Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILI USLUBIYATI VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
Tangriyeva Umida Allaberganovna · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tili uslubiyati, nutq uslublari tasnifi, ularning xususiyatlari, qo`llanishi xususida so`z boradi. Kalit so‘zlar: uslubiyat, uslubshunoslik, uslubiy xoslangan so`zlar, uslubiy betaraf so`zlar, so`zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub, neytrl leksika. Til nutq sharoiti, qo‘yilgan maqsad, qo‘llanish doirasi, muloqot qiluvchilarning kimligiga qarab turlicha voqelanadi. Bunda bir tushuncha har xil ifodalar, bir fikr turli sintaktik qurilmalar bilan beriladi. Tilning bunday ko‘rinishi nutq uslublari deyiladi. Nutq uslublari adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida qo‘llaniladigan ko‘rinishidir. Nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi o‘zbek tili uslubiyati yoki uslubshunoslik deyiladi. So‘zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan so`zlar va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi. O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o`rganish bizga bu til haqida to`la axborotni berolmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so`zlarni ma’lum shaxs bildiruvchi so`zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo`shib ishlatish mumkin: Muhtaram, Abrorjon Azizovich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo`llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo`llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz. https://scientific-jl.org/obr 2 8 8 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tilda so‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy hamda badiiy uslublar mavjud. Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki, qolgan barcha uslublar yozma va og‘zaki nutqqa xos. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning o‘zi og‘zaki nutqqa xos; badiiy uslubning ham og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi), ham yozma ko‘rinishlari bor. Shuningdek, bu uslublarda qo‘llanuvchi birliklar so‘zlashuv (anaqa), kitobiy (o‘shal) va betaraf (bu, o‘sha) birliklarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar (binobarin, mazkur, qaroq, bayonnoma, nigoh, nota va hokazo), bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlar (uy, havo, daftar, odam, ovqat, so‘zlamoq va hokazo) sanaladi. So‘zlashuv uslubi. Bu uslub kundalik hayotda, oilada, ko‘cha-ko‘yda, ish joylari va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubidir. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan, tartibga solingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli esa oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi. Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib axborot uchun eng kerakli so‘zlarni ishlatadi, qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to`ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so`raysiz: - Oltinchidan ikkita (menga oltinchi qatordan ikkita chipta bering deb o`tirmaysiz). Shuningdek, bu uslubda nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga bunga teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi. Oddiy so‘zlashuv uslubida gap bo‘laklarining tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol, dag‘al so‘zlar ham kuzatiladi, biroq ularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko‘rsatadi. So`zlashuv uslubining har ikkala turi ko`pincha dialog shaklida https://scientific-jl.org/obr 2 8 9 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. Bunda so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati erkinligidir. Bu uslubda kitobiy uslublarda qo`llaniladigan taklif qildi, sobiq, masalan kabi so`zlar o`rnida chaqirdi, oldingi, burungi, misol uchun kabi so`zlar ishlatiladi. Unli tovushlarni cho`zish (bo:r, ke:l), ayrim undosh tovushlarni cho`zib aytish (maza-mazza, haqi-haqqi) so`zlashuv uslubiga xosdir. Oddiy so`zlashuv uslubida so`z tartibi qoidaga nomuvofiq bo`lishi (kecha yig`ilish bo`ldi maktabda); ko`chma, obrazli emotsional vositalar ko`proq qo`llanilishi (g`ayrat qil, shalvirama; Shokirni qarang, og`zi qulog`ida); dialogik shaklda bo`lib, to`liqsiz gap va imo- ishoraning ko`p ishlatilishi (Kelyapti, Ketdimi? –Ha kabi); takrorlar (kelib-kelib shu gapni topdingmi?); talaffuzda erkinlik na’lat (la’nat), yangitdan (yangidan), opti (olibdi) kabi) yaqqol namoyon bo`ladi. Oddiy so`zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo`llanadi. So‘zlashuv uslubida sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari - gazeta, jurnal, radio, te
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek tili uslubiyati, nutq uslublari tasnifi, ularning xususiyatlari, qo`llanishi xususida so`z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek tili uslubiyati, nutq uslublari tasnifi, ularning xususiyatlari, qo`llanishi xususida so`z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so`zlashuv uslubi, uslubiy xoslangan so`zlar, badiiy uslub, ilmiy uslub, uslubiy betaraf so`zlar, uslubshunoslik, publitsistik uslub, neytrl leksika., rasmiy uslub, uslubiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026