Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY VA MADANIY KOMPONENTLARNING AVTOMATLASHTIRILGAN TARJIMADAGI IFODALANISHI
Axmedova Aziza Komilovna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Maqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi. Bunda Zigmund Freyd nazariyalarining san’atga, xususan, sana’tkor shaxsini o’rganishda qanday rol o’ynaganligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: psixoanaliz metodi, psixologizm, san’at, ijodkor, badiy obraz Psixologizm adabiyotshunoslik va psixologiya kesishadigan mavzulardan biridir. Badiiy psixologizm so’z san’atida ruhiyat tadqiqi va tasviridan iboratdir. Ya’ni bunda ijodkorning ham ruhshunoslik tajridasi ham ana shu tajribadan orttirilgan bilimlarni asarga jo qilish mahorati o’rganiladi. Bunda psixoanaliz metodi alohida diqqatga sazovor. O‘tgan asr boshlarida Z.Freyd ta'limoti ta'sirida psixoanalitik tadqiq metodi adabiyotshunoslikka kirib keldi. Psixoanalitik tahlilda badiiy asar “ongsizlik (bessoznatel'noe) psixologiyasi bilan birgalikda talqin etiladi” [1., b.181]. Z. Freyd, K. Yung, E.Bern, J.Lakan, E.Fromm kabi olimlarning qarashlari badiiy tahlilda faol qo’llaniladi. Psixoanalizni filolog olim V.Belyanin qo’yidagicha izohlaydi: “..badiiy adabiyot va san’at asarlari talqinida subjektiv yondashuv turi bo’lib, badiiy matn elementlari va ijodkor shaxsi psixikasi o’rtasida korrelyatsiya mavjudligiga asoslanadi. Shundan kelib chiqib, badiiy matn — ijodkor ongosti borlig’ining verbal ro’yobga chiqishidir ” [2,b.37]. Demak, badiiy asarda muallif o’zi anglamagan, ehtimol tasvirlashni niyat qilmagan holatlarning ham aksi borki, ularni psixoanalitik tahlil yuzaga chiqaradi. Psixoanalitik tahlilda freydizm quyidagi hodisalarga e’tibor qaratadi: Psixikaning “Id”, “Ego” va “Super Ego” kabi uch komponenti tahliliga; “anglanmaganlik/ongsizlik” hodisasiga; Shaxs jinsiy rivojlanishining turli bosqichlari ta’snifiga; Nevroz turlarining kelib chiqishiga; Tushlar talqiniga. 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xavotir turlari va undan himoyalanishning mexanizmlari (“siqib chiqarish, projeksiya, almashtirish, ratsionalizatsiya, regressiya, sublimatsiya”[3.] va boshqalar) Badiiy asarlarning barini psixologik tahlil qilish imkoniyati mavjudligini ishonch bilan aytish mumkin, ammo, psixoanalitik tahlil qo’llanilishi uchun ko’rinib turibdiki, asarda muayyan hodisalar, tahlilga izn beradigan vaziyatlar bo’lishi talab etiladi. Garchi psixoanaliz san’atga xos qonuniyatlarni anglashda salmoqli hissa qo’shgan bo’lsada, panseksualizmda aydlanishi ham asossiz emas, bu haqda L.S. Vigotskiy o’rinli fikr bildirgan “Jinsiy hissiyotning roli individual psixologiyadan ijtimoiy psixologiya doirasiga o’tkazilganda, ayniqsa, o’ta oshirib yuboriladi..…Haykaltarosh birorta o’gil bolaning qomatini yaratayotgan bo’lsa yoki shoir o’smirlardagi qaynoq do’stlikni kuylasa, psixoanalitik shu ondayoq bunda eng keskin shakldagi gomoseksualizmni ko’rishga tayyor turadi…Bunday analitiklarning asarlarini o’qiganingda barcha ruhoniy hayot faqatgina noinsoiny dahshatli mayllardan iborat ekanday taassurot uyg’otadi” [3., b.107]. San’at asarini muallif ruhiyatiga bog’lab o’rganish Zigmund Freydning psixoanaliz bo’yicha qarashlariga borib taqaladi. Freyd san’at asariga ijodkordagi nevrozning sublimatsiyasi sifatida qaragan. Umuman olganda qator, psixoanalitiklarning san’atga patalogik hodisa deb yondoshganliklari sabab ehtimol san’atshunoslar, adabiyotshunoslar orasida ushbu nazariya keng qo’llab quvvatlanmagan. Sublimatsiya nazariyasi 1950-yillargacha psixoanalizda hukmron bo’ldi, biroq “ego psixologiyasi kashf etilishi bilan nevrotik san’atkor g’oyalari psixoanalizda barham topdi”, deb yozadi Jon Frederickson maqolasida, “..shunday qilib san’at asari kasallikning emas, balki, kuchli, sog’lom egoning mahsuli sifatida ko’riladigan bo’ldi [4.]. Frederickson xulosa qilishicha, san’atning mifologik sinoat emas, kreativlik sifatida qabul qilinayotganligi uning demokratizatsiyasidan dalolat beradi. Va bunda psixoanaliz muhim rol o’ynagan, deb hisoblaydi olim. Zamonaviy adabiyotshunoslikda Freydning ruhiy jarohatlar, travmatik nevroz haqidagi g’oyalari yangi badiiy talqin yo’nalishiga asos soldi. Bunda ruhiy jarohatning insonning xotirasiga, olamni qabul qilishiga, o’tmishni talqin qilishiga, o’zini identifikatsiya qilishiga ta’siri lingvistik ifodani tahlil qilish orqali o’rganiladi. “Trauma Studies” deb nomlangan badiiy talqin yo’nalishi 1990-yillarda Cathy Caruth, Shoshana Felman, Geoffrey Hartman ishlari orqali ommalashgan. Mazkur talqin uchun psixik jarohat va uning lisoniy ifodasi, xotiraga ta’siri, anglanmaganlik bilan aloqasi kabi masalalar markaziy ahamiyatga ega. Trauma Studies psixoanalitiklari asosan Freydning “Studies on 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Histeriya” (1895, “Isteriyaning kelib chiqishi”), “1920, “Beyond the Pleasure Principle” kabi asarlaridagi g’oyalarga tayanadilar. Individual va jamoaviy ruhiy jarohat turlari farqlanadi. Xususan, jamoaviy ruhiy jarohat bo’yicha qilingan ilmiy-badiiy tahllilar xalqlar tarixidagi repressiya, quldo
Доказательный фрагмент
«Maqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola psixoanaliz metodining kelib chiqishi, badiiy psixologizmni o’rganishdagi ahamiyatini yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarjima sifati, ekvivalentlik., avtomatlashtirilgan tarjima, iboralar, tarjima, madaniyatlararo muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025