Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILMIY MATNDA TASDIQ VA INKOR GAPLARNING XUSUSIYATLARI
Umarova Dildora Mirzamurod qizi · Umarova Dildora Mirzamurod qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti) · Часть–_ Мая – (Master’s student of Shahrisabz State Pedagogical Institute)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tasdiq va inkor tushunchasi barcha tillar uchun umumiy mantiqiy-lisoniy hodisa bo‘lib, uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar mavjudligi xususida so‘z borgan hamda o‘zbek tilshunosligida tasdiq va inkor ma’noli gaplar, ularning ifodalovchi shakily-grammatik vositalar tizimi, tasdiq va inkor gaplarning semantic qamrovi bilan bog‘liq tomonlari umumnazariy planda monografik tarzda keng ko‘lamda ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: tasdiq gaplar, inkor gaplar, tushuncha, lison, tasdiq ma’no, inkor ma’no, grammatik vosita, sistem tilshunoslik, kategoriya. CHARACTERISTICS OF AFFIRMATIVE AND NEGATIVE SENTENCES IN SCIENTIFIC TEXTS UDC: 10.00.00 – Philological Sciences Umarova Dildora Mirzamurod qizi Master’s student of Shahrisabz State Pedagogical Institute Umarovadildora466@gmail.com Annotation: This article discusses the concept of affirmation and negation as a universal logical-linguistic phenomenon across all languages, emphasizing the unique features of their expression. In Uzbek linguistics, affirmative and negative sentences, their formal-grammatical means of expression, and aspects related to the semantic scope of these sentence types are examined comprehensively in a general theoretical and monographic framework. https://scientific-jl.org/obr 4 4 0 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Keywords: affirmative sentences, negative sentences, concept, language, affirmative meaning, negative meaning, grammatical means, systemic linguistics, category. O‘zbek tilshunosligida tasdiq va inkor ma’noli gaplar, ularning ifodalovchi shakliy-grammatik vositalar (markerlar) tizimi; tasdiq va inkor gaplarning semantik qamrovi bilan bog‘liq tomonlari umumnazariy planda monografik yo‘sinda atroflicha o‘rganilgan. Ayniqsa, A.Nurmonovni inkor gaplarni ilmiy asosda o‘rganib, o‘zbek sistem tilshunosligiga munosib poydevor qo‘ydi, deyish mumkin. Tasdiq va inkor barcha tillar uchun umumiy mantiqiy-lisoniy kategoriya bo‘lib, uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar mavjud bo‘ladi. Tasdiq va inkor mantiqiy kategoriyalari gap orqali axborot uzatishning asosiy vositalaridandir. Gapdagi fikr, hukm tasdiq yoki inkor yo‘li bilan hosil qilinadi. Inkor kategoriyasi odatda kesim orqali shakllanadi. Bunday inkor to‘liq inkor tavsifida bo‘ladi. Gapda inkorning qisman, to‘liq bo‘lmagan turi ham ifodalanadi. Bunday inkor kesimdan boshqa gap bo‘laklari zimmasida bo‘ladi. Inkor tasdiq gaplar zaminida ham lingvistik yoki nolingvistik vositalar yordamida hosil qilinaveradi. Inkor ifodalovchi lingvistik vositalarga maxsus shakliy-grammatik, leksik-grammatik elementlar kiradi. O‘zbek tilida inkor ifodalovchi shakliy-grammatik vositaga faqat bitta (-ma) mansub bo‘lsa-da, lekin uning ko‘lami juda keng. -ma qo‘shimchasi orqali hosil bo‘lgan inkor gaplarda tasdiq ma’nosi ham ifodalana oladi. Bunday hollarda inkor so‘roq ma’nosi va uning grammatik markazi bilan qorishib ketadi, bu asosan so‘zlashuv uslubi uchun xos. -ma yakka holda qo‘llanganda, gapning oddiy (neytral) inkor turi hosil bo‘ladi. -ma elementining oddiy inkor ma’nosini ifodalashi nutqning barcha turlari uchun xosdir: Ba’zan esa bunday sifatlovchilar alohida ta’kidlanmaydi, logik urg‘u olmaydi. (O‘zbek tili grammatikasi, II tom. 234-b.) yoki Senga shunday kunni ravo ko‘rguncha, ochiq mozorga kirsam bo‘lmaydimi ( so‘zlashuv nutqi). -ma qo‘shimchasi bir gap tarkibida qo‘shaloq qo‘llanilishi ham mumkin. Unda kesimdan anglashilgan tasdiq ma’nosi kuchaytiriladi: gapning kesimi topilmoq, https://scientific-jl.org/obr 4 4 1 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 qolmoq kabi bo‘lishsiz fe’llardan bo‘lganda, hamma, har kabi so‘zlarning pragmatik ma’nolari bo‘rtib chiqadi. Ba’zi hollarda tasdiq gapga aylanmaydigan mutlaq inkor gaplar hosil bo‘ladi. Bu xol ilmiy matn uchun xos emas. Masalan: Bu ishni oxiriga yetkazmay qo‘ymaymiz - tasdiq. Yomg‘ir yog‘magan kun bo‘lmaydi - har kuni. Bu kitobni o‘qimagan o‘quvchi qolmadi - hamma. -guncha shakli ishtirokida tuzilgan gaplarda -ma qo‘shimchasining qo‘shaloq qo‘llanishi o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunda shart-istak kabi ma’no jilvalari ta’kid ostiga olinadi: haqiqat qaror topmaguncha, tinchimaysiz. Tasdiq va inkor tavsifidagi semantik o‘zgarishlar ravishdoshning boshqa turlarida ham ko‘zga tashlanadi; -gach elementli qurilmalar payt; -magach elementli qurilmalar shart-sabab, -ib elementli qurilmalar ish-harakat, holat tarzi ma'nolarini ta’kidlash vazifalarini bajaradi. Maqsad ravishdoshlarida inkor shakl qo‘llanmaydi: o‘qigani - o‘qimagani. Ular kelgach, biz ketdik (payt). Ular kelmagach, biz ketdik (sabab). Tong otib, hamma ishga jo‘nadi (tarz) - tong otmay. Hamma ishga jo‘nadi (payt-ta'kid). Ot (keng ma’noda) + u yoqda tursin andazasida tuzilgan qurilmalar keskin inkor ma’nosini ifodalaydi va shu bilan birga, o‘zidan keyin keladigan gapning ham inkor shaklida va inkor ma’nosida bo‘lishiga ishora qiladi. Mirza-chi! U bu ishlarga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tasdiq va inkor tushunchasi barcha tillar uchun umumiy mantiqiy-lisoniy hodisa bo‘lib, uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar mavjudligi xususida so‘z borgan hamda o‘zbek tilshunosligida tasdiq va ink…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tasdiq va inkor tushunchasi barcha tillar uchun umumiy mantiqiy-lisoniy hodisa bo‘lib, uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar mavjudligi xususida so‘z borgan hamda o‘zbek tilshunosligida tasdiq va ink… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- affirmative sentences, negative sentences, concept, language, tasdiq ma’no, inkor gaplar, tasdiq gaplar, tushuncha, grammatik vosita, sistem tilshunoslik, kategoriya., lison, inkor ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025