Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILMIY MATNDA BO‘YOQDORLIK MASALASI
Umarova Dildora Mirzamurod qizi · Умарова Дилдора Мирзамуродовна (Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti) · Магистрант Шахрисабзского (Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В этой статье говорилось об особенностях узбекского научного текста, обсуждалось теоретическое значение вопроса о принадлежности экспрессивности научному тексту, а также взгляды лингвистов на этот вопрос. Ключевые слова: научный текст, выразительность, проблема красочности, окрашивающие средства, сравнения, метафоры, эпитеты, элементы коммуникации, субъективная оценка. The issue of expressiveness in scientific writing https://scientific-jl.org/obr 4 3 1 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 UDC: 10.00.00-Philological sciences Umarova Dildora Mirzamurodovna Master's student of Shakhrisabz State Pedagogical Institute Umarovadildora466@gmail.com Annotation. This article talked about the peculiarities of the Uzbek scientific text, discussed the theoretical significance of the question of whether expressivity belongs to a scientific text, as well as the views of linguists on this issue. Keywords: scientific text, expressiveness, the problem of colorfulness, coloring tools, comparisons, metaphors, epithets, elements of communication, subjective assessment. O‘zbek ilmiy matnining o‘ziga xos tomonlari haqida fikr yuritilganda, ekspressivlik va uning ilmiy matnga mansub yoki mansub emasligi masalasi nazariy ahamiyat kasb etadi. Bu masalada tilshunoslar mushtarak fikrda emas. Ma'lumki, tilning asosiy va yetakchi vazifasi kommunikativlikdir. Til faqat kommunikatsiya vositasi, fikr almashish quroligina bo‘lib qolmasdan, turli his-hayajon yoki ekspressiv ifoda qilish vositasi ham sanaladi. Tilning ekspressiv ifoda qiluvchilik vazifasi badiiy nutqqa xos asosiy va yetakchi hodisa sifatida e’tirof etiladi. Fanda, jumladan, turkiy tilshunoslikda, xususan, o‘zbek tilshunosligida ilmiy matn va u bilan bog‘liq bo‘yoqdorlik masalasi monografik yo‘sinda maxsus o‘rganilmagan. Bo‘yoqdorlik atamasi fanda ikki ma’noda qo‘llanib kelyapti: a) ifodaviylik; b) his-hayajonning namoyon bo‘lish kuchi. Yirik uslubshunos olim A.I.Yefimovning qayd qilishicha, bo‘yoqdorlik o‘ziga xos ma’no jilvasiga ega bo‘lib,unda nutq (so‘zlovchi)ning nutq obyektiga bo‘lgan subyektiv munosabati ifodalanadi. Umuman, bo‘yoqdorlik badiiy-tasviriy ifodalilikdan tashqari, anglashilayotgan tushunchaga so‘zlovchining nutq situatsiyasi bilan bog‘liq munosabatini kuchli ta’sir ila ifodali yetkazish imkoniyatini beradi. https://scientific-jl.org/obr 4 3 2 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Bo‘yoqdorlik kommunikatsiya jarayonining tarkibiy qismi sanaluvchi his- hayajon tarkibiga kirmaydi. Ye.F.Galkina-Fedorukning qayd qilishicha, garchand his- hayajon va ekspressiya zamon va makonga ko‘ra yondosh hodisalar sanalsa ham, his- hayajondan xoli bo‘lgan ekspressiya ham mavjud: “ekspressiya hamma vaqt his- hayajonlilik kasb etavermaydi”. Ilmiy matnga xos bo‘yoqdorlik ham ana shunday his- hayajondan xoli bo‘ladi. M.N.Kojina tadqiqotlarida bo‘yoqdorlik his-hayajonga nisbatan kengroq ma’noda talqin etiladi. Uningcha, bo‘yoqdorlik his-hayajon va obrazlilikni o‘zida birlashtiradi. Biz ham ekspressivlikni shu ma’noda qo‘llaymiz. Rus, ingliz va boshqa tillardan shu mavzuga oid adabiyotlarda bo‘yoqdorlikning ilmiy matn uchun xos yoki xos emasligi haqida qarama-qarshi fikrlar bayon qilingan. Bir guruh tilshunoslar his-hayajon, ekspressivlik ilmiy matn uchun xos emas, degan fikrdadir. Bu fikr tarafdorlari bilimlarning matematiklashib borayotganligi, deduktiv metodning keng qo‘llanayotganligini ilmiy matn uchun mutlaq umumlashtirishning, ifodaning obyektivligi, ilmiy matnda ijodiy tafakkur va kommunikatsiyaning boshqa elementlari: his-hayajon, obrazlilik, ekspressiya individuallikka yo‘l qo‘ymaydi deb hisoblaydi. Bu fikr tarafdorlari ifodada, sal bo‘lsa ham, his-hayajon va mubolag‘aga o‘rin berilishi, hatto minimum obrazlilik ham ifoda aniqligiga putur yetkazishi mumkin, deb hisoblaydilar. Lekin keyingi yillarda yuzaga kelgan adabiyotlarda ilmiy matn uchun ham his-hayajon, subyektiv bo‘yoqdorlik xosligi qayd qilinmoqdaki, bunga asos bor, albatta. N.M.Rozinkina ilmiy uslubga oid adabiyotlar ham his-hayajonli-subyektiv baho elementlariga ega ekanligini ingliz tili ilmiy uslubiga oid ashyoviy materiallar asosida isbotlab beradi. Uning qayd qilishicha, mantiqiy nutq his-hayajonli bo‘yoqqa, his- hayajonli nutq qat’iy mantiqiy qurilishga ega bo‘lishi kerak. O.A.Krilova bu masalada ikkilanadi. Bir o‘rinda ilmiy uslub uchun his-hayajonli- bo‘yoqdorlik xos emasligini aytgan holda, keyingi o‘rinda ilmiy uslubning ba’zi janrlarida (masalan, ilmiy-ommabop maqola va ma’ruza matnlarida) bunga zid fikr https://scientific-jl.org/obr 4 3 3 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bildiradi. Trop, metafora, epitet va shu kabi bo‘yoqdor vositalardan foydalanish mumkinligi haqida gapiradi. Ma’lumki, inson tafakkuri borliqni sezgi a’zolari orqali mantiqiy bilish qobiliyatiga ega. Ma’lum maqsad uchun yo‘naltirilgan subyektiv munosabat-subye
Доказательный фрагмент
«В этой статье говорилось об особенностях узбекского научного текста, обсуждалось теоретическое значение вопроса о принадлежности экспрессивности научному тексту, а также взгляды лингвистов на этот вопрос.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье говорилось об особенностях узбекского научного текста, обсуждалось теоретическое значение вопроса о принадлежности экспрессивности научному тексту, а также взгляды лингвистов на этот вопрос. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- scientific text, expressiveness, the problem of colorfulness, coloring, bo‘yoqdorlik masalasi, ekspressivlik, subyektiv baho., o‘xshatishlar, kommunikatsiya elementlari, epitetlar, bo‘yoqdor vositalar, Ilmiy matn, metaforalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025