К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALAR KIYIMLARINI TIKISH TEXNOLOGIYASINING ZAMONAVIY USULLARI

ZAMONAVIY USULLARI · Murodova Sohiba Asadullo qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar kiyimlarini tayyorlash jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tikuv usullarining amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan. Bolalar kiyimi inson salomatligi va qulayligi bilan bevosita bog‘liq mahsulot turi bo‘lganligi sababli, ularning ishlab chiqarilishida yuqori sifatli, ekologik toza, gigiyenik hamda ergonomik talablarga javob beradigan texnologiyalar qo‘llanilishi zarur. Maqolada raqamli boshqaruvli tikuv mashinalari, lazerli va ultratovushli kesish usullari, 3D modellashtirish dasturlari (CLO3D, Optitex) kabi ilg‘or texnik vositalarning bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, gippoallergen, elastik va “nafas oluvchi” matolar kabi zamonaviy materiallardan foydalanishning afzalliklari, ularning bolalar salomatligiga ijobiy ta’siri alohida o‘rganiladi. Bundan tashqari, maqolada kasb-hunar ta’limi muassasalarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, o‘quvchilarga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy tikuv texnologiyalarini o‘rgatishning samarali metodlari – loyihalash asosida o‘qitish, integratsiyalashgan darslar, STEM yondashuvi orqali kasbiy tayyorgarlikni oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Maqola pedagoglar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari, tikuvchilik sohasi mutaxassislari, hamda kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun metodik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-uslubiy materialdir. Kalit so‘zlar Milliy kiyimlar, naqshlar, bezaklar, dizayn, texnalogiya, iqtsod; ANNOTATION This scientific article analyzes the development of women's clothing sewing technologies and their importance in the educational process. The https://scientific-jl.org/obr 2 7 2 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 article examines in detail the types of modern sewing technologies, their role in the production process and the benefits of teaching these technologies in the educational process. The article also includes modern techniques such as computerized sewing machines used in women's clothing sewing, 3D model creation, digital design, and the use of high-tech fabrics.Teaching these technologies in the educational process makes it possible for students not only to develop practical skills, but also to master creative approaches, to implement innovative ideas in the creation of clothing design. The article also discusses the importance of technology in improving production efficiency, improving clothing quality, and ensuring environmental sustainability. Key words National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy; KIRISH So‘nggi yillarda yengil sanoat, ayniqsa, tikuvchilik sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda nafaqat kiyim-kechaklarning dizayni, balki ularning ishlab chiqarish texnologiyasi, matolar sifati, tikuv mashinalari imkoniyatlari ham tubdan o‘zgarib, zamonaviylashtirilmoqda. Aholining ehtiyoji, bozor talablari va modaning tez o‘zgarib turishi tufayli kiyim tikish texnologiyalariga bo‘lgan talab yanada ortmoqda. Ayniqsa, bolalar kiyimlari bu borada alohida e’tibor talab qiladigan segment hisoblanadi. Bolalar kiyimi inson salomatligiga bevosita ta’sir qiladigan mahsulotlar sirasiga kiradi. Bolalar organizmi o‘ziga xos fiziologik va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli, ular uchun mo‘ljallangan kiyimlar qulay, xavfsiz, funksional va estetik jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. Shu bois, bu sohada faqat an’anaviy tikuv uslublari bilan cheklanib qolmasdan, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy materiallar, raqamli uskunalar va 3D modellashtirish kabi yangi yondashuvlar tatbiq etilmoqda. Zamonaviy tikuvchilikda qo‘llanilayotgan texnologiyalar orasida kompyuterlashtirilgan tikuv mashinalari, lazerli va ultratovushli kesish uskunalari, raqamli dizayn dasturlari, shuningdek, ekologik toza va gippoallergen materiallar asosida kiyim tikish tajribalari kengaymoqda. Bularning barchasi ishlab chiqarish jarayonini yengillashtiradi, mahsulot sifatini oshiradi va eng asosiysi – bolalar salomatligiga xavfsiz muhit yaratadi. Shu bilan birga, kasb-hunar ta’limi tizimi ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish ta’limi https://scientific-jl.org/obr 2 7 3 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ustalari va mutaxassislar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarga aynan ana shu zamonaviy usullarni o‘rgatish, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy fikrlash va texnologik savodxonlikni rivojlantirishdan iborat. Mazkur maqolada bolalar kiyimlarini tikishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi, hamda ushbu yo‘nalishda o‘quvchilarga ta’lim berishda zamonaviy metodlardan qanday foydalanish mumkinligi tahlil qilinadi. https://scientific-jl.org/obr 2 7 4 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar kiyimlarini tayyorlash jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tikuv usullarining amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar kiyimlarini tayyorlash jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tikuv usullarining amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy, iqtsod, bezaklar, Milliy kiyimlar, naqshlar, dizayn, texnalogiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники