К содержанию
РецензированоUZ2025

SURXONDARYO VILOYATI HAYVONOT DUNYOSINING DAVLAT KADASTRI

Qahhorov Elbek Karimovich · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi. Kalit so’zlar: Hayvonot dunyosining davlat kadastr, qizil kitob, Davyergeodezkadastr, DKYAT, yovvoyi hayvonlar Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo’jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy- ma‘rifiy, o’quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi. Surxondaryo viloyati go‘zal tabiat manzaralari, noyob hayvonot dunyosi, shifobaxsh zilol suv va yer osti boyliklari, tog‘u-dashtlardagi musaffo havosi bilan ham mashhur bo‘lib kelgan. https://scientific-jl.org/obr 3 1 9 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ko‘hitang tog‘ tizmasining sharqiy yonbag‘ridagi «Surxon» davlat qo‘riqxonasida tog‘-o‘rmon ekotizimi, o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini, archazor o‘rmonlar muhofaza qilinadi. O‘simlik va hayvonot dunyosiga juda serob tabiiy hududning umumiy yer maydoni 23 ming 802 gektar bo‘lib, shundan 12 ming 239 gektardan ziyodi yashil boylik bilan burkangan. Dengiz sathidan 850 metrdan 3 ming 137 metrgacha balandlikdagi hududda 900 dan ortiq turdagi o‘simlik uchraydi. Bu yerda «Qizil kitob»ga kiritilgan Qo‘qon zag‘ozasi, Litvinov lolaqizg‘aldog‘i, Maksimovich ravochi, Grek yong‘og‘i, achchiq hamda tikanakli bodom, soxta yantoq, dug‘bay singari ko‘plab o‘simlik va dov-daraxtlar o‘stirilmoqda. Turkiston laqqachasi balig‘i, Hind boygasi, cho‘lmiqqiysi qushi, mallabosh lochin, sud emizuvchilardan burama shoxli echki, Buxoro tog‘ qo‘yi, Turkiston silovsini singari kamayib borayotgan turli jonivorlar yashaydi. Qo‘riqxonada O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 26 turdagi sudralib yuruvchilar, 18 turdagi noyob hayvonlar va 136 turdagi qushlar uchraydi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Oqtepa» bog‘i ham o‘zining noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan kishini lol etadi. «TSangardak» sharsharasi, Omonxona, Xo‘jaipok, Xo‘jamayxona singari shifobaxsh buloq suvlari, Boysun, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlardagi o‘rmon xo‘jaliklari ham maftunkorligi bilan ko‘zlarga quvonch ulashadi. O‘rni kelganda shuni aytish lozimki, bizning asrimizga kelib, jahondagi ko‘plab ekotizimlar zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortga qaytarib bo‘lmaydigan salbiy jarayonlarga yuz tutmoqda. Bu jarayonga dunyoda aholining o‘sib borishi, iqtisodiy rivojlanish va boshqa omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani sir emas. Vaholanki, atrof-muhit sog‘lomligi, iqtisodiyot samaradorligi va obod hayotimiz mavjud tabiiy resurslarni oqilona boshqarish hamda ulardan tejab foydalana olishimizga bevosita bog‘liq. https://scientific-jl.org/obr 3 2 0 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tabiat in’om etgan noyob tuhfalarni qadrlash, mavjud boy biologik xilma-xillikni asrab-avaylashni yangi bosqichda davom ettirishga qulay muhit, keng imkoniyat yaratdi. Yuzaga kelgan ekologik barqarorlikni ta’minlashning eng samarali yo‘llarini belgilab berdi. Shunga muvofiq mamlakatimizning janubdagi vohasida ham joriy yildan mevali va manzarali daraxtlarni hisobga olish tizimi joriy etilgani bunga yaqqol dalildir. Bunda ro‘yxatga olingan dov-daraxtlarga maxsus kodli raqam ilinib, elektron bazaga kiritilayotgani ahamiyatli bo‘lmoqda. To‘g‘ri, viloyatda ko‘chat ekib, yangi bog‘lar yaratish azaldan ajoyib an’ana bo‘lib kelgan. Jumladan, birgina shu yilning o‘zida 10 millionga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chati o‘tqazilib, sakkiz milliondan ortiq qalamcha qadaldi. Lekin, hozirgacha ularning hisob-kitobi yuritilib, hech kim nazorat qilmagan. Vohada qancha mevali, qancha manzarali daraxt borligini yoki yangi ekilgan ko‘chatlardan qanchasi unmay qurib qolganini ham hech kim bilmas edi. Yashil boyliklarga yangicha yondashuv har bir daraxtning hisobini yuritish imkoniyatini yaratdi. Shu asosda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman, shahar inspektsiyalari xodimlari joylardagi mavjud daraxtlarni xatlovga olib, ularning aniq reestrini tuzmoqda. Daraxtlarning nomi, soni va ularga biriktirilgan mas’ul shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o‘rnatayotir. Endilikda elektron bazaga kiritilgan har bir daraxtning o‘suvchan va o‘nuvchanligi monitoring qilib boriladi. Bu tartib odamlarda mavjud daraxtlar davlat nazoratida ekanini his etib, beruxsat kesilishi, qurib qolishi va boshqa holatlarning oldini oladi

Доказательный фрагмент

«Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz…»

Образец извлечения

Демо-превью

Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yovvoyi hayvonlar, Davyergeodezkadastr, DKYAT, Hayvonot dunyosining davlat kadastr, qizil kitob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники