying the modern innovative STEAM approach in native language education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the possibilities of applying the modern innovative STEAM approach in native language education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- native language, STEAM, integration, creative thinking, interactive, kreativ fikrlash, dars samaradorligi., interfaol metod, ona tili, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014