К содержанию
РецензированоUZ2025

BUYUK IPAK YO‘LI KECHA VA BUGUN

Usmonqulov Xudoyor Xojiakbar o‘g‘li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article discusses the reasons for the emergence of the Great Silk Road, its main directions, its importance in historical periods, and its central position in the territory of Uzbekistan. It also analyzes its role in trade, diplomatic, and cultural exchange, the role of historical cities, famous figures, monuments, and the contribution of this road to the development of international relations based on scientific sources. Based on historical data, the article deeply reveals the role and legacy of the Silk Road in the development of Uzbekistan. Keywords: Great Silk Road, history of Uzbekistan, trade route, cultural exchange, Samarkand, Bukhara, caravanserai, historical monuments, development of science, Timurids, historical figures. Dunyo tarixida xalqlarni bog‘lagan, madaniyatlararo muloqotga zamin yaratgan eng muhim yo‘llardan biri — bu Buyuk Ipak yo‘lidir. U Sharq va G‘arbni bog‘lab, ming yillar davomida savdo, ilm-fan, din va san’at almashinuvi uchun xizmat qilgan. O‘zbekiston hududi bu yo‘lning markazida joylashgan bo‘lib, qadimdan boshlab yirik shaharlar, karvonsaroylar va bozorlari bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu maqolada Ipak yo‘lining shakllanish jarayoni, tarixiy ahamiyati, uning O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’siri va bugungi kungacha yetib kelgan merosi yoritiladi. Ipak yo‘lining yuzaga kelish sabablari va davrlari: Buyuk Ipak yo‘li eramizdan avvalgi II asrda, Xitoy imperatori U-di davrida rasmiy shakllangan. Uning maqsadi g‘arbiy hududlar bilan savdo va diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yish edi. Dastlab Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Farg‘ona vodiysiga, so‘ngra Buxoro va Samarqanddan o‘tib, Yevropaga yetgan. Yo‘lning yuzaga kelishiga ipak mahsulotlariga bo‘lgan talab, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlar sabab bo‘lgan. Bu yo‘l orqali mahsulotlar bilan birga ilm-fan, din, urf- odatlar ham tarqalgan. Ipak yo‘li sivilizatsiyalarni bog‘lagan tarixiy arteriyaga aylangan. Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari va tarmoqlari: Buyuk Ipak yo‘li Sharqdan G‘arbga qarab bir nechta tarmoqlarga ega bo‘lgan. Asosiy yo‘nalish Xitoyning Changan (hozirgi Sian) shahridan boshlanib, Gobi cho‘li orqali Jungg‘oriyaga, undan https://scientific-jl.org/obr 5 5 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Farg‘ona vodiysi va O‘zbekiston hududidan o‘tib, Eron, Iroq, Suriya orqali O‘rta Yer dengizi sohillariga yetgan. Shimoliy tarmoq Qozog‘iston dashtlari orqali Yevropaga borgach, Janubiy tarmoq Hindiston va Eron orqali o‘tgan. Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand, Buxoro va Termiz shaharlarida yo‘l kesishgan. Bu tarmoqlar orqali savdo- sotiq, madaniyat va ilm-fan keng tarqalgan. Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoy ipaklari, Hindiston ziravorlari, Erondan gilamlar, O‘rta Osiyodan to‘qimachilik, metal buyumlar, qurol-aslaha kabi mahsulotlar savdosi amalga oshirilgan. Yevropadan esa shisha, zargarlik buyumlari va junli mahsulotlar Sharqqa olib kelingan. Savdo bilan birga diplomatik elchilar ham yuritilib, davlatlar o‘rtasida ittifoqlar tuzilgan. Shuningdek, buddizm, islom, nestorianlik kabi dinlar yoyilgan. Ilm-fan, san’at, yozuvlar, me’moriy uslublar ham xalqlar o‘rtasida almashilgan. Ipak yo‘li xalqlarni nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va siyosiy jihatdan ham yaqinlashtirgan. Geografik joylashuvining qulayligi: O‘zbekiston hududi Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgani bois, qadimdan muhim chorrahalardan biri hisoblangan. Tarixchi-geograflar, jumladan, N.I. Veselovskiy va V.V. Bartold fikricha, O‘zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashuvi savdo karvonlari uchun tabiiy yo‘l bo‘lgan. Tog‘ va cho‘l zonalari oralig‘ida joylashgan bu hudud orqali karvonlar xavfsiz va nisbatan qisqa yo‘l bilan harakatlangan. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarning tabiiy va strategik joylashuvi tufayli ular uzoq yillik savdo, diplomatiya va madaniyat markazlariga aylangan. Samarqand, Buxoro va Termiz qadimdan Ipak yo‘lining eng muhim savdo va madaniy markazlari bo‘lgan. Al-Beruniy va Muqaddisiy kabi tarixchilarning asarlarida bu shaharlarda karvonsaroylar, bozoru hammomlar, hunarmandlar va olimlar faoliyat yuritgani qayd etilgan. Samarqand – “Sharq durdonasi” sifatida tanilgan, Buxoro esa islomiy ilm markazi bo‘lgan. Termiz Budda madaniyati va islom ilmlari chorrahasida joylashgan. Bu shaharlar orqali savdo karvonlari to‘xtab, nafaqat tovar, balki madaniyat va bilim almashinuvi ham amalga oshirilgan. https://scientific-jl.org/obr 5 6 Выпуск журнала №-69 Часть–7_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan karvonsaroylar va bozorlarga tarixchilardan A.Yu. Yakubovskiy va V.V. Bartold alohida e’tibor qaratadi. Ular bu inshoatlarni nafaqat savdo, balki madaniy va ilmiy almashinuv markazi sifatida baholaydilar. Karvonsaroylar karvonlar uchun xavfsiz tunash joyi bo‘lib, turli xalqlar vakillari muloqot qilgan. Bozorlar esa faqat tovar almashinuvi emas, balki tillar, dinlar, urf- odatlar o‘zaro kirishgan mako

Доказательный фрагмент

«This article discusses the reasons for the emergence of the Great Silk Road, its main directions, its importance in historical periods, and its central position in the territory of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the reasons for the emergence of the Great Silk Road, its main directions, its importance in historical periods, and its central position in the territory of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Great Silk Road, history of Uzbekistan, trade route, cultural, tarixiy shaxslar., Buxoro, madaniy almashinuv, savdo yo‘li, Samarqand, ilm-fan rivojlanishi, Temuriylar, O‘zbekiston tarixi, tarixiy obidalar, karvonsaroy, Buyuk Ipak yo‘li
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники