Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA 6G TEXNOLOGIYASINI INTEGRATSIYALASH MASALASI
INTEGRATSIYALASH MASALASI · O‘lmasov Rahmatulloh Abduhamid o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolamizda sun’iy intellekt (SI) va 6G texnologiyasining integratsiyasini o‘rganamiz, bu ikki sohaning sinergiyasi kelajak aloqa tarmoqlarida inqilobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. 6G tarmoqlari ultra yuqori tezlik, past kechikish va keng qamrovli ulanishni ta’minlaydi, SI tarmoq boshqaruvi, resurslarni optimallashtirish va xavfsizlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolamizda SI-native 6G tarmoqlari, aqlli shaharlar, IoT ilovalari, energiya samaradorligi va yangi xizmatlar (holografik aloqa, raqamli egizaklar) kabi sohalarga yangiliklar kiritamiz. Shuningdek, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va global standartlashtirishdagi muammolarni muhokama qilib ko‘ramiz. Kalit so‘zlar: 6G texnologiyasi, SI, AI-native tarmoqlar, IoT va aqlli shaharlar, Open RAN, Kosmik integratsiya va global ulanish 6G texnologiyasi kelajakdagi simsiz aloqa tarmoqlarining oltinchi avlodini ifodalaydi va 5G’dan keyingi keyingi muhim qadam hisoblanadi. U 2030-yillarga kelib to‘liq joriy etilishi kutilmoqda va ultra yuqori tezlik, past kechikish, katta ulanish qamrovi va yuqori samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan. 6G tarmoqlari 5G’ga nisbatan 10-100 barobar tezroq ma’lumot uzatish imkonini beradi, ya’ni sekundiga 1 terabitgacha (Tbps) tezlikka erishishi mumkin. Bu katta hajmdagi ma’lumotlarni real vaqtda uzatishni ta’minlaydi va kechikish vaqtini 0.1 millisekundgacha qisqartiradi. 6G global tashkilotlar (ITU, 3GPP, IMT-2030) tomonidan standartlashtirilmoqda. AI-Native tarmoqlar – bu sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari tarmoq arxitekturasining har bir qatlamiga chuqur integratsiyalashgan simsiz aloqa tarmoqlari, xususan, 6G va undan keyingi avlod tarmoqlari uchun ishlatiladigan tushuncha. Bu https://scientific-jl.org/obr 2 9 7 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 tarmoqlar nafaqat ma’lumot uzatish vositasi, balki o‘z-o‘zini boshqarish, optimallashtirish va moslashish qobiliyatiga ega aqlli platforma sifatida ishlaydi. O‘zbekistonda AI-Native tarmoqlar “Aqlli shahar” loyihalari (masalan, Toshkent,Samarqandda va boshqa viloyatlarda ) raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Masalan, SI yordamida transport tizimlarini optimallashtirish yoki energiya tarmoqlarini boshqarish mumkin. Biroq, bu usullar bizdan yuqori sarmoya va juda katta bilimni talab qiladi va juda ko‘p malakali kadrlarni kerak bo‘ladi. IoT (Internet of Things) va aqlli shaharlar 6G texnologiyasi va sun’iy intellekt (SI) integratsiyasining eng muhim ilovalaridan biridir. 6G tarmoqlari ultra yuqori tezlik, past kechikish va katta ulanish qamrovi tufayli millionlab IoT qurilmalarini samarali boshqarish imkonini beradi, SI esa ma’lumotlarni tahlil qiladi va avtomatlashtirish orqali shahar infratuzilmasini mukammal darajada olib chiqadi. Open RAN (Ochiq Radio Kirish Tarmog‘i) – bu simsiz aloqa tarmoqlarining Radio Kirish Tarmog‘i (RAN) arxitekturasini ochiq, moslashuvchan va ko‘p yetkazib beruvchilarga asoslangan qilishga qaratilgan innovatsion yondashuv. An’anaviy RAN tizimlarida radio, apparat va dasturiy ta’minot odatda bitta yetkazib beruvchidan olinadigan yopiq tizimlardan iborat bo‘lsa, Open RAN ochiq interfeyslar va standartlashtirilgan protokollar orqali turli yetkazib beruvchilarning uskunalarini birlashtirish imkonini beradi. Bu 6G va AI-Native tarmoqlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki u tarmoq moslashuvchanligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. 6G tarmoqlari yer va kosmos aloqalarini birlashtirish orqali global ulanishni ta’minlaydi. SI yordamida ushbu tarmoqlar optimallashtiramiz va yangi imkoniyat ochiladi: Kosmik Internet (Space-Air-Ground Integrated Network - SAGIN): 6G tarmoqlari sun’iy yo‘ldoshlar, dronlar va yer stansiyalarini birlashtirib, global miqyosda uzluksiz aloqa tarmog‘ini yaratadi. SI tarmoq trafigini boshqarish va resurslarni dinamik taqsimlash uchun ishlatiladi. SI yordamida kosmik tarmoqlarda https://scientific-jl.org/obr 2 9 8 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 real vaqtda ma’lumot uzatishni optimallashtirish uchun “Large Space Communication Models” (LSCM) tushunchasini kiritish. Bu modellar kosmik va yer tarmoqlari o‘rtasidagi kechikishni minimallashtiradi va global IoT qurilmalarini boshqaradi. Quyidagi kod SAGIN tarmog‘idagi yer stansiyalari, dronlar va sun’iy yo‘ldoshlar o‘rtasidagi ma’lumot uzatishni simulyatsiya qilish uchun kod. import random import numpy as np from sklearn.tree import DecisionTreeClassifier import matplotlib.pyplot as plt # SAGIN tugunlarini taqlid qilish uchun sinf class SAGINNode: def __init__(self, node_type, bandwidth, latency, energy): self.node_type = node_type # "Ground", "Drone", "Satellite" self.bandwidth = bandwidth # Mbps self.latency = latency # ms self.energy = energy # Joule self.active = True def tra
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda sun’iy intellekt (SI) va 6G texnologiyasining integratsiyasini o‘rganamiz, bu ikki sohaning sinergiyasi kelajak aloqa tarmoqlarida inqilobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda sun’iy intellekt (SI) va 6G texnologiyasining integratsiyasini o‘rganamiz, bu ikki sohaning sinergiyasi kelajak aloqa tarmoqlarida inqilobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Open RAN, SI, 6G texnologiyasi, Kosmik integratsiya va global ulanish, IoT va aqlli shaharlar, AI-native tarmoqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024