К содержанию
РецензированоUZ2025

O’QUVCHILARDA KICHIK BIZNESS VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.

FAOLIYATINI REJALASHTIRISH KO’NIKMALARINI · Kamalova Vasilaxon

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tadbirkorlikka qo’l urmoqchi bo’lgan yoshlarga kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari, kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning ahamiyati, ekstropolisiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, eksport baholash usulidan foydalanib bashoratlash va rejalashtirishnining ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar : kichik bizness, tadbirkorlik, rejalashtirish, biznes reja, munosabat hamda tavakkalchilik, ekstrapolyatsiya usuli, delfi usuli, sarmoyador, hissador, homiy . Kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Bozor iqtisodiyotida kichik biznesni rivojlantirishni samarali rejalashtirmasa undan barqaror muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Rejalashtirish - korxona yoki tashkilotning o‘z tadbirkorlik faoliyatiga obyektiv baho berishdir. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari o‘z faoliyatini yuritishda mahsulot yetishtirish va unga ketgan sarf-xarajatlarning hisobini olib borish, ishni tashkil etish, bozor ehtiyojlariga mos mahsulotlrni sotish, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun investitsiya mablaglaridan samarali foydalanishni rejalashtirish orqali amalga oshiriladi. Rejalashtirish maqsadi: mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotda yangi tendensiyalarini kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona https://scientific-jl.org/obr 1 8 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan xavf-xatarni oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti - rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Bunda kelgusidagi ekstropolisiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, eksport baholash usulidan foydalanib bashoratlash va rejalashtirishni mutaxassislar yordamida belgilab olinadi. Rejalashtirishning haqiqiy holati ilmiy va amaliy tahlil olib borilib asoslanmasa, oddiy rasmiyatchilikka aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo‘ladi, ishlab chiqarishning kelgusidagi rivoji izdan chiqadi, korxona moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. Shuning oldini olish maqsadida rejani ishlab chiqishdan oldin, mahsulot ishlab chiqarishga zarur bo’lgan ehtiyojlar bo‘yicha iqtisodiy tahlil o'tkaziladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kichik biznes korxonalarini boshqarishda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi: -korxonalar ichida iqtisodiy munosabatlarni chuqur isloh qilish asosida xususiy mulkchilikni shakllantirish; -ishlab chiqarish vositalari, mehnat resurslari, moliya, moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishda shaxsiy javobgarlik va manfaatdorlikni oshirishni ta’minlash; - mahsulotni sotish bo‘yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini ta’minlash; -korxonada ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish, innovatsion texnologiyalardan, fan, texnika va ilg‘orlar tajribalarni amaliyotga qo‘llash, xorijiy davlatlarning investitsiya mablag’larini ishlab chiqarishga keng joriy etish orqali eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta’minlashni rejalashtirishdan iborat. Agrar tarmoqda kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini operativ, yillik (joriy) va strategik rejalar orqali rejalashtirish amalga oshiriladi. Operativ rejalar oylik, kvartallik bo’lib, yillik rejalar muddati bir yil bo’lib, unga biznes rejalarni kiritish mumkin. Joriy rejalashtirish strategik rejalarni bajarish va biznesni boshqarish uchun tuziladi. Strategik rejalar uzoq yillarga mo’ljallangan rejalardir. Tovar ishlab chiqarish natijalarini bir necha yil oldin baholash mumkin bo’lgan xatti-harakatlarini kiritish mumkin. Strategik rejani tuzatayotganda kichik biznesning istiqboldagi rivojlanishi https://scientific-jl.org/obr 1 9 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 yo‘nalishlari belgilab olinadi. Strategik rejalashtirishda bashoratlashning bir necha usullaridan foydalaniladi. 1. Ekstrapolyatsiya usuli - o‘tgan yili olingan statistik ma’lumotlar ko‘zdan kechirilib boriladi va ular orqali istiqbol bashoratlari belgilanadi. 2. Delfi usuli - bir-biridan mustaqil bo’lgan ekspertlar so‘roviga asoslangan sifat usulidir. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning ahamiyati. Biznes reja - bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. Biznes-reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi. Agarda rejani tuzishda muammolar mavjud bo’lib, qo‘shimcha maslahatlar zarur bo’lsa, soha mutaxassislarini jalb qilish mumkin. Odatda biznes rejalar 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yili olinadigan foyda oylar bo‘yicha, keyingi yili taqvimlar b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tadbirkorlikka qo’l urmoqchi bo’lgan yoshlarga kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari, kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes rej…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tadbirkorlikka qo’l urmoqchi bo’lgan yoshlarga kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari, kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes rej… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
munosabat hamda tavakkalchilik, delfi usuli, rejalashtirish, kichik bizness, homiy, sarmoyador, hissador, tadbirkorlik, ekstrapolyatsiya usuli, biznes reja
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники