Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI QARORINING MAZMUN VA MOHIYATI
Qahhorov Elbek Karimovich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2016
Аннотация
Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi. Kalit so’zlar: Hayvonot dunyosining davlat kadastr, qizil kitob, Davyergeodezkadastr, DKYAT, yovvoyi hayvonlar “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-408-son Qonuni hamda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21- sentabrdagi O‘RQ-409-son Qonuni ishlab chiqilgan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. https://scientific-jl.org/obr 3 0 4 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilgan. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi. Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: biologik xilma-xillik — jami hayvonot dunyosi (hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar) turlarining xilma-xilligi bo‘lib, tur doirasidagi, ekotizimlar turlari va rang-barangligi o‘rtasidagi xilma-xillikni o‘z ichiga oladi; geoma’lumotlar bazalari — joydagi obyektlarning joylashuvi to‘g‘risida elektron grafik va/yoki matnli shaklda taqdim etilgan va koordinatalar tizimlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot; hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi — tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va foydalanish mumkin bo‘lgan yoki hududning ekologik muhitiga ta’sir ko‘rsatadigan yoxud muayyan hudud doirasida joriy son hamda sifat xususiyatlari bo‘yicha kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar sirasiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar to‘g‘risida axborot to‘plash va ushbu ma’lumotlarni hisobga olish hamda kadastr hujjatlarida aks ettirish; hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi; yovvoyi hayvonlar — quruqlik, suv, atmosfera va yerda yashaydigan xonakilashtirib bo‘lmaydigan umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda ham, quruqlikda ham yashovchi, sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar; https://scientific-jl.org/obr 3 0 5 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 hududlarni kadastr bo‘yicha tekshirish — hayvonot dunyosi obyektlarining ularning son va sifat tavsiflari, geografik tarqalishi, ulardan foydalanish, yashash muhitining holati, ularni iqtisodiy baholash to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni to‘plash maqsadida ilmiy asosda hisobga olish; hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi — hayvonot dunyosi obyektlari, ularning turlari tarkibi va soni, yashash muhitining holati, geografik tarqalishi, son va sifat tavsifi, ularni iqtisodiy baholash haqida hamda boshqa yig‘ma ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitob; hayvonot dunyosining davlat kadastri obyekti — O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvon; kadastr ma’lumotlarini birlamchi to‘plash — hayvonlar yashash muhitini birlamchi tekshirish, hayvonlarni va ularning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi hamda bu borada to‘plangan ma’lumotlardan hayvonot dunyosi va ular yashaydigan muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni taqqoslash uchun foydalaniladi; hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyekti — muayyan hudud doirasida yovvoyi hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda to‘playdigan, shakllantiradigan va taqdim etadigan vakolatli davlat organi hamda yuridik shaxs; kadastr ma’lumotlarini joriy to‘plash — dastlabki tekshirish o‘tkaziladigan hudu
Доказательный фрагмент
«Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz…»
Образец извлечения
Демо-превьюSurxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yovvoyi hayvonlar, Davyergeodezkadastr, DKYAT, Hayvonot dunyosining davlat kadastr, qizil kitob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024