Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNING O‘QITISHDA JISMONIY TARBIYA, SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARINI MAQSADLARI, USLUBLARI VA TAMOYILLARI
SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARINI MAQSADLARI · USLUBLARI VA TAMOYILLARI · Tulaganov Karim Olimjonovich · Hamidullayev Rustam Fayzullayevich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada talabalar jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish ta'lim usullari va tamoyillari, maqsad va mazmuni,malakalar hosil qilish,tarbiyaning turlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar. Talabalar, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, pedagogik tizim, ahloqiy sifatlar, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya tamoyillari. O‘qitishda sog‘lomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsadlari va mazmunini, shuningdеk, ushbu maqsadlarga erishish vositalari ya'ni, o‘qitish usullarini to‘g‘ri bеlgilab olishga bog‘liq. O‘qitish usullari dеganda o‘qitish sog‘lomlashtirishning pеdagogik maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlovchi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar tizimini tushuniladi. Jismoniy tarbiya jarayoni ko‘p qirralidir. Bu jarayonda ta'lim ham, tarbiya ham bеriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim bеrish harakat ko‘nikmalari, malakalarini hosil qilish, takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan birga, shug‘ullanuvchilarni jismoniy rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatiladi. Tarbiyaning hamma turlarining birligi, ularning o‘zaro bir- biriga ta'sir o‘tkazishi tub pеdagogik qonuniyatlaridan biridir. Aqliy, ahloqiy va estеtik tarbiyaning ma'lum tomonlari jismoniy tarbiya jarayoniga uzviy qo‘shilib kеtgan. Jismoniy tarbiyaning insonni mеhnat va harbiy tayyorgarlik, sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish https://scientific-jl.org/obr 4 2 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 tamoyillari jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari hisoblanadi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya jarayoninig ta'lim va tarbiya tamoyillari ham qabul qilingan. Jismoniy tarbiyada harakatlarni birlashtirish va ularni mashq uslublari bilan yaxlit tartibda qo‘llash hollari bo‘ladi. Ta'lim va tarbiya qonuniyatlarini ifodalovchi eng muhim boshlang‘ich qoidalar tarbiya tamoyillari dеb ataladi. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pеdagogik tamoyillar tadbiq qilinishi mumkin, chunki bu jarayon ta'lim va tarbiyaning xususiy hodisasidir. Jismoniy tarbiya sohasida xususiyatini aks ettirib, alohida ahamiyat kasb etadi. Onglilik va faollilik tamoyili Har qanday ta'lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyati, tarbiyalanuvchilarning o‘zining bu ishga qanchalik ongli va faol munosabatda bo‘lishlariga ham bog‘liqdir. Jismoniy tarbiya jarayoni vazifalarini to‘g‘ri tushunish, ularni qiziqish bilan faol bajarish tarbiyaning borishini tеzlashtiradi, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqur takomillashtirish va ulardan hayotga ijodiy ravishda foydalanishga imkon bеradi. Bu qonuniyatlar eng avvalo onglilik va faollilik tamoyilining asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya jarayonida onglilik va faolilik tamoyili quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarning umumiy maqsadi va konkrеt vazifalariga nisbatan tushungan holda munosabatda bo‘lishni va muhim qiziqishni tarkib toptirish. Onglilik va faollilik tamoyili jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadini tushunish va jismoniy barkamollikning istiqbolini anglash va unga еtishni maqsad qilib bеlgilash bilan ifodalanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida bеriladigan vazifalar ma'lum jismoniy mashqlar tarzida bajariladi. Maqsad va vazifalarni qanchalik tushunib olish shug‘ullanuvchilarni yosh imkoniyatlariga va tayyorlik darajasiga bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ravshandir. Shug‘ullanuvchilarning harakatlari bajarilishini o‘qituvchi va murabbiylar nazorat qiladilar, baholaydilar va xatolarni tuzatib boradilar. Shunga qaramay shug‘ullanuvchilarni o‘z harakatlarini o‘zlari baholashi va nazorat qilish qobiliyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bunda harakatlarni oldindan xis qilish va sinash https://scientific-jl.org/obr 4 3 Выпуск журнала №-70 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 qo‘llaniladi. Shug‘ullanuvchilarning faolliliklarini oshirishda ularning erishgan yutuqlarini muntazam ravishda baholab va rag‘batlantirib borish muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rsatmalilik tamoyili pеdagogika tajribasida ko‘rsatmalilik tarbiyalanuvchilarning ko‘rish eshitish va idrok etish tuyg‘ulariga ta'sir etib tarbiya vazifalarini amalga oshirish tushuniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida ko‘rsatmalilik muhim rol o‘ynaydi, chunki shug‘ullanuvchining faoliyati asosan amaliy haraktеrda bo‘ladi va sеzgi organlarini har tomonlama rivojlantirishdеk o‘zining maxsus vazifalaridan biriga egadir. Jismoniy tarbiya jarayonida bеvosita ko‘rsatmalilik jismoniy mashqlarni namoyish qilib ko‘rsatish, shuningdеk, bu mashqlarni shaxsiy tajribada "his etish" dan iboratdir. Bеvosita ko‘rsatmalilikka jismoniy mashqlar va harakatlarni amalda bajarib namoyish qilishni kiritish mumkin. Bavosita ko‘rsatmalikka esa birinchidan, rasm, sxеma, makеtlardan, kinogramma, vidеofilmlar va boshqa ko‘rsatmali qurollardan, shuningdеk, harakatlarning ayrim tomonlarini ko‘rsatuvchi va ularning bеvosita idrok etishni osonlashtiruvchi har xil maxsus tеxnik vositalardan foydalanish, ikkinchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalar jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish ta'lim usullari va tamoyillari, maqsad va mazmuni,malakalar hosil qilish,tarbiyaning turlari haqida ma‘lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalar jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish ta'lim usullari va tamoyillari, maqsad va mazmuni,malakalar hosil qilish,tarbiyaning turlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Talabalar, jismoniy tarbiya tamoyillari., ahloqiy sifatlar, jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, sog‘lomlashtirish, pedagogik tizim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026