Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OTA-ONANING FARZAND TARBIYASIDAGI MUHIM ROLI
Axatova Sevinch Bahriddin qizi · Часть–_ Мая – (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim roli yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida ota-onaning namunasi, mehr va e’tibor, intizom va mas’uliyat, muloqot, ma’naviy tarbiya hamda ta’limga yo‘naltirish kabi jihatlar muhim ekani ta’kidlangan. Shuningdek, ota-onaning farzand bilan ochiq va samimiy muloqoti uning ruhiy barqarorligi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun asos bo‘lishi qayd etilgan. Maqola ota-onalarni farzand tarbiyasiga jiddiy yondashishga, unga vaqt va e’tibor ajratishga undaydi. Kalit so‘zlar: Ota-ona, farzand, ma'suliyat, kelajak, ma’naviy tarbiya, muloqot, ruhiy barqarorlik, mehr, e'tibor, intizom, jamiyat, halollik, mehnatsevarlik, mehribonlik, sabrlilik. Farzand tarbiyasi jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida ota-onaning roli beqiyosdir. Tarbiya jarayoni bola tug‘ilganidan boshlab, butun umr davom etadigan murakkab jarayondir. Ota-onaning qanday o'zini tutishi, intizomi, tartib-qoidalari, kelib chiqishi, xulq- atvorini yaqqol namoyon etadigan shaxs bu farzand. Farzand ko'zgudir, negaki qarshisiga kelgan narsani oshkor qiladi. Bejizga bobolarimiz: “Qush uyasida ko'rganini qiladi” deyishmagan. Shunday ekan farzand tarbiyasi bugungi kunda eng dolzarb masala bo'lib qaralmoqda va turli xil muhim tarbiyaviy jarayonlar o'ylab topilmoqda. Quyida ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz. 1. Ota-onaning namunasi – eng yaxshi tarbiya https://scientific-jl.org/obr 5 2 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Bola eng avvalo o‘z ota-onasidan o‘rnak oladi. Agar ota-ona halollik, mehnatsevarlik, mehribonlik va sabr kabi fazilatlarni namoyon etsa, farzand ham shu qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Aksincha, noto‘g‘ri xatti-harakatlar bolada ham xuddi shunday odatlarning shakllanishiga sabab bo‘lishi.Jaloliddin Rumiy: “Bolaga gapirganday emas, unga o‘rnak bo‘lganday tarbiya ber.”¹ 2. Mehr va e’tibor – bolani baxtli qilishning asosi Farzandning ruhiy holati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ota-onaning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Mehribon va e’tiborli ota-ona farzandiga sevgi va ishonch bilan yondashsa, bola o‘zini qadrlangan his qiladi va ruhiy barqarorlikka ega bo‘ladi. Bu esa uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.Ibn Sino: “Bola tarbiyasida shirin so‘z va sabr-matonat eng kuchli quroldir.”² 3. Intizom va mas’uliyatni o‘rgatish Farzand tarbiyasida mehr va e’tibor bilan bir qatorda, intizom ham muhim o‘rin tutadi. Ota-ona bolaga tartib va mas’uliyatni o‘rgatishi kerak. Masalan, o‘z ishlarini o‘z vaqtida bajarish, vazifalarini unutmaslik, axloq qoidalariga rioya qilish kabi odatlar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun muhimdir. 4. Farzand bilan muloqot qilish. Ko‘pchilik ota-onalar bolalari bilan do‘stona muloqot qilishni e’tibordan chetda qoldiradi. Holbuki, farzand bilan ochiq va samimiy suhbatlashish uning ichki dunyosini tushunishga, muammolarini hal qilishga yordam beradi. Farzand ota-onasiga ishonch bilan murojaat qilishi uchun ularning doimo tinglashga tayyor bo‘lishi muhim. Abu Nasr Forobiy: “Bola bilan muomala qilishda unga do‘st bo‘ling, shunda u sizdan qo‘rqmaydi, balki sizga mehr bilan bog‘lanadi”,³-deganlar. Bu fikrning yaqqol dalili shundaki, farzandning ilk do'sti ota-onadir. 5. Ma’naviy va axloqiy tarbiya https://scientific-jl.org/obr 5 3 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Farzandga ezgulik, adolat, insof, odob kabi qadriyatlarni singdirish ota-onaning muhim vazifalaridan biridir. Axloqiy tarbiya bolaning to‘g‘ri yo‘lda yurishiga, yomon odatlardan uzoq bo‘lishiga yordam beradi. Jaloliddin Rumiy: “Farzandingizni o‘z davringiz uchun emas, balki uning kelajagi uchun tarbiyalang”,⁴ - deb bejizga aytmagan. Kelajak yoshlarni qo'lida. "Nima eksang, shuni o'rasan", - deydi donolar. 6. Ta’lim va kelajak sari yo‘naltirish Ota-ona farzandining bilim olishi va kelajak rejalari borasida ham katta mas’uliyatga ega. Farzandning qiziqishlarini inobatga olib, uni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish muhim. Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni oshirish, ilmga muhabbat uyg‘otish uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi."Tarbiyasiz ilm – olov ichida qolgan guldir." Shunday ekan tarbiya va ta'lim et bilab tirnoq kabidir. Xulosa o‘rnida shuni aytishim joizki, ota-ona farzandining hayot yo‘lida eng muhim tarbiyachi va yo‘lboshchidir. Mehribonlik, to‘g‘ri tarbiya, intizom, axloqiy qadriyatlarni singdirish, doimiy muloqot va ilmga bo‘lgan e’tibor – bularning barchasi farzandning baxtli va muvaffaqiyatli inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, har bir ota-ona farzand tarbiyasiga jiddiy yondashishi, unga vaqt va e’tibor ajratishi lozim.So'zim yakunida bir hikmatni ta'kidlashni zarur deb bildim, “Tarbiya – bu faqat so‘z emas, balki insonning butun hayoti bilan bergan namunasidir", - Lev Tolsyoy. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jaloliddin Rumiy. Masnaviy-i ma’naviy. Tehron: Iqb
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim roli yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ota-onaning farzand tarbiyasidagi muhim roli yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ota-ona, ma'suliyat, mehribonlik, e'tibor, mehnatsevarlik, farzand, kelajak, ma’naviy tarbiya, muloqot, jamiyat, halollik, ruhiy barqarorlik, mehr, intizom, sabrlilik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025