Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHO’LPONNING HAYOTI VA IJODI-“MA’RIFATPARVARLIK RUHIDAGI ADABIY IZLANISHLAR.
RUHIDAGI ADABIY IZLANISHLAR. · Ashurova Oftobxon Xoshimovna · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1938
Аннотация
Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.Choʻlpon — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Kalit so’z:Taxallus, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi. Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan. Fevral inqilobining roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi targʻibiy-tashviqiy davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar. Choʻlpon Turkiston muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etib, muxtoriyatni sharaflovchi „Ozod turk bayrami“ sheʼrini yozdi va bu sheʼr oʻzbek davlatchiligi tarixida ilk madhiya boʻldi. Shu davrda Turkistondagi koʻp millatli ziyolilar oʻrtasida federalizm gʻoyasi keng tarqalgani sababli Choʻlpon ayni paytda Z.Validiy bilan birga Orenburgga borib, Boshqirdiston muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida ham ishtirok etdi. Federalistlarning fikrlariga koʻra, Turkiston va Volga boʻyidagi turkiy xalqlar oʻz muxtoriyat hukumatlarini barpo etganlaridagina https://scientific-jl.org/obr 2 5 1 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bu xukumatlarning bolsheviklar tomonidan tan olinishi va birgalikda himoyalanishi mumkin edi. Muxtoriyat tugatilgach, Choʻlpon „Ilmiy kengash“, „Chigʻatoy gurungi“, „Nashri maorif“ tashkilotlari va „Turon“ teatrida adabiy, ilmiy-maʼrifiy ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda shoʻro davlatining mustamlakachilik siyosati oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining 2-qurultoyi 1927-yildan keyin Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto 1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga majbur etdi.Jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30- yillarning boshida yana Moskvaga ketgan va Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4- oktyabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi. Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi. Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri https://scientific-jl.org/obr 2 5 2 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan. Abdulhamid Cho‘lpon adabiy merosining ma’lum qismini nasriy asarlar tashkil etadi. O‘z davri adabiy hayotida shoir sifatida tanilgan Cho‘lpon she’rlar bilan birga «Qurvoni ja-holat», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kecha-larda» kabi hikoyalar yozadi. 30-yillarda «Kecha va kunduz» romani ustida jiddiy ishlaydi. Adib bu asarni, nomidan ma’lum bo‘lganidek, ikki qismli qilib yozishni rejalashtiradi. 1936- yil romanning birinchi qismi alohida kitob shaklida bosilib chiqdi. Ikkinchi qismining taqdiri noma’lumligicha qoldi. Adib qatag‘onidan keyin uning boshqa ijod namu-nalari kabi ushbu romanni ham uzoq yillar o‘quvchilar nazaridan berkitildi; uni o‘qish taqiqlandi. Oradan yarim asr o‘tgach, kitobxonlar e’tiboriga qayta taqdim etildi. Mustaqillik yillarida esa roman adabiyotshunos olimlar tomonidan jiddiy o‘rganildi. «Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramat
Доказательный фрагмент
«Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.Choʻlpon — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.Choʻlpon — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarjimon, dramaturg, tanqidchi., yozuvchi, Taxallus
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014