Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1O-SINF O‘QUVCHILARIDA ESSE YOZISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH
ToshDOʻTAU O‘TAT fakulteti · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada 10-sinf o‘quvchilarida esse yozish ko‘nikmasini rivojlantirishning samarali usullari yoritilgan. Dars jarayonida ijodiy yozuv, tanqidiy fikrlash, mantiqiy izchillik kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, esse yozish jarayonining bosqichlari, o‘qituvchining roli va o‘quvchining mustaqil fikrlash faoliyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: 10-sinf, esse yozish, tanqidiy fikrlash, o‘quv jarayoni, metodlar, ijodiy fikrlash Article: This article explores effective ways to develop essay writing skills among 10th grade students. It discusses methods that foster creative writing, critical thinking, and logical consistency during the learning process. The paper also analyzes stages of essay writing, the teacher’s role, and the student’s independent thinking development. Keywords: 10th grade, essay writing, critical thinking, learning process, methods, creative thinking Kirish. Bugungi kunda maktab o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtai nazarini asoslab berishi va mavzuni tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu sababli bugun maktab o‘quvchilariga insho va bayon emas emas, esse yozdirish samarali natija beradi. Badiiy uslubning jimjimador so‘zlariga boy, reallikdan uzoq fikrlar asosida yoziladigan insho va bayonlar o‘quvchining https://scientific-jl.org/obr 1 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 dunyoqarashini kengaytirmaydi. Jumladan, 10-sinf o‘quvchilarida ham esse yozish orqali ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish juda muhimdir. Bugungi kun yoshlarida har bir voqea-hodisa nisbatan shaxsiy fikr, masalaning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘ra olish kabi qobiliyatlar shakllangan bo‘lishi kerak. Bu kabi qobiliyatlarni shakllantirishda o‘qituvchining roli katta. Esse-fransuz tilida “essai” tajriba, ingliz tilida ”essay”, “assay-intilish, ijodiy sinov, ocherk, lotincha “exagium”- o‘ylash degan ma’noni anglatadi. Esse - o'quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o'zgachaligi mavzuda ko'tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o'rinli keltirish orqali o'z munosabatini bildirish.1 Orif Tolib o‘z maqolasida esse bu erkin asar deydi. Shunday bo‘lsa ham, esse shakli va mazmuniga bir qancha talablar qo‘yiladi. Quyida eng muhimlarini eslatib o‘tamiz: ✓ Fikr –mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qilish; ✓ Esse 3 tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim (kirish, asosiy qism, xulosa); ✓ Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi. 10-sinf o‘quvchilarida argumentli esse yozishni quyidagi usullar orqali rivojlsntitish mumkin: ✓ O‘quvchilarga ularning yoshiga mos podkastlarni eshittirish; ✓ Informativ teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish ; ✓ Sun’iy intellekt vositalari (masalan, ChatGPT, Gemini kabilar)ga esse mavzusiga oid savollar berish . Esse yozish – bu o‘quvchining o‘z fikrini mantiqiy izchillikda bayon etishi, dalillar orqali asoslab berishi va o‘ziga xos yondashuvini namoyon etishidir. 10-sinf o‘quvchilari uchun esse yozishni o‘rgatish bir necha bosqichda amalga oshiriladi: 1.Mavzu tanlash va tushunish: O‘quvchilarga mavzuni tushuntirish, asosiy g‘oyani aniqlab olish va unga yondashuv yo‘llarini ko‘rsatish kerak. 2.Reja tuzish: (inshodagi kabi reja emas) kirish , asosiy qism va xulosani o‘z ichiga 1 Esse yozish qoidalari va tavsiyalar haqida metodik tavsiya -Diloyat Obidova Aminovna https://scientific-jl.org/obr 1 8 5 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 olgan reja asosida yozish ishlari olib boriladi. 3.Ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish: Har bir o‘quvchi mavzuga nisbatan o‘z fikrini erkin ifodalashi uchun qulay muhit yaratish lozim. Bu esa ijodkorlik va mustaqillikni oshiradi. 4.Tanqidiy tahlil qilish : O‘quvchilar esse yozish orqali ma’lumotlarni tahlil qilish, taqqoslash, asoslash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 5.Baholash va tahlil: Yozilgan esselar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, o‘quvchilarga fikr-mulohaza beriladi. Bu esa o‘quvchini o‘z ustida ishlashga undaydi. Metodik tavsiyalar O‘quvchilar esse yozishda quyidagi metodlardan foydalansa, samarali natija beradi: • Klaster usuli: Mavzu bilan bog‘liq asosiy tushunchalarni tarmoqlab yozish orqali esse yozish rejasi shakllantiriladi. • “Savol-javob” usuli : Mavzu asosida beriladigan savollar orqali o‘quvchi mavzuni chuqur anglaydi.yozuv ishini olib boradi. • “Rolga kirish” usuli: O‘quvchi o‘zini mavzu bilan bog‘liq sohada yoki holatda tasavvur qilib esse yozishni olib boradi. Esse - o‘qitish natijalarini baholashning eng samarador usulidir, chunki o‘quvchi esse yozish jarajonida, esse yozish uchun berilgan mavzuni mustaqil bajaradi va berilgan vaziyat yoki muammo bo‘yicha dalillar keltirish orqali o‘zining qarashlarini isbotlaydi. Shu sababli esse yozdirish orqali o‘quvchilarning dunyoqarashini aniqlash mumkin. Shuning ucun o‘quvchi nutqiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 10-sinf o‘quvchilarida esse yozish ko‘nikmasini rivojlantirishning samarali usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 10-sinf o‘quvchilarida esse yozish ko‘nikmasini rivojlantirishning samarali usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 10th grade, essay writing, critical thinking, learning process, methods, esse yozish, ijodiy fikrlash, o‘quv jarayoni, metodlar, tanqidiy fikrlash, 10-sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024