Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ER-XOTIN MUNOSABATLARIDA ISHONCH VA HURMATNING AHAMIYATI”
Mamadaliyev Shoxrux
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
; Ushbu maqola nikoh-oila munosabatlari mustahkam, barqaror bo‘lishi Davlat va jamiyatimizning barqarorligi, farovonligi, rivoji haqida . Jahon ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ona va bola munosabatlarini ijtimoiy- psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada oilada bolaga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirish, ota ona va bola munosabatlarida begonalashuv, oilaviy zo‘ravonlik, pedagogik qarovsizlik, emotsional deprivasiya va boshqa ko‘rinishdagi salbiy holatlarni psixodiagnostika qilish; ota ona va bola munosabatlarini psixologik barqarorlashtirish maqsadida psixoprofilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish orqali konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish; otaonalar bilan tegishli psixologik-ma’rifiy, konsultativ faoliyatga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan masalalarga e’tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda. Kalit so’zlar; Nikoh, ota-ona, nizo, ishonch, hurmat , nizoli vaziyatlar, farzand, munosabat, muloqot, muhit, farzand, muhit. Ishonch va hurmat er-xotin munosabatlarining asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ikki element oila barqarorligi va farovonligi uchun zarurdir. Ishonch er-xotin o‘rtasida xavfsizlik hissini shakllantirsa, hurmat bir-birining fikr va his-tuyg‘ularini qadrlashni anglatadi. Maqola davomida ishonch va hurmatning ahamiyati hamda ularni mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Er-xotin munosabatlari bir tekis munosabatlar emas. Yillar davomida bu munosabatlar ko‘p marotaba sinaladi, darz ketadi, hatto sinishi ham mumkin. Oilada er va xotin munosabatlari vaqt o‘tishi bilan oqilona hamkorlik va do‘stlik, qon-qarindoshlik munosabatlariga aylanib boradi. Ko‘pchilik nikohlarni baxtli ham, baxtsiz ham deb atash mushkul, chunki ularda er-xotinlarning bir- https://scientific-jl.org/obr 4 1 6 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 birlarini sekin-asta tarbiyalab borishlari va taqdir taqozosi bilan bora-bora munosabatlar chuqurlashib, tushunish hissi va do‘stona munosabatlar sayqallashib boradi. 1. Ishonchning ahamiyati Ishonch er-xotin munosabatlarida ochiqlik va samimiyatni ta’minlaydi: Barqaror munosabatlar: Juftlik bir-biriga ishonch bildirganida, munosabatlar barqaror va uzoq muddatli bo‘ladi. Hissiy qo‘llab-quvvatlash: Ishonch sheriklarning bir-biriga yordam ko‘rsatishiga va noqulay vaziyatlarda ham birga bo‘lishlariga yordam beradi. Xiyonat va ishonchsizlikning oqibatlari: Ishonchni yo‘qotish juftlik o‘rtasidagi ziddiyatlarga va hatto ajralishga olib kelishi mumkin. 2. Hurmatning o‘rni va ahamiyati Hurmat er-xotin munosabatlarida tenglik va bir-biriga munosib yondashishni ta’minlaydi: Bir-birining shaxsiy fazilatlarini qadrlash: Har bir sherik o‘ziga xos, va ularning farqlari munosabatni boyitadi. Muloqot madaniyati: Hurmat ochiq, samimiy va konstruktiv muloqotning garovidir. Ziddiyatlarni hal qilish: Hurmat asosidagi muloqot ziddiyatlarni yumshoq va samarali yo‘l bilan hal qilish imkonini beradi. 3. Ishonch va hurmatni mustahkamlash yo‘llari Er-xotin munosabatlarida ishonch va hurmatni rivojlantirish uchun quyidagi qadamlarni qo‘llash mumkin: Ochq o‘zaro muloqot: His-tuyg‘ular va fikrlarni erkin ifoda etish imkoniyatini yaratish. O‘z va’dalariga rioya qilish: Bir-biriga bergan va’dalarni bajarish orqali ishonchni saqlash. Hurmatni ko‘rsatish: Har bir qaror, fikr va his-tuyg‘uni qadrlash. https://scientific-jl.org/obr 4 1 7 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Qo‘shma qarorlar qabul qilish: Ikkala tomon ham munosabatda teng huquqli bo‘lishi kerak. 4. Ishonch va hurmat yo‘qolganda yuzaga keladigan muammolar Emotsional uzoqlashish: Ishonch va hurmat yo‘qligi o‘zaro sovuqlikka olib keladi. Ziddiyatlar va xiyonat: Bunday munosabatlarda tez-tez tushunmovchilik va xiyonatlar uchrab turadi. Ajralish xavfi: Munosabatlar mustahkam bo‘lmasa, ajralish ehtimoli ortadi. Oiladan eng asosiy maqsad va eng muhim narsa bu– er va xotin munosabatlari. Ushbu maqsadga keyinchalik farzandlar tarbiyasi va ularning kelajakda yaxshi inson bo‘lishi ham kiradi. Shunday ekan, ayol kishi oiladagi uchinchi shaxslarga emas, ko‘proq o‘z turmush o‘rtog‘iga itoat etishi lozim. Oila a’zolari ham mana shuni e’tiborga olishi kerak. Biz ko‘p kuzatyapmizki, yosh oila munosabatlariga qaynota yoki qaynona aralashib er va xotinni bir birlaridagi huquqlaridan mahrum qiladi. Yoki qaynona o‘g‘lini uzoqqa yuborib, kelinini eri bilan ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Oilasi bilan birga bo‘lishini man qiladi. Bu payg‘ambarimiz sunnatlariga ziddir. Bunga shariat ham ruxsat bermagan. Er va xotinning o‘zaro aloqalariga hech kim daxl qilolmaydi. Ular xoh qaynota, xoh qaynona bo‘lsin. Birgina vaziyatda ularga aralashish uchun ruxsat berilgan, ya’ni o‘g‘li yoki kelini shariatga zid ish qilsa, axloq va odob doirasidan chiqsa, o‘shandagina tanbeh bergan holda vaziyatga qo‘shilishi mumkin. Bundan ortiq masalalarda esa chegara saqlashlari lo
Доказательный фрагмент
«; Ushbu maqola nikoh-oila munosabatlari mustahkam, barqaror bo‘lishi Davlat va jamiyatimizning barqarorligi, farovonligi, rivoji haqida .»
Образец извлечения
Демо-превью; Ushbu maqola nikoh-oila munosabatlari mustahkam, barqaror bo‘lishi Davlat va jamiyatimizning barqarorligi, farovonligi, rivoji haqida . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hurmat, ishonch, nizoli vaziyatlar, munosabat, ota-ona, farzand, Nikoh, muhit., muloqot, nizo, muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026