К содержанию
РецензированоUZ2025

SONNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATI.

SONNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATI. · Durmatova Nilufar Shuxratovna · Roʻziyeva Nigina Sanʼat qizi (instituti pedagogika fakulteti talabasi) · Часть–_ Мая – (instituti pedagogika fakulteti talabasi)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada son soʻz turkumi haqida maʼlumot berilgan hamda sonning leksik-grammatik xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.Bundan tashqari son soʻz turkumiga oid birliklar , istisnoli holatlar va son soʻz turkumiga xos barcha maʼlumotlar umumiy tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: Son soʻz turkumi , Rim raqamlari , sonning leksik xususiyati , sonning morfologik xususiyati , sonning maʼno turlari. Predmetning miqdorini, sanogʼini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil soʼz turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Son otga bogʻlanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga bogʻlanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: to'rtta daftar, ikki oy o ‘qidi, birinchi keldi kabi. Arifmetik amallarda esa son otga, fe’lga bogʻlanmagan holda keladi. Bunda son ifodalagan miqdor mavhum ma’noga ega bolmadi: ikki qo'shuv uch.Arifmetik hisoblashda qanday predmetlar miqdorining qo‘shilishi bilan besh hosil boMishi aniq emas. Sonlar ko'pincha raqamlar bilan yoziladi: 1) arab raqamlari bilan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ; 2) rim raqamlari bilan: birliklar: I (1), II (2), 111(3), IV(4), V (5), VI ,(6), VII (7), VIII (8), IX (9); o'nliklar: X (10), XX(20), https://scientific-jl.org/obr 3 7 1 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 XXX(30), XL(40), L(50) LX (60). LXX (70), LXXX (80), XC(90); yuzliklar: С (100), CC (200),CCC (300), CD (400). D (500), DC (600), DCC (700), DCCC (800), CM(900): mingliklar: M (1000), MM (2000), МММ (3000) ... Badiiy asarlarda sonlar so‘z bilan yoziladi: To'rt yil kutdi. Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bolib, boshqa sonlar shularning qo‘shilishidan hosil boladi: etti, sakkiz, to ‘qqiz, о ‘n, yigirma, о ‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to ‘qson, yuz, ming, million, milliard. Eski yozuv tilida tuman (o‘n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar bolgan. Tarixiy asarlarda manna shu sonlar uchraydi. Son predmetning aniq (beshta daftar) yoki noaniq (besh-oltita daftar) miqdorini bildirishi mumkin. Lekin har ikki holda ham son yozuvda raqam bilan ifodalangan. Ravish so‘z turkumiga doir ko'p, oz, kam, mo‘l kabi soʼzlar ham predmetning noaniq miqdorini bildiradi, lekin bu so‘zlar raqam bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham bu so‘zlar son so‘z turkumiga oid emas.Son so'z turkumi o‘ziga xos quyidagi leksik-grammatik xususivatlarga ega: Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Hamroyevning "Oʻzbek tili" oʻquv qoʻllanmasida sonning leksik-semantik xususiyati uning belgi ma’nosini ifodalashi degan fikrlar keltirilgan , ya’ni predmetning miqdor, sanoq va joylashish tartibiga ko'ra (ba'zan harakatning joylashish tartibi ,miqdoriy belgisi) belgisini anglatadi. Demak, son miqdor tushunchasining nomi bo'ladi. Son ma’no jihatdan predmetning sanog'ini, donasini, taxminiy miqdorini, umumiy miqdori (jamligi), taqsimlanish miqdori, joylashish tartibi; shuningdek ish-harakatning bajarilish tartibi, miqdori kabi modal ma’nolarni ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko'ra son ikki turga: sanoq son va tartib sonlarga bo'linadi. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi maxsus modal shakl yasovchi affikslar mavjud: uchta, beshovlon, ikala, yuzlab, to 'rttadan, uch-to'rt, о ‘ninchi kabi. Bu affikslar faqat sonlargagina qo'shiladi. Son morfologik jihatdan oʻzgarmaydi, ya’ni egalik, kelishik, ko'rlik affikslarni olmaydi, chunki son asosan otga bog'lanib kelib, aniqlovchi vazifasini bajaradi: Uy egasi Otabekning yoniga ikkita yostiq olib qoʼydi va bittasini о 'z yonboshiga ham oldi. (A.Oodiriy.)Son hech qachon belgi ifodalovchi so'zni o'ziga tobe qilib kelmaydi: - https://scientific-jl.org/obr 3 7 2 Выпуск журнала №-70 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 aniqlovchi olmaydi.Son ba’zan fe’lga bog'lanib kelib, harakatning miqdoriy belgisini anglatganda, hoi vazifasini bajaradi: Otabek qutidor tomonidan quvilganidan keyin, M arg‘ilonga vetti-sakkiz marta kelibdi (A.Qodiriy.)Son bog'lanib kelgan ot qoʼllanmaganda, otga qo'shilib kelgan so*z o'zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko'plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o'zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to'ldiruvchi, qaratqichaniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o'z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo ‘r birni yiqar , bilimi zoʼr mingni. (Amir Temur о ‘gitlari). Оʼnning yarmi besh. Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi (maqol, matal, aforizmlarda ko'p uchraydi). Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o'zgarmaydi (chama son hosil qiluvchi -tacha, -lab, -lar qo'shimchalari kasr songa qo'shilmaydi). Sonlarning hisob so‘zlari (numerativlar) bilan birga qollanishi uni boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turuvchi o‘ziga xos belgil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada son soʻz turkumi haqida maʼlumot berilgan hamda sonning leksik-grammatik xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.Bundan tashqari son soʻz turkumiga oid birliklar , istisnoli holatlar va son soʻz…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada son soʻz turkumi haqida maʼlumot berilgan hamda sonning leksik-grammatik xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.Bundan tashqari son soʻz turkumiga oid birliklar , istisnoli holatlar va son soʻz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Son soʻz turkumi, sonning morfologik xususiyati, Rim raqamlari, sonning leksik xususiyati, sonning maʼno turlari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники