К содержанию
РецензированоRU2025

SONNING LEKSIK – GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Tojiyeva Xolbibi Abdusalom qizi (Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Данная статья является одной из самостоятельных групп слов; Подробно сообщается о числовой группе слов, которая представляет собой группу слов, обозначающую количество и числовой порядок предмета. Подробно рассмотрены лексико-грамматические особенности, виды, морфологические особенности, спряжение и значения числа. Kаlit so‘zlаr: son, sonning ma’no turlari, leksik xususiyatlari, otlashgan son, sanoq son, miqdor son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son va kasr son. Key words: number, semantic types of number, lexical properties, accusative number, countable number, quantitative number, unit number, sum number, total number, division number and fractional number. Ключевые слова: число, семантические типы числа, лексические свойства, винительное число, счетное число, количественное число, число единицы, число суммы, общее число, число деления и дробное число. https://scientific-jl.org/obr 3 0 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Son o‘zbek tilidagi mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son narsa-buyumning sanog‘ini, joylashish tartibini, ish-harakatning bajarilish tartibini bildirgan so‘zlar son deyiladi. Necha? Qancha? Nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Har qanday son raqam ko‘rinishida ifodalanadi. Oz, ko‘p so‘zlari ham miqdorni ifodalaydi. Eski o‘zbek tilida tuman (100 000), lak (yuz ming) sonlari ham bo‘lgan. Boshqird, uyg‘ur tilida ming (o‘n)ni bildirgan. Son predmetning miqdorini bildiradi. Shuning uchun gapda predmet tushunchasini ifodalovchi otga bog‘lanib keladi. Son otga bog‘lanib kelgan konkret miqdorni ifodalaydi. Otga bog‘lanmagan holda ham qo‘llanadi. Otga bog‘lanmagan holda ham qo‘llanadi. Bunda miqdor mavhum, abstrakt bo‘ladi. (hisoblashda). Sonning morfologik xususiyatlari: 1) turlanmasligi: Bir ozdan keyin shoir holvafurush tandirdan yangi uzilgan ikkita non bilan juda nafis ishlangan mis lagan kesma holva olib chiqdi: 5 kitob, 10 talaba. Otga bog‘langanda, son bog‘langan sifatlarning ot tushib qolganda (otlashadi). Turlanadi (2 xil tushunchani – miqdor, predmetni, tasavvurni aks ettiradi). Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni. Otlashgan son fikrni stimistik jihatdan ixcham, obrazli ifodalash uchun xizmat qiladi. Hamma turlari ham turlanmaydi, chamali son (-tacha, -lab) –lar, va kasr songa qo‘shilmaydi. Sonning turli modal formlarini hosil qilgan forma yasovchi qo‘shimchalar bor, -ta, - tacha, -tadan, -ov kabi. Sonning bu modal formalari predmetning to‘dasini, taxminiy miqdorini, taqsimini ko‘rsatadi: beshtadan daftar, uchchala talaba v.h. Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga ko‘ra belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarning yigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi. Sonlarning otlashishi. Son bog‘lanib kelgan ot qo‘llanmaganda, otga qo‘shilib kelgan so‘z o‘zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko‘plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o‘zgargan son otlashgan son https://scientific-jl.org/obr 3 1 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 sanalib, gapda ot bajargan ega, to‘ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni. O‘nning yarmi besh. Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi. (Maqol, matal, aforizmlarda ko‘p uchraydi) Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o‘zgarmaydi (chama son – tacha, -lab, -lar kasr songa qo‘shilmaydi). Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor Sonlar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son va kasr son. Sanoq son — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor son turi (bir, ikki, oʻn, yuz). Dona son — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor son. Bunday sonlar sanoq songa -ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirqta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va boshqa. Chama son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini koʻrsatadi. Miqdor sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq songa -tacha, -lab, -larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan b

Доказательный фрагмент

«Данная статья является одной из самостоятельных групп слов; Подробно сообщается о числовой группе слов, которая представляет собой группу слов, обозначающую количество и числовой порядок предмета.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья является одной из самостоятельных групп слов; Подробно сообщается о числовой группе слов, которая представляет собой группу слов, обозначающую количество и числовой порядок предмета. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
number, semantic types of number, lexical properties, accusative, miqdor son, otlashgan son, leksik xususiyatlari, dona son, chama son, sanoq son, sonning ma’no turlari, son, jamlovchi son, taqsim son va kasr son.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники